111
8.
O’z ovozinigiz intonasiyasiga e’tibor bering, yumshoq, tinch, samimiy ovozda
gapirishga harakat qiling. Tinchlantiradigan so’zlarni topib ishlating.
9.
Siz bilan boshqalar o’zlarini qanday tutishlarini xohlasangiz, o’shanday
o’zingizni tuting. O’zingizni na takabburlik va manmanlik bilan, shuningdek
marhamatli qilib ham qilib ko’rsatmang. Takabburlik uning jahlini badtar oshiradi,
marhamatli bo’lishingiz uning nafsoniyatiga tegadi. Sizning teng munosabatingiz
konflikt yechimining eng muhim shartlaridandir.
10.
Adolatli konflikt yechimli bo’yicha o’z zimmangizga ma’lum
majburiyatlar oling. Ba’zan hammasiga qo’l siltab, ketib qolgingiz keladi. Ba’zi
hollarda bu yordam beradi ham. Ammo muammo yechimini qidirish ustida ishlash
foydaliroqdir.
Konfliktli vaziyatda g’azab va qahrdan o’zini tinchlantirish usullari
Har birimiz o’zimizni o’rab turgan voqyea-hodisalarga turlicha munosabat
bildiramiz. Masalan, ba’zilar hind filmlarini miriqib ko’radilar, ba’zilar ularni
umuman yoqtirmaydilar. Ba’zilarga blokbasterlar bo’lsa bas, ba’zilar esa trillerni
xush ko’radilar. Ba’zilar esa milliy kino, milliy kiyimlarni yoqtiradilar. Masalan,
―xevi-metall‖ muzikasini 100 % katta yoshdagi odamlar ―bosh og’riq‖ deb qabul
qilishi tabiiy. Chunki odam yoshi o’tgandan keyin uning bosimi ko’tarilishi hollari
ko’p uchray boshlaydi, bosim ko’tarilishining tabiiy xususiyatlaridan biri bu – bosh
og’rig’i hisoblanadi. O’zi boshi og’rib turgan odamning bunday baland va shovqinli
muzikadan lazzatlanishi g’ayri oddiy hol bo’ladi. Shu bilan birga, ba’zilar uxlashni
yaxshi ko’radilar, ular joy tanlamaydilar, hamma joyda uxlab ketaveradilar, ularga
bosh qo’yishga joy bo’lsa bo’ldi, pishillab uxlayveradilar. Boshqalar esa ularning
bunday uxlashga bo’lgan moyilligini beg’amlik, qayg’urmaslik, tepsa tebranmaslik,
mas’uliyatsizlik alomati deb baholashi mumkin. Ba’zilar ovqat yeyishni yaxshi
ko’radilar. Sabrsizlik bilan ketma-ket katta-katta luqmalarning og’iz bo’shlig’ida
yo’qolib borayotganligini kuzatib turgan boshqa bir odamning esa umuman ishtahasi
yo’qolib ketishi mumkin. Chunki u bu darajada ovqat yeyish mumkinligiga umuman
ishonmaydi.
Demak, biz voqyea va hodisalarga turlicha munosabat bildirishimiz tabiiy. Mana
shunday turlicha munosabat, fikrlar va qarashlar rang-barangligi odamlar orasida
ba’zi konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mana shunday xilma-xillik konflikt
uchun bahona bo’lishi mumkin. Sizning so’zlaringiz, tana zaboningiz, ovozingiz,
nimalarni o’ylashingiz, orzularingiz, amallaringiz biror boshqa kimsaning, ba’zan esa
xatto eng yaqin kishilaringizning g’azabini ko’zg’ashi mumkin. G’azab esa
zo’ravonlik bilan tugashi mumkin. Demak, biz konflikt vaziyatlarning kelib chiqishi
oldini olish uchun o’zimizda vujudga kelishi mumkin bo’lgan g’azabning oldini
olishga o’rganishimiz lozim.
Odamlar turli yo’llar bilan o’z xissiyotlari, g’azab va jahllarini jilovlashi mumkin.
Konflikt bilan to’qnash kelganda kimdir portlab ketadi, kimdir baqirishni boshlaydi,
kimdir qo’pollik qila boshlaydi, kimdir qo’llarini musht qilib, boshqalarga hamla
qilishga urinadi, kimdir stolga ura boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: