Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


 Sud ishlarini oshkora ko„rilishi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

6. Sud ishlarini oshkora ko„rilishi.
Konstitutsiyaning 113-moddasida 
“Hamma sudlarda ishlar ochiq ko„riladi”, – deb mustahkamlangan. Ishlarni yopiq 
majlisida tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo„l qo„yiladi. Oshkoralik 
prinsipi sudlarda muhim ahamiyatli ishlarni ko„rishda ommaviy axborot vositalari, 
jamoatchilik vakillari ishtirok etishida ham ko„rinadi. Suddagi qabul qilingan qaror 
va hukmlar haqida OAVda xabarlar berib boriladi. 
7. Sud 
hujjatlarini 
bajarish 
hamma 
uchun 
majburiyligi.
Konstitutsiyaning 114-moddasida “Sud hokimiyati chikargan hujjatlar barcha 
davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir” deyilgan. Bu sud hujjatlariga 
kuchli maqom berilganligini ko„rsatadi. O„zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksini 232-moddasida sud qarorini bajarmaganlik uchun javobgarlik 
belgilangan. Unga asosan sud hujjatlarini qasddan bajarmaganlik yoki bajarishga 
to„sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Shunday xil sodir etilsa eng kam ish xaqining ellik baravarigacha miqdorda 
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha 
axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 


512 
2001-yil 22-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Adliya 
vazirligi huzurida Sud qarorlarini ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika 
jihatdan va moliyaviy ta'minlash Departamenti” tashkil etilishi ham sud 
faoliyatining shu prinsipini yanada yaxshiroq ta'minlashni nazarda tutgan. 
8. Sudlarda ish yuritish tilini tanlash prinsipi.
Sud ishlarida ishtirok 
etuvchi fuqarolarning huquqlari har jihatdan ta'minlanadi. Buning uchun 
Konstitutsiya va qonunlarda yetarli qoidalar mavjud. Buni sud yuritishda amal 
kiladigan prinsiplar ham ko„zda tutadi. 
Fuqarolar huquqini ta'minlashda muhim vosita bu sud ish yuritishda til 
tanlash masalasidir. 
Konstitutsiyaning 115-moddasida, fuqarolar ta'minlovchi vositalardan biri 
sifatida, sud ishlari yuritilgan til masalasi hal qilingan. Unga ko„ra, “O„zbekiston 
Respublikasida sud ishlarini yuritish o„zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan 
joydagi ko„pchilik aholi so„zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib 
borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish 
materiallari bilan to„la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda 
ona tilida so„zlash huquqi ta'minlanadi”, – deb belgilangan. Demak, sud ishlarini 
yuritishda hyech qanday tilga imtiyoz berilmaydi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish