Ikkinchi yo„nalish
– tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruvni, dastlabki
tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan
nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirish.
Uchinchi yo„nalish
– jinoyatlar ustidan dastlabki tergov olib borish;
To„rtinchi yo„nalish
– sudlarda jinoyat ishlari ko„rib chiqilayotganda davlat
ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy xuquqbuzarliklar
to„g„risidagi ishlarni, hamda xo„jalik nizolarini ko„rishda ishtirok etish va
qonunlarga zid hujjatlarga protest keltirish.
Beshinchi yo„nalish
– soliq intizomini mustaxkamlashga, soliq, valyuta
sohasidagi jinoyatlar va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek, davlatga
yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan
nazorat qilish.
Oltinchi yo„nalish
– ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash
joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat –huquqiy ta'sirining boshqa choralarini ijro
etish chog„ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
yettinchi yo„nalish
– qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda
xuquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Ko„rinib turibdiki, prokuratura organlari faoliyati ko„p qirralidir. Ularni
amalga oshirish uchun prokuraturaga yetarli vakolatlar berilgan.
Jumladan:
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma'lumotlarni takdim etish,
taftish, tekshirishlar o„tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va
aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni,
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 йил, 9-10-сонлар. 168-модда.
523
ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish,
shuningdek qonunga rioya etish to„g„risidagi o„z vakolatlari doirasida qo„yayotgan
talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Prokuratura organlari o„z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur
bo„lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga
muvofiq bepul beriladi.
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to„xtatib
qo„ymaydi.
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko„rib chiqadilar, ularning buzilgan xuquqlarini tiklash
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko„radilar.
Prokuror fukarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul
qiladi.
Prokuror o„ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini
zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga,
korxona. muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda
ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga
doir yozma axborot berishlarini talab etish xuquqiga ega.
Fuqarolarning
ariza
va
shikoyatlari
hamda
yuridik
shaxslarning
murojaatlarini ko„rib chiqish natijalari bo„yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu
qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fukaroning ariza va
shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan
keyin prokuratura organlarida ular buyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan
holatlar bundan mustasnodir.
O„zbekiston Rsspublikasi Bosh prokurori va unga bo„ysunuvchi prokurorlar
jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorliginn ta'minlash maksadida tezkor-qidiruv
faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli
organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko„rsatilgan organlar faoliyatini
524
muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi
guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma'lumotlarini talab
qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog„iston Respublikasi
prokurori tegishincha O„zbekiston Respublikasi va Koraqalpog„iston Respublikasi
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok
etish huquqiga ega.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda
ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshkaruvning tegishli va
quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga xaqli.
Prokurorning – qonunlar ijrosi ustidan nazorati; fuqarolarning huquqlari
hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorati; jinoyatchilikka qarshi
kurashishni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi
ustidan nazorati; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida
jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog„ida
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorati bo„yicha vakolatlari hamda sudlarda
ishlarni ko„rishda prokurorning vakolatlari “Prokuratura to„g„risida”gi qonunda
batafsil belgilab qo„yilgan.
Prokuratura organlari o„z vazifalarini, erkin, hyech kimni ta'sirisiz olib
borishi uchun prokuratura xodimlarining daxlsizligi ham qonunda belgilangan
unga asosan, prokuror yoki tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo„zg„atish va
dastlabki tergov o„tkazish prokuratura organlarining mutloq vakolati hisoblanadi.
Prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy
nojo„ya hatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror
tomonidan hal etiladi.
Shuningdek, qonunda prokuratura xodimlarining moddiy va ijtimoiy
ta'minoti masalalari, prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila
a'zolarini ijtimoiy himoyalash choralari belgilangan.
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi bor tayinlanayotgan shaxs
qasamyod qabul qiladi.
525
Prokuratura xodimlari ham sudyalar kabi deputat bo„la olmaydi, siyosiy
partiya va harakatlar a'zosi bo„la olmaydi va boshqa haq to„lanadigan ishda ishlay
olmaydi.
Prokuratura
organlari
faqat
qonuniylikni
mustahkamlash
bilan
shug„ullanmasdan, qonunlarni vujudga kelishi, takomillashuvida, ya'ni qonunchilik
jarayonida ham ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 83-moddasida asosan,
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |