105
do’stingiz, dugonangiz, yaqinlaringizga e’tibor bilan bir qarang. Odatda, bunday
so’zlarni ishlatishga majbur bo’lgan odam xis-tuyg’ulari
nihoyat darajada
taranglashgan, u psixologik charchagan va tang ahvolda, bunday odam o’z ichki
tuyg’ularidan qayga qochishni, ularni qanday qilib jilovlab olishni bilmayotgan odam
bo’ladi. Psixologik tang ahvoldagi odam o’zining mana shu holatini har doim ham
o’zi to’g’ri anglayvermaydi.
Shu bois, mana shunday iboralarni ishlatgan insonga
e’tiborliroq bo’lish talab etiladi. Nimaga?! Chunki uning so’zlari haqiqatga yaqin....
G’azab, jahl, qahr shunday xis-tuyg’ularki, ular haqiqatan ham g’azab
ichidagi
odamga ham, g’azab yo’naltirilgan odamga ham juda katta salbiy ta’sir, ayniqsa
uning salomatligiga juda qaltis ta’sir o’tkazadi. Tez-tez g’azablanadigan odamlar va
mana shunday tez-tez birovlarning g’azabini o’ziga qabul qilgan odamlar ham
hayotdan oldinroq ko’z yumadilar.
Nima uchun shunday bo’ladi?! G’azab, jahl, qahr – oddiy xis-tuyg’ular emas.
Inson g’azablanayotgan vaqtida uning organizmi juda katta ichki to’palon, bosim,
jismoniy, ruhiy, psixologik holat zamirida yotgan kimyoviy o’zgarishlarni boshidan
o’tkazadi. Eng avvalgi o’zgarish – insonning bosh organlaridan hisoblangan miyada
sodir bo’ladi. Miya bosh qobig’i inson atrofidagi bo’layotgan va maxsus tarzda unga
qaratilgan minglab axborotlarni sinchiklab o’rganishda yo’naltirilgan. Miya mazkur
axborotlarni tartiblashtiradi. Shu qatorda miya insonning turli xis-tuyg’ulari qatorida
g’azab, jahl, qahr xislarini ham bir maromda ushlab turishga sayi-harakat qiladi.
Inson miyasi ―bu odam g’azablanyapti‖, ―uning g’azabi menga qaratilgan‖, yoki
―men g’azabdaman‖, ―mening jahlim chiqyapti‖ degan xulosalarni qilishi bilan miya
adrenalin moddasini ishlab chiqaruvchi bezlarga buyruq yetkazadi. Adrenalin bezlari
miya qilgan xulosalarga muvofiq ravishda organizmga anchagina miqdorda adrenalin
suyuqligini chiqaradi. Organizmga chiqarilgan favqulodda adrenalin sababli yurak
urushi kuchayadi va tezlashadi. Adrenalin inson shakllanishida juda zarur bo’lgan
moddalardan hisoblanadi. Chunki ibtidoiy jamiyat davrlarida ko’p
miqdordagi
ortiqcha adrenalin odamga yirik hayvonlarni o’ldirish, tabiat tahdidlariga qarshi kun
ko’rish, boshqa qabilalarni yengish, turli o’ljalarni qo’lga kiritish, ya’ni atrof-
muhitning nihoyat darajada inson hayotiga tahdid qilishi sharoitida zarur
moddalardan biri bo’lgan.
Adrenalin insonga uning atrof muhit bilan bo’lgan kurashlarida qo’rqmaslik,
jasurlik, qat’iyat, qarshi tura olish, hujum qilish, o’zini himoya qilish uchun ko’mak
bergan. Inson yirqich hayvonni o’ldirayotgan vaqtida adrenalin unga kuch ato etib
turgan, yirqich hayvon o’ldirilgandan so’ng, adrenalin moddasi o’z
funksiyasini
bajarib bo’lganligi sababli u organizmdan chiqib ketgan. Ammo biz
g’azablangandagi, jahlimiz chiqqanidagi, qahrimiz kelganidagi organizmdagi
vujudga kelgan adrenalin moddasi o’z-o’zidan organizmdan chiqib keta olmaydi. Shu
bois, sog’lom turmush tarzi bilan shug’ullanib yashayotgan odamlar turli sport turlari,
o’yinlari, mashqlari orqali ortiqcha adrenalinga qarshi o’z organizmi faoliyatini
muvofiqlashtirib turadilar.
Ammo hozir inson hayot tarzi o’zgargan. Hozir bizning atrofimizda yirtqich
hayvonlar yo’q, biz ularni faqat zooparklarda ko’rishimiz mumkin, dushmanlar bilan
yakkama-yakka olishmaymiz, tinch va osuda hayotga intilib yashaymiz. Shu bois,
bizga organizmimiz ishlab chiqarishga odatlangan miqdordagi adrenalin moddasi
106
zarur emas. Ammo aynan biz havotirlanganda, g’azablangan, jahlimiz chiqqanida,
umuman biror bir favqulodda tang vaziyatga kirib borganimizda organizmimizda
adrelalin ishlab chiqariladi va u keragidan ortiq miqdordagi adrenalinga to’yinadi.
Uning keragidan ortiqligi sababli adrenalinning bu hajmini bizning tanamiz to’la
hazm qila olmaydi. Adrenalin moddasining organizmdagi keragidan ortiq holati
vujudga keladi. Adrenalinning organizmdagi muntazam mavjudligi esa inson yashash
tarziga, uning salomatligiga o’zining salbiy ta’siri o’tkaza boshlaydi.
Adrenalin g’azab jarayonida o’ziga xos o’zgarishlarni amalga oshiradi. G’azab
jarayonida tanamiz harorati ko’tariladi. Bizning
tana qon bosimi undagi qon
miqdoriga bog’liq bo’ladi. G’azablanganda qon miqdori ko’payadi va venalarimiz
devorlariga uning kuchli bosimi ta’sir eta boshlaydi. Tomirlar devorlari qon bosimi
bilan kurasha boshlaydi. Qon bosimining kuchli bosimiga qarshi ular turib berishi
lozim bo’ladi. Ammo inson muntazam g’azablanaversa, qon tomirlariga bo’lgan
tahdid va bomis ham kuchayib boradi. Natijada, tomirlar devorlari yemirila
boshlaydi.
Yosh ornizmda yemirilgan tomir devorlarini maxsus ishlab chiqiladigan xolesterin
moddasi tiklash uchun ishlatiladi. Tomir devorlarini qayta tiklash maqsadida
xolesterin moddasi ko’proq ishlanadi. Ammo yosh o’tgan sayin ortiqcha xolesterin
tomir devorlarida to’plana boshlaydi. Organizmda moddalar almashuvi buziladi. U
organizmning yog’ yig’ishiga, qon tomirlarining og’irlashib
qolishiga, tomir
devorlarining bir tekis bo’lmasligiga olib keladi. Oxir oqibatda – tomir-yurak
sistemasi kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qon tomiri xolesteringa
to’lib ketib, shu asosida qon bosimi kuchayib ketsa, yurak xurujlari vujudga kelishi
mumkin bo’ladi. G’azab, jahl, qahr kabi xissiyotlar esa mana shunday holatlarning
kuchayib ketishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. G’azab va jahl oshqorzon yarasi,
doimiy bosh og’riqlari, rak, brak-qon sistemasining urli
kasalliklarini keltirib
chiqarishi mumkinligi ilmiy isbotlangan.
Shu bois – eng avvalo tinchlaning. O’z g’azab, jahl va qahringizni yengib o’tishga
o’rganing. Ularni jilovlay biling. Ularning o’z va o’zgalar salomatligiga rahna
solishiga yo’l qo’ymang. Inson xarakterini g’azab, jahl va qahrdan poklash sizni juda
ko’p noxushliklardan saqlab qoladi va baxtli hayotingiz uchun yaxshi zamin bo’lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: