Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Bu xatti-harakatlarning barchasi 
g’azabni jilovlash emas, balki g’azabdan qutilish yo’llaridir. 


112 
Afsuski, birovning g’azabi qo’zg’ayotganligini, yoki o’zimizning g’azabimiz 
chiqayotganligini bir oldindan reja bilan ayta olmaymiz. G’azab avval odamning 
ichida to’planadi, uning fikrlarida mana shu xissiyotlar ustunlik qila boshlaydi. Agar 
vaziyat qo’lga olinmasa, g’azab dilisiyohlilik bilan tugashi mumkin. 
Boshqalarning g’azabi qo’zg’ayotganligini bilish uchun mana shu insonni juda 
yaxshi o’rganish, uning tana harakatlari, ovozi, mimikasiga juda katta e’tibor bilan 
qarash lozim bo’ladi. Bir-ikki minutdan so’ng g’azabi oshib-toshib ketishi mumkin 
bo’lgan odam tashqi ko’rinishidan tamoman tinch ko’rinishi mumkin. Ammo uning 
ichki hissiyotlarida agressiv holat vujudga kelgan va u to’planayotgan bo’ladi. 
Agressiv holatning nechog’li kuchli darajada to’planishi uning portlashiga olib 
keladi. Ba’zilar g’azab qo’zg’atadigan vaziyatdan o’zlarini olib qochadilar. Chunki 
ularning tinchligini hyech kim va hyech narsa buzmasligi lozim. Ammo shunga 
qaramay insonni o’z g’azabini jilovlay olish ko’nikmalariga o’rgatish va unday 
unumli foydalanish mumkin. 
Siz o’z jahlingizni qanday jilovlaysiz? 
Har birimizning o’zimizgagina xos jahlimizni jilovlash usullarimiz mavjud. O’z 
do’stlaringizni esga oling. Ular ichida suprasi suv ko’tarmay, juda tez jahli chiqib, 
hyech ham ularni tinchlantirib bo’lmaydigan, shu bilan birga tamoman behis, suv
toshsa ham to’pig’iga chiqmaydiganlari ham bor, shunday emasmi?! 
Kuyida jahlni jilovlashning mavjud usullaridan ba’zilari keltirilgan
5
. Ularni diqkat 
bilan o’rganib, o’zingizning tipingizni aniqlashiga harakat qiling. 
Atom bombasi 
Siz o’z jahlingiz va emosiyalaringizni boshqalar ustiga yog’dirasiz. Sizning 
g’azabingizni hamma odamlar, yoki narsalar besabab qo’zg’atishi mumkin. Agar jahl 
uchun sabab bo’lmasa, siz uni o’zingiz o’ylab chiqarasiz. Siz baqirishga ustasiz, 
sizning g’azabingiz boshqalar ustiga yog’diriladi, g’azabingiz lava kabi o’z yo’lida 
hamma narsani buzishga qodir, g’azabingiz bois siz o’zingizni kuchli deb 
hisoblaysiz. 
Haykal 
Achchiqlanganingizda muzdan qanchalik issiqlik chiqsa, sizdan ham shunchalik 
jahl chiqadi. Siz o’z xis-tuyg’ularingizni ichingizga yutasiz, boshqalar bilan bir 
necha kun gaplashmasdan yurishingiz mumkin. Agar sizni hafa qilgan odam ham 
haykal tipidagi odam bo’lsa, sizlar umrbod gaplashmasligingiz mumkin. Siz haykal 
sifatsiz, siz - na his-tuyg’usi bor, na ovozi, na emosiyalari, na qalbi, na fikr o’yi bor 
odamga o’xshaysiz. Sizda emosiyalar har doim uxlagan holatda bo’ladi. Emosiyalar 
borligini siz bilmaysiz. Nima uchun boshqalar bunchalik kuyinishi va besabrliligini 
siz tushunmaysiz. Si asli behis, bejon odamsiz. 
Dimlama 
5
Handling Conflicts. Conflicts: a positive approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams 
Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997; WIN WIN. Based on the Fighting Fair 
model created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino Abrams Peace Education 
Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998; Fran Schmidt/ Alice Friedman. Fighting Fair. For families. 
Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida,1994. 


113 
Siz o’zingizning g’azabingiz va jahlingizni majburan ichga yutasiz va butun his-
to’yg’ularingiz ichingizda toshib, qaynayveradi. Ba’zan birovlarga istehzo yoki ta’na 
bilan aytilgan so’zlar aslida ichingizdagi olovdan bir nishon, xolos. Sizni ko’pincha 
bosh og’riqlari, yuqori bosim kasalligi, yurak hurujlari bezovta qilib turadi. 
Jafokash 
Har qanday tehkirlash, istehzo va ustingizdan kulishni siz tabiiy e’tirozsiz qabul 
qilasiz. Jahldan portlash o’rniga o’z g’azabingiz kuchidan o’zingizni bechoragina 
qilib ko’rsatishida foydalanasiz. Sizning har doim o’zingizga rahmingiz keladi, shu 
bilan boshqalarning rahm va shavqatidan foydalanasiz. Ana shu rahm-shavqat 
asosida odamlarni o’z manfaatlaringizga bo’ysundirishga harakat qilasiz. Siz uchun 
rahm-shavqat giyohvand moddaday zarur, siz uchun o’zingizni muhtoj, qiynalgan, 
azoblangan, jafokash qilib ko’rsatish hayotiy maqsad va muddaoingizdir. 
Batut(tramplin) 
Agar kimdir Siz sababli g’azablansa, siz unga ana shunday g’azab bilan javob 
berishga harakat qilasiz. Agar sizga opangiz baqiryapgan bo’lsa, siz birin-ketin 
opangizning hamma qilgan yomonliklarni eslay boshlaysiz. Siz o’zingizning 
hafagarchiligingizni birovni hafa qilish orqali bosib ketmoqchi bo’lasiz. Siz «jonga 
jon, tanga tan» usulidan foydalanasiz. 
Silsila yoki zanjir reaksiya 
Agar Sizni hafa qilishayotgan bo’lsa, siz avvalo kim hafa qilayotganligiga 
qaraysiz. Agar u sizning boshlig’ingiz, qaynonangiz yoki biror kattakon bo’lsa 
jahlingizni yutasiz, ularga javob qaytarmaysiz. Ammo ko’nglingizda saqlangan 
to’yg’ular tashqariga oshiqadi. Shu bois siz o’zingizga tobe bo’lgan odamga butun 
zahringizni sochasiz. U esa o’z navbatida yo xotiniga, yo o’g’liga, juda bo’lmasa, 
qo’shnining mushugiga o’z g’azabini yog’dirishga harakat qiladi. Onangiz - sizga, 
siz singlingizga, singlingiz qo’shnining itiga, it esa, o’z o’rnida onangizga hamla 
qiladi. 
O’t o’chiruvchi 
G’azablanganingizda, siz uni olovlanib ketmasligining barcha choralarini ko’rasiz. 
Siz, konfliktlar hayotning tabiiy bir hodisasi ekanligini aniq tasavvur qilasiz. Shuning 
uchun siz o’z temperamentingizni bosishga, jahlni aql bilan yengishga hamda butun 
energiyangizni muammolar yechimiga qaratishga harakat qilasiz. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish