518
sohasiga tegishli islohotlar chuqurlashib borar ekan, uni natijasida advokatura
tizimini kuchaytirish va uni chinakam mustaqilligini ta'minlash, ularning
vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik
sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko„pgina
chora-tadbirlar
ko„rilayotganligi – Prezident ma'ruzasida qayd qilindi
1
.
Prezidentning ikkinchi chaqiriq, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi sessiyasida 2002-yil 22-yanvarda so„zlagan ma'ruzasida ham “Sud
jarayonida ayblov va himoyaning amalda tenglik ta'minlanmog„i va buning uchun
advokatura idoralarining mavqyeini ko„tarish darkor”
2
ligi qayd qilindi.
Shundan so„ng “Prokuratura to„g„risida”gi Qonunga o„zgartirishlar kiritildi,
qonun 2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilindi.
Prokuratura faoliyatini tashkillashtirish davom etdi va 2000-yilning ikkinchi
yarmidan bu masalaga yanada katta e'tibor berildi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo„shma majlisida
Prezident prokuratura maqomiga taalluqli jiddiy mulohazalarni bayon qildi.
Unda huquqiy davlat qurishda sudyaning rolini oshirish qonuniy jarayon
ekanligi munosabati bilan, prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga
o„tkazish hozirgi zamonning mantiqiy talabi ekanligi qayd qilindi va bu, eng
avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini,
daxlsizligini cheklash
bilan bog„liq masala ekanligi ko„rsatildi. Shulardan kelib chiqib, Prezident
“Boshqa demokratik davlatlar kabi O„zbekistonda ham shaxsni ushlab turish,
xibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo„llash uchun
sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o„tkazish kerak, deb o„ylayman”
3
– deb
o„ta muhim masalani o„rtaga tashladi. Prezidentning bu takliflari keyinchalik
qonunchilikda o„z ifodasini topdi.
Prokuratura organlarining huquqiy maqomiga, Prezidentning 2010-yil 12-
тамойиллари. –Т.: Ўзбекистон, 1995, 18-бет.
1
Қаранг: Каримов И.А.Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. –Т.: Ўзбекистон, 1999, 15,20,29-бетлар.
2
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. –Т.: Ўзбекистон. 2000,
30-бет.
3
И.А.Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш,
мамлакатни
модернизация ва ислоҳ этишдир. –Т.: Ўзбекистон, 2005, 47-бет.
519
noyabrda, Oliy Majlis palatalarining qo„shma majlisida so„zlagan ma'ruzasidagi
ko„rsatmalar ta'sir qiladi.
Ma'ruzada qayd qilinishicha:
-
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokaturaning tengligini
ta'minlashga qaratilgan keng ko„lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;
-
jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni liberallashtirish va
insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo„nalishga aylandi;
-
dastlabki tergov bosqichida sud nazorati kuchaytirildi;
-
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya'ni 2008 yildan ehtiyot
chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudga
o„tkazilishi prinsipial qadam bo„ldi;
-
sud qarorlarini ijrosini to„xtatib turish huquqi
prokuratura vakolatlari
doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokuraturalarining esa tergov va
ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi;
-
“Prokuratura to„g„risida”gi qonunga kiritilgan o„zgartirishlar asosida
fuqarolar prokuror nazorati ob'ektlari qatoridan chiqarildi.
Bu ishlar aslo prokuraturani jamiyatdagi rolini kamaytirishga qaratilmagan.
Bu birinchi navbatda, prokuraturani sud jarayonida ishtirokini cheklab,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume'tirof etilgan
prinsiplar va xalqaro huquq normalarini amalga oshirilishini, prokuraturaning
inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash
uchun mas'uliyatini oshirishni ta'minlaydi.
Prezident ma'ruzasida
shuningdek, sudga qadar ish yurituv bosqichida
qo„llaniladigan barcha choralarni prokuraturadan sud o„tkazish; birinchi instansiya
sudida ish bo„yicha ayblov xulosasini o„qib eshittirish majburiyatini prokuraturaga
yuklash; prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun
ustivorligini ta'minlash bo„yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga
qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarini o„rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va
520
qabul qilish zarurligi ko„rsatildi
1
.
Bu ko„rsatmalar amaliyotda o„z o„rnini tezda topa boshladi. 2011-yil 23-
avgustdagi “O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Prezident qarorida vazirlikning
asosiy vazifalari va faoliyati yo„nalishilari sifatida, “Markazda va joylardagi davlat
boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni
ta'minlash” – belgilandi. Bu nazorat doirasiga albatta prokuratura organlari ham
kiradi.
Shuningdek, qarorda Adliya vazirligi o„ziga belgilangan vazifani bajarish
maqsadida “davlat
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan prokuratura
organlarining norma ijodkorligi, huquqni qo„llash amaliyotida tizimli ravishda
tekshiruvlar, o„rganishlar o„tkazadi” – deb vazirlikni prokuratura organlariga
nisbatan huquqi belgilab qo„yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: