Reja: O‘zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi. Mustaqillik Deklaratsiyasi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi. Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati. O‘zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi



Download 81,5 Kb.
bet1/13
Sana26.02.2022
Hajmi81,5 Kb.
#465223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3. o\'zbekistonda davlatchiligi va boshqaruv tarixi


O'zbekistonda davlatchiligi va boshqaruv tarixi

Reja:


  1. O‘zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi.

  2. Mustaqillik Deklaratsiyasi.

  3. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi.

  4. Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.


O‘zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi.
Sobiq ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” qonun bilan joriy etilgan edi. O‘z SSR Oliy Soveti o‘n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida I.A Karimov Prezident etib saylandi. O‘sha sessiyada qilingan ma’ruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida bo‘lganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga ko‘maklashishi shubhasizdir”.
1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumxalq saylovlari muqobillik asosida o‘tkazilib, unda I.Karimov Prezident etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir.
Ma’lumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tarjimasi “oldinda o‘tiradigan” degan ma’noni beradi. Bu tushuncha konstitutsiyaviy-huquqiy ma’noda davlat boshlig‘ini anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimida prezidentlik instituti mavjud. “Prezident” atamasi o‘zining hozirgi ma’nosida 1787 yilgi AQSH konstitutsiyasida mustahkamlanib, AQShda prezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib kelinmoqda.
Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutgan o‘rni davlat boshqaruvining shakliga bog‘liq. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda Prezident faqat davlat boshlig‘i vazifasini bajaradi va u ijroya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvning parlamentar respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimida markaziy o‘rinni egallamaydi. Boshqaruvning Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.
Davlat boshlig‘i sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruv organlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig‘i o‘zida u yoki bu hokimiyat tarmog‘ini emas balki, davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti” deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomlari va vakolatlari belgilab berilgan.

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish