Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Ikkinchi yo„nalish
– tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruvni, dastlabki 
tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan 
nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish. 
Uchinchi yo„nalish
– jinoyatlar ustidan dastlabki tergov olib borish; 
To„rtinchi yo„nalish
– sudlarda jinoyat ishlari ko„rib chiqilayotganda davlat 
ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy xuquqbuzarliklar 
to„g„risidagi ishlarni, hamda xo„jalik nizolarini ko„rishda ishtirok etish va 
qonunlarga zid hujjatlarga protest keltirish. 
Beshinchi yo„nalish
– soliq intizomini mustaxkamlashga, soliq, valyuta 
sohasidagi jinoyatlar va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek, davlatga 
yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan 
nazorat qilish. 
Oltinchi yo„nalish
– ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash 
joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat –huquqiy ta'sirining boshqa choralarini ijro 
etish chog„ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish. 
yettinchi yo„nalish
– qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda 
xuquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. 
Ko„rinib turibdiki, prokuratura organlari faoliyati ko„p qirralidir. Ularni 
amalga oshirish uchun prokuraturaga yetarli vakolatlar berilgan. 
Jumladan: 
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma'lumotlarni takdim etish, 
taftish, tekshirishlar o„tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va 
aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 йил, 9-10-сонлар. 168-модда.


523 
ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish, 
shuningdek qonunga rioya etish to„g„risidagi o„z vakolatlari doirasida qo„yayotgan 
talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir. 
Prokuratura organlari o„z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur 
bo„lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga 
muvofiq bepul beriladi. 
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to„xtatib 
qo„ymaydi. 
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik 
shaxslarning murojaatlarini ko„rib chiqadilar, ularning buzilgan xuquqlarini tiklash 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko„radilar. 
Prokuror fukarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul 
qiladi. 
Prokuror o„ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini 
zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, 
korxona. muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda 
ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga 
doir yozma axborot berishlarini talab etish xuquqiga ega. 
Fuqarolarning 
ariza 
va 
shikoyatlari 
hamda 
yuridik 
shaxslarning 
murojaatlarini ko„rib chiqish natijalari bo„yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu 
qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fukaroning ariza va 
shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan 
keyin prokuratura organlarida ular buyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan 
holatlar bundan mustasnodir. 
O„zbekiston Rsspublikasi Bosh prokurori va unga bo„ysunuvchi prokurorlar 
jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorliginn ta'minlash maksadida tezkor-qidiruv 
faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli 
organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko„rsatilgan organlar faoliyatini 


524 
muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi 
guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma'lumotlarini talab 
qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog„iston Respublikasi 
prokurori tegishincha O„zbekiston Respublikasi va Koraqalpog„iston Respublikasi 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok 
etish huquqiga ega. 
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda 
ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshkaruvning tegishli va 
quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga xaqli. 
Prokurorning – qonunlar ijrosi ustidan nazorati; fuqarolarning huquqlari 
hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorati; jinoyatchilikka qarshi 
kurashishni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi 
ustidan nazorati; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida 
jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog„ida 
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorati bo„yicha vakolatlari hamda sudlarda 
ishlarni ko„rishda prokurorning vakolatlari “Prokuratura to„g„risida”gi qonunda 
batafsil belgilab qo„yilgan. 
Prokuratura organlari o„z vazifalarini, erkin, hyech kimni ta'sirisiz olib 
borishi uchun prokuratura xodimlarining daxlsizligi ham qonunda belgilangan 
unga asosan, prokuror yoki tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo„zg„atish va 
dastlabki tergov o„tkazish prokuratura organlarining mutloq vakolati hisoblanadi. 
Prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy 
nojo„ya hatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror 
tomonidan hal etiladi. 
Shuningdek, qonunda prokuratura xodimlarining moddiy va ijtimoiy 
ta'minoti masalalari, prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila 
a'zolarini ijtimoiy himoyalash choralari belgilangan. 
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi bor tayinlanayotgan shaxs 
qasamyod qabul qiladi. 


525 
Prokuratura xodimlari ham sudyalar kabi deputat bo„la olmaydi, siyosiy 
partiya va harakatlar a'zosi bo„la olmaydi va boshqa haq to„lanadigan ishda ishlay 
olmaydi. 
Prokuratura 
organlari 
faqat 
qonuniylikni 
mustahkamlash 
bilan 
shug„ullanmasdan, qonunlarni vujudga kelishi, takomillashuvida, ya'ni qonunchilik 
jarayonida ham ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 83-moddasida asosan, 
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish