Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Foydani, daromadni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Foydani, daromadni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni 
kamaytirib ko‘rsatish 
soliq organlariga taqdim qilinadigan hisobot 
hujjatlariga bila turib soliqning miqdori to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan, balki uni pasaytirish va kamaytirish tomoniga ma’lumotlar 
kiritishda ifodalanadi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, daromad (foyda) yoki soliq solishning 
boshqa obyektlarini yashirish yoxud kamaytirib ko‘rsatish — soliq yoki 
boshqa to‘lovlardan bo‘yin tovlash uslubidir. Boshqacha aytganda, soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlash turli uslublarni o‘z ichiga olgan kengroq 
tushunchadir, uni davlat yoxud mahalliy Budjet hisobiga majburiy 
to‘lovlarning olinadigan hajmini pasaytirish maqsadida soliq organlarini 
aldash deb tushunish lozim. 
Soliq to‘lashdan boshqacha usulda bo‘yin tovlash 
deganda, narsalar 
haqiqiy holatini qasddan o‘zgartirish, soliq organlariga bila turib noto‘g‘ri 
axborot berishning turli uslublarini qo‘llash, to‘lanadigan soliq hajmini 
kamaytirish maqsadida ma’lum fakt, holat, hodisalar borasida 
yanglishtirish tushuniladi. Soliq yoxud boshqa majburiy to‘lovlardan 
bo‘yin tovlash uslublari turlicha va aksariyat hollarda to‘lanayotgan soliq 
turiga bog‘liq, xususan, bularga soliq organlariga soliq to‘lash obyektlari 
haqida hisobot hujjatlarini bermaslik, imkoniyat mavjudligida majburiy 
to‘lovlarni to‘lamaslik, soliq organlariga ro‘yxatga qo‘ymaslik kabi 
holatlar kiradi. Mazkur jinoyatni sodir etish uslublari uni kvalifikatsiya 
qilishga ta’sir qilmaydi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, 
izohlanayotgan jinoyatning sodir etilishining alohida uslublari mustaqil 
qilmish deb tan olinishi va mustaqil kvalifikatsiya qilishni talab qilishi 
mumkin. Masalan, Aksiz solig‘i to‘lamasdan savdo faoliyatini amalga 
oshirishda, ustav faoliyatini amalga oshirmaslikda, ro‘yxatdan o‘tmasdan 
savdo qilishda yoxud vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanishda va boshqa 
holatlarda qilmishni jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilish 
lozim
1

1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги «Иқтисодиёт соҳасидаги 
жиноий ишлар бўйича суд амалиётида юзага келган айрим масалалар тўғрисида»ги 11-сонли қарори 
(Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-сонли, 2002 йил 25 октябрдаги 28-
сонли ва 2006 йил 3 февралдаги 5-сонли қарорларига асосан киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар билан) // 
Тўплам, 1-жилд. — 120-б.
164 


Jinoyat soliq qonunchiligida o‘rnatilgan soliq solish to‘lashining tegishli 
muddatida soliq to‘lanmagan paytdan boshlab 
tugallangan 
hisoblanadi. 
Shuning uchun avvalgi harakatlar (buxgalteriya hisoboti hujjatlariga 
o‘zgartirishlar kiritish, soliq organlariga yolg‘on hisobot berish va 
hokazolar)ning hammasi jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishdir. Agar 
to‘lov haqiqatda kam to‘langan bo‘lmasa, aybdor harakatida haqiqiy 
jinoyat tarkibi mavjudligini tasdiqlash mumkin emas. 
Soliq va boshqa to‘lovlardan bo‘yin tovlash quyidagi majburiy shartlar 
mavjud bo‘lgandagina jinoyat deb tan olinadi: to‘lanmagan to‘lovning 
ancha miqdordaligi va ma’muriy preyuditsiyaning mavjudligi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish