Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


XXVII bob. Prokuratura organlari



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

XXVII bob. Prokuratura organlari 
 
§ 1. Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o„rni 
 
Prokuratura organlari alohida vazifa bajaruvchi davlat organidir. 
Parlamentni Angliyada, Prezident institutini AQSHda vujudga kelgan 
deyilsa, Prokuratura Fransiyada XIV asrda tashkil etilgan. Rossiyada prokuratura 
Pyotr I davrida vujudga kelib, keyinchalik Turkiston Rossiya tarkibiga qo„shib 
olingan davrda, so„ng O„zbekiston SSSR tarkibiga kirgach prokuratura organlari 
faoliyati ta'siri mavjud bo„lgan. Prokuratura organlari davlatni va barcha 
fuqarolarni manfaatini qo„riqlaydigan organ deb ta'rif etilsada u asosan davlatni
shu davlatdagi hukmron sinflarning manfaatini himoya qilgan. Prokuraturani 
hokimiyat manfaatidan kelib chiqib o„ta jazolovchi organ bo„lganligini xalqimiz 
80-yillarda, o„z boshidan kechirgan. 
Sobiq tuzim davrida prokuratura organlarining tuzilishi, huquqiy maqomi 
ittifoq (markaz) manfaatlariga mos ravishda tashkil qilinar edi. U o„ta 
markazlashgan usulda tashkil qilinar edi. Respublika prokurori, viloyatlar 
prokurorlari Ittifoq Bosh prokurori tomonidan tayinlanar, tuman, shahar 
prokurorlari, Bosh prokurorni roziligi bilan Respublika prokurori tomonidan 
tayinlanar edi. 
Respublika rahbariyatini Respublika prokuroriga nisbatan hyech qanday 
ta'sir vositalari yo„q edi. Shuning uchun ular to„la ittifoq manfaatini himoya qilar 
edi. 
Ayniqsa, 
80-yillarning 
ikkinchi 
yarmidan 
boshlab 
respublikadagi 
prokuratura organlari rahbarligiga Rossiyadan kadrlarni yuborilishi, O„zbekistonda 
qonuniylik, fuqarolar huquqlarini ta'minlashni og„ir ahvolga solib qo„ydi. Mahalliy 
sharoitni bilmaydigan, bilishiga harakat qilmagan prokuraturaning “kelgindi” 
rahbar xodimlari istagancha o„zbek xalqini taxqirladi. 
Faqat mustaqillik sharofati bilan bunday noinsoniy voqyealarga barham 
berildi va O„zbekiston o„z prokuratura organlarini o„zi xohlagancha tashkil qilish 
imkoniyatiga ega bo„ldi. 


515 
Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog„ini tashkil qilmay, turli 
mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog„i tarkibida faoliyat yuritadi. AQSHda 
prokuratura Adliya organlari (ijro hokimiyati) tizimiga kirsa, Italiyada sud 
organlari tizimiga kiritilgan. 
O„zbekiston Respublikasida prokuratura alohida maqomga ega. 
Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob kiritilgan. Demak, u qonunchilik 
hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud hokimiyatiga ham kirmaydi. 
Prokuratura uchun Konstitutsiyada maxsus bob ajratilishi, unga konstitutsiyaviy 
maqom berib va unga katta umid bog„langanligidan dalolat beradi. 
O„zbekiston Prezidenti “Prokuratura – qonun himoyasida turgan organ. U 
huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishida, huquqiy islohotlarni amalga 
oshirishda hal qiluvchi rolni o„ynaydi” – deb prokuratura organlari faoliyatiga 
yuksak baho bergan va uning o„rnini ko„rsatib bergan edi. 
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o„rnini ularning alohida vazifasi 
borligi, o„zini alohida ish uslubiga egaligi va har qanday davlat organlari, jamoat 
birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo„ysinib 
ish olib borishi belgilaydi Bu Konstitutsiyaning 120-moddasida qonuniy 
belgilanib, unga asosan: “O„zbekistan Respublikasi prokuratura organlari o„z 
vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor 
shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo„ysunib amalga oshiradi”. 
Konstitutsiya va qonunda prokurorlarni mustaqilligini ta'minlovchi bir necha 
qoidalar belgilab qo„yilgan. Shu 120-moddada “Prokurorlar o„z vakolatlari davrida 
siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko„zlovchi boshqa jamoat 
birlashmalariga a'zolikni to„xtatib turadilar” degan qoida bo„lib, u prokurorlarni 
siyosiy partiya va siyosiy harakatlar ta'siriga kirib qolmasligiga qaratilgandir. 
“Prokuratura to„g„risida”gi qonunda ham prokurorlarni mustaqil faoliyatini 
ta'minlashga qaratilgan qoidalarni yetarlicha uchratish mumkin. Ularda, 
prokurorga tazyiq o„tkazish, unga urinish, boshqacha yo„llar bilan ta'sir qilishga 
urinish, dahlsizligiga tajovuz qilish mumkin emasligi ko„rsatilgan. Konunning 1-
moddasida “Prokurorning g„ayriqonuniy qaror qabul qilishga erishish maqsadida 


516 
unga qanday shaklda bo„lmasin biron-bir ta'sir ko„rsatish yoki faoliyatini amalga 
oshirishga tajovuz qilish, shuningdek, prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz 
tekshirishlar va dastlabki tergov malumotlarini oshkor etish, prokurorning 
talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo„ladi” deb 
ko„rsatilgan. 
Qonundagi prokuraturaning mustaqilligini ta'minlovchi yana bir vosita, 
prokuratura organlari xodimlarining dahlsizligiga qaratilgan alohida moddaning 
mavjudligidir. 49-moddada “Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi 
qo„zg„atish va dastlabki tergov o„tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati 
hisoblanadi. Prokuratura organlarning ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy 
nojo„ya xatti-harakati uchun javobgarlik masalasi yuqori turuvchi prokuror 
tomonidan hal qilinadi” – deb belgilanib, prokuror xodimlarning huquqlari alohida 
muhofazaga olingan. 
Qonunning 50-moddasidagi prokuratura organlari xodimlarining moddiy va 
ijtimoiy ta'minotini alohida belgilovchi qoidalar ham, prokuror mustaqilligini 
ta'minlashni ham ko„zda tutadi. 
Qonunning 51-moddasi bilan prokuratura organlari va ularning oila azolarini 
ijtimoiy himoyalash masalasi hal qilingan. Unda ularning hayoti va sog„lig„ini 
sug„urtalash, ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini bermaydigan darajada 
sog„lig„ini yo„qotganda, ularni moddiy ta'minlash masalasi boshqa xodimlarga 
nisbatan o„zgacha hal qilingan. 
Prokuratura Prezident va Oliy Majlis oldida mas'ulligi ham ularni maqomini, 
davlat organlari tizimidagi o„rnini ko„rsatadi. 
Konstitutsiyaning 80-moddasi, 12-bandiga binoan, Oliy Majlisning Senati 
O„zbekiston Respublikasining Bosh prokurorining hisobotlarini eshitadi. 
Hisobotlar har yili taqdim etiladi. 
O„zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga: 
-
qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to„g„risida – 
muntazam ravishda; 
-
o„ta og„ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to„g„risida – zudlik bilan; 


517 
-
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to„g„risida – har olti oyda 
axborot taqdim etadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish