Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


“O’zini ko’rsatishga intiluvchilar”



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

“O’zini ko’rsatishga intiluvchilar” 
O’zini barcha vaziyatlarda odamlar diqqat markazida tutishga intiluvchi odamlar. 
Ular doim muvaffaqiyatli ekanligini ko’rsatishga harakat qiladi. O’z 
muvaffaqiyatlaridan g’ururlanib yashaydi. Ba’zan o’z manfaatlarini ko’rsatish va 
boshqalar diqqatini o’ziga qaratish maqsadida konfliktlarni keltirib chiqaradilar. 
“Sharoitga qarab moslasha olmaydiganlar” (Rigid holatdagilar) 
Ular o’zini katta tutadilar, o’ziga bino qo’ygan odam bo’ladilar. Birovga 
moslashishini o’ziga ep ko’rmaydilar va mag’lubiyat sifatida baholaydilar. O’zgalar 
fikriga bepisandlik bilan qaraydilar. Ularning bu xarakteri ko’pchilik holatlarda 
boshqalar manfaatlari bilan ma’lum to’qnashuvlarni keltirib chiqaradi. Ular o’zlarini 
qo’pol, burovlarga behurmatlik, jizzakilik, ko’pirish asosida tutadilar va buni oddiy 
holat deb hisoblaydilar. O’zlarining qo’polligini tan olmaydilar, birovning kichkina 
tergov, yoki tanqid so’zini ham juda qattiq e’tiroz bilan qabul qiladilar.
«Boshqarib bo’lmaydiganlar» 
Bunday odamlar xarakteri impulsiv bo’lib, uning emosional holati doimo o’zgarib 
turadi. Buning oqibatida bir odam o’zida bir necha xarakter tamoyillarini mujassam 
etadi hamda ularni bir to’xtamga keltirish juda qiyin bo’ladi. Ularning harakatlari va 
so’zlari asossiz, betayin, qarama-qarshi fikrlarga to’la, o’z o’zini nazorat qilishdan 
yiroq bo’ladi. Ular agressiv muloqotga eng moyil odamlardir. 
«Juda aniq va cho’rtkesar odamlar» 
Aniqlik va to’g’rilikka intilgan odamlarning ko’pchiligi o’ziga va atrofidagilarga 
juda katta talab qo’yadilar. O’zlari juda katta mehnat qiladilar, o’zgalarning 
yalqovligi ularni kattiq ranjitadi. Ular ko’p hollarda juda katta tanqidchi bo’ladilar. 
Tanqidni yoqtiradilar va kezi kelgan holda boshqalarni miriqib tanqid qiladilar. 
Tanqid paytida ular odamni ayamaydilar. O’zlari birovlarni boplab tanqid 
qilganliklari bois, boshqalardan ham tanqid kutadilar. Shuning uchun tahlikali, 
besaramjon, birovlarga tahdid bilan qaraydilar. Ular tanqidga doim tayyor 
bo’lganliklari uchun ham o’zini yo’qotib qo’ymaydilar, balki aks ta’sir o’tkazishga 
juda usta bo’ladidar. Ular har doim o’zlari uchun qulay vaziyatni yaratishga 
ulgurishadi. Ammo ular boshqalarga bo’ysunib yashaydigan odamlar turiga kirmaydi. 
«Rasionalistlar» 
Rasionalistlar hamma sharoit va xususiyatlarni o’z manfaatlariga bo’ysundirishga 
o’rgangan odamlardir. Agar konflikt vaziyat ular uchun foyda keltirsa, ular karerasi 
uchun xizmat qilsa, ular qo’rqmay ziddiyatni o’zlari keltirib chiqaradilar. Uzoq vaqt 
ular o’z asl maqsadlarini yashirib yurishlari mumkin, ammo ular o’sishi va 
rivojlanishi uchun kulay vaziyat pishib yetilgan bo’lsa, ular hammani ―sotib‖ bo’lsa 
ham o’z maqsadlariga erishish yo’lidan boradilar. 
«Irodasiz, qat’iyatsizlar» 
Irodasiz odamlar ko’pincha boshqa odamlar qo’lida qo’g’irchoq bo’lib 
qolganliklari uchun ham ziddiyatli vaziyatlarda ulardan ustamonlik bilan foydalanib 
qolishadi. Ular konfliktlarda biror tomon uchun juda katta xizmat qilib berishi 
mumkin bo’ladi. Ularda shaxsiy fikr, munosabat bo’lmaydi. Shu bois, ular boshqa 
guruh, yoki insonlar atrofida o’ralashib yurishadi. Ular o’zlari zimmasiga majburiyat 


110 
olishdan qo’rqadilar. Shu bois, boshqalarning qarorlariga so’zsiz itoat etadilar. 
Ulardan keladigan havf shundaki, ularni ko’pchilik ―rahmdil‖, ―mehribon‖ odam 
sifatida qabul qiladi. Ularga aldanib qolish mumkin. Ularga kuchliroq odamlar sslida 
buyursa, ular kutilmagan holda juda katta ziyon keltirishi mumkin bo’ladi. Shu bois, 
bunday odamlardan foydalanib, ular konfliktda biror fikr ayta boshlasa, ko’pchilik 
―Bu odam yaxshi. Demak u to’g’ri aytayapti‖, deb aldanib qoladi. Irodasiz va 
qat’iyatsizlarning boshqa barcha ziddiyatli tiplardan farqi shundaki, ular konfliktga 
o’zlari mustaqil bormaydilar, ular ziddiyatga borishga majbur bo’ladilar. Yuqorida 
sanab o’tilgan boshqa barcha tiplar mustaqil ravishda ziddiyatni uyushtiruvchi va 
unday foydalanadigan tiplar hisoblanadi. Irodasiz va qat’iyatsiz odamlar esa konflikt 
vaziyatlarni o’zlari keltirib chiqarmaydilar. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish