Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Fakultativ obyekti 
xo‘jalik subyekti 
sifatida faoliyat ko‘rsatmaydigan alohida fuqarolar va davlatning qonun 
bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlari bo‘lishi mumkin. 
NOTA BENE ! 
Raqobat 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, 
ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar 
bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir 
ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi. 
NOTA BENE ! 
Monopolistik faoliyat 
— xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat 
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof bo‘lgan, 
raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan 
harakatlari yoki harakatsizligi. 
Obyektiv tomondan JK 183-moddasining 1-qismida 
nazarda tutilgan 
harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolat doirasiga 
kiruvchi organga axborot bermaslikdan yoki bila turib haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim qilishdan, xuddi shunday qilmish 
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng sodir etilishida ifodalanadi. 
O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, «Tovar bozorlarida 
raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
152 


monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda to‘xtatib 
qo‘yish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib 
boradi»
1
. Bularga O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi
2

shuningdek, uning hududiy organlari kiradi. Aynan qo‘mita bo‘linmalari 
va qo‘mitaning o‘zi bir butunlikda monopoliyaga qarshi faoliyat olib 
borishga vakolatli organ sifatida qabul qilinadi. Shu sababli axborot 
bermaslik yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, bila turib, 
boshqa davlat organlariga taqdim qilish monopoliyaga qarshi 
qonunchilikni buzish sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi amaldagi Qonuniga asosan, 
davlat monopoliyaga qarshi organi so‘rov asosida uning turi va sifat 
xususiyati hamda xo‘jalik subyekti uchun ahamiyatliligidan qat’i nazar 
istalgan axborotni olish huquqiga ega
3
. Mas’ul shaxslar davlat qo‘mitasiga 
har qanday axborotni, ya’ni: 

xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav jamg‘armasidagi aksiyalarning 
o‘ttiz beshdan ortiq ulushini har qanday usulda (xarid qilish, almashtirish, 
hadyaga olish, ishonchli boshqaruv va hokazo) olishi to‘g‘risida; 

xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish 
yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini 
belgilash imkonini beruvchi huquqlarni har qanday usulda (saylash, 
kelishuv, topshiriq va boshqalar orqali) olishi to‘g‘risida; 

bitimlar to‘g‘risida, ya’ni uning natijasida tabiiy monopoliya subyekti 
tovar ishlab chiqarish (realizatsiya) uchun mo‘ljallanmagan, davlat 
tomonidan tartibga solinadigan, asosiy vositalarga mulk huquqini qo‘lga 
kiritishi yoki asosiy vositalardan foydalanish huquqini olishi, agar ushbu 
asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 27-декабрдаги «Товар бозорларида монополистик фаолиятни 
чеклаш ва рақобат тўғрисида»ги 355-1-сон Қонуни, 9-модданинг 1-қисми.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2005 йил 30-апрелдаги «Ўзбекистон Республикаси 
монополиядан чиқариш, рақобат ва тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш Давлат қўмитасини ташкил этиш 
тўғрисида»ги ПФ-3602-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 1718-
сон, 127-модда.
3
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 27 декабрдаги «Товар бозорларида монополистик фаолиятни 
чеклаш ва рақобат тўғрисида»ги 355-1-сон Қонуни, 11—12-моддалар.
153 


mablag‘ining o‘n foizidan ortig‘ini tashkil etsa; 

tabiiy monopoliya subyekti boshqa xo‘jalik subyektiga egalik 
huquqini yoki tabiiy monopoliya
1
to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga 
solinadigan asosiy vositalarning bir qismidan foydalanish huquqini 
beradigan bitimlar to‘g‘risida, agar ushbu asosiy vositalarning balans 
qiymati tabiiy monopoliya subyekti mablag‘ining o‘n foizidan ortig‘ini 
tashkil etsa; 

xolding tashkil etish, ya’ni aktivlari qatoriga boshqa tashkilotlarning 
nazorat paketi aksiyalari kiradigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini 
tuzish to‘g‘risida;
2

muayyan xo‘jalik subyektining tovar bozoridagi, savdo-sotiq hajmi 
va bozordagi ulushi chegarasini belgilovchi ma’lumotlarni. Bunday 
ma’lumotlar qatoriga, masalan, tovarlarni realizatsiya qilish, ularni 
muayyan hududlarga olib kirish va ulardan olib chiqish hajmi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni kiritish mumkin; 

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Komissiyasi yoki 
ularning hududiy organlari tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilikni 
buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni tayyorlash va ko‘rish uchun talab 
etiladigan, shuningdek, uning qaror va yo‘riqnomalarini ijro etish uchun 
zarur bo‘ladigan ma’lumotlar. Javobgar shaxslar nafaqat kerakli hujjatlarni 
taqdim etishi, balki zarur hollarda o‘zlari suhbatlarga kelib, yozma 
tushuntirish berishlari lozim; 

monopol mahsulotga qat’iy va tartibga soluvchi narxlarni (tariflarni) 
shakllantirish, asoslash va qo‘llashga doir; 

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan iste’molchilarga 
realizatsiya qilinadigan tovarlar hajmi bo‘yicha shartnomalariga rioya 
qilinishiga doir; 

tabiiy monopoliya subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 24 апрелдаги «Табиий монополиялар тўғрисида»ги 398-1-сон 
Қонуни (Ўзбекистон Республикаси 1999 й. 19 август- даги 815-1-сон Қонунининг таҳририда) // Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 212-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун 
ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 41-сон, 405-модда; 2007 й., 50-51-сон, 499-модда.
2
Қаранг
:
Ҳолдинглар тўғрисидаги Низом (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳ- камасининг 1995 йил 12 
октябрдаги 398-сон қарори билан тасдиқланган) // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2001 
й., 15-16-сон, 106- модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2002 й., 17-18-сон, 135-модда.
154 


tugatishga doir; 

qonunchilikda belgilangan holatlarda moliyaviy ishlab chiqarish 
guruhlarini tashkil etishga doir ma’lumotlarni berishlari shart. 
Ma’muriy organlarning talabi bilan yoki talabisiz taqdim etilishi lozim 
bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati yuqoridagilar bilan chegaralanmasdan, 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
davlat qo‘mitasi talabi bilan javobgar shaxslar boshqa ma’lumotlarni ham 
taqdim etishlari lozim. Shu o‘rinda quyidagilarga alohida e’tibor berish 
zarurki, monopoliyaga qarshi organlar tomonidan talab qilinadigan 
hujjatlar faqat monopoliya faoliyatini amalga oshirish yoki monopoliya 
faoliyatini amalga oshirish ehtimoli mavjudligi bilan bog‘liq masalalarga 
tegishli bo‘ladi, bunday masalalarga tegishli bo‘lmagan hujjatlarni ushbu 
organlar talab qilishi mumkin emas. Aks holda hokimiyat vakolatlarini 
ochiqchasiga suiiste’mol qilish sifatida aybdor shaxslarni jinoiy 
javobgarlikka tortish lozim bo‘ladi. 
Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda mas’ul shaxsning mustaqil 
ravishda yoki monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning talabi bilan 
taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlarni monopoliyaga qarshi kurashuvchi 
organlarga taqdim etmasligi 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish