Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
§ 3. Prokuratura organlarining vazifa va vakolatlari 
 
Prokuratura – barcha davlat organlari tashkilot, korxona, muassasa va 
fuqarolarning qonunlarga aniq va bir hilda amal qilishini nazorat qiluvchi organlar 
tizimi bo„lib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda 
qonuniylik va huquqiy tartibotni ta'minlaydi. Prokuratura organlari hodimlari 
sudda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuratura ayrim mamlakatlarda sud 
tarmog„ida, ayrim mamlakatlarda ijro hokimiyat (adliya) tarmog„ida, ayrim 
mamlakatlarda esa mustaqil tuzilma sifatida faoliyat ko„rsatadi
1

Prokuraturaga berilgan bu tasnifdan, butun jahon miqyosida tuziladigan 
prokuraturalarda umumiylik borligini, bu esa ularning vazifasida ham umumiylik, 
o„xshashlik bo„lishini bilsa bo„ladi. 
1
Қаранг: Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик 
жамиятини ривожлантириш концепцияси. Т.: Ўзбекистон, 2010, 18-27-бетлар.


521 
Yuqorida qayd qilganimizdek, O„zbekistonda prokuratura mustaqil tuzilma 
sifatida tashkil qilingan va faoliyat yuritadi va konstitutsiyaviy maqomga ega. 
Konstitutsiya prokuratura organlarining maqomini konstitutsiyaviy darajada 
belgilar ekan, ularning vazifasini ham umumiy tarzda, aniq belgilagan. 
Konstitutsiyaning 118-moddasida prokuratura respublika hududida qonunlarni bir 
hilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi deb belgilab qo„yilgan. Ya'ni 
prokuraturaning bosh vazifasi butun mamlakat xududida davlat tomonidan qabul 
qilingan barcha qonunlarni bir hilda bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi va bu 
bilan qonuniylik, qonun ustuvorligi ta'minlandi. 
Konstitutsiyada prokuraturaning umumiy vazifasi belgilangan bo„lsa, 2001-
yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to„g„risida”gi qonunda 
prokuraturaning asosiy vazifalari aniqlashtirib mustahkamlangan
1

Qonunning 2-moddasi “O„zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 
asosiy vazifasi” – deb nomlanadi. Unda belgilanishicha prokuraturaning asosiy 
vazifalari: 
-
qonun ustuvorligini ta'minlash; 
-
qonuniylikni mustahkamlash; 
-
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan 
qo„riqlanadigan manfaatlarini, O„zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini 
himoya qilish; 
-
huquqbuzarlikni oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. 
Shu vazifalarni bajarish uchun u tegishli yo„nalishlarda faoliyat yuritadi va 
aniq vakolatlarga ega. 
Prokuratura organlari faoliyatining yunalishlari: 
Birinchi yo„nalish – vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar, fukarolarning 
o„zini-o„zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarni ijro 
etilishi; 
1
Қаранг: Юридический словарь. М.: “Олма”, 2004, стр. 456-457.


522 
-
fuqarolarni xuquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlarni 
ijrosi; 
-
Qurolli Kuchlarda, vazirliklar, davlat qo„mitalari va idoralarini harbiy 
tuzilmalarida konunlarga rioya etilishi ustidan nazorat kilish. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish