Soliq solishning boshqa obyektlari
deganda, mazkur modda doirasida
shunday predmet va huquqlarni (daromaddan tashqari) tushunish joizki,
ular mavjud bo‘lganda soliq majburiyati paydo bo‘ladi va ularning sifati
soliq miqdorini belgilaydi
1
.
Amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq soliq solishning boshqa obyektlariga
quyidagilar kiradi: tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish
oboroti va tovarlar importi, Aksiz to‘lanadigan tovarlar, tovarlar (ishlar,
xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxi, jismoniy va yuridik shaxslar
egaligidagi mulk, yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv
resurslarining hajmi
2
.
Foydani, daromadni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni
yashirish
— bu soliq organlariga taqdim etiladigan tegishli hisobot
hujjatlarida ularni olganlik to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlarni qasddan
ko‘rsatmaslik, shuningdek, ularning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni
yashirib qolish maqsadida ularning kelib tushishini hisobga olish tartibini
buzganlikdir. Masalan, taqdim etilgan mahsulotlarga to‘lovni uchinchi
shaxsga berish, xo‘jalik oborotidagi veksellardan foydalanish, barter
asosida kontraktlar tuzish — daromadlarni yashirish hisoblanadi.
«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat
1
Қаранг
:
Большой юридический словарь / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. - 386-б.
2
Шуни қайд этиш лозимки, солиқ солиш объектларининг келтирилган рўйхати тавсифий ҳисобланади ва Солиқ
кодексида ҳар бир муайян ҳолда солиқ солиш объектини аниқлаш бўйича бир қанча қоидалар ва имтиёзлар
назарда тутилган.
162
kodeksining 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishining zarur
sharti — soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga
nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u ham harakat, ham harakatsizlikda
namoyon bo‘lishi mumkin.
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari:
—
hujjatlarni soxtalashtirish (o‘chirish, g‘ayriqonuniy tuzatish);
—
qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
—
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga
qo‘shib hisobdan chiqarish;
—
korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish
haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish;
—
sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga
o‘tkazish (sotish hajmini va daromad(foyda)ni qasddan kamaytirish);
—
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya
(eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni
noto‘g‘ri qo‘llash;
—
hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish;
—
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda
rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larni sotish;
—
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan
xo‘jalik faoliyatini yuritish;
—
davlat soliq xizmati organining yozma bildirishnomasi mavjud
bo‘lgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy
shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim
etmaslik va boshqalardir.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat
kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir
ishlar bo‘yicha aybdorning qilmishida soliq yoki boshqa majburiy
to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning yuqorida qayd etilgan
yoxud boshqa biror-bir belgisi mavjudligi isbotlangan bo‘lishi shart»
1
.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2003 йил 6 июндаги «Солиқ ва бошқа мажбурий
тўловларни тўлашдан бўйин товлаганлик учун жавобгарлик тўғрисидаги қонунларнинг судлар томонидан
қўлланилиши ҳақида»ги 6-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами.
1991—2006. 2-
жилд. —Т.: «O‘qituvchi», 2007. — 132-б.
163
Do'stlaringiz bilan baham: |