Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

tugallangan 
deb hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan JK 183-moddasi 1-qismida 
nazarda tutilgan 
jinoyat 
qasddan 
sodir etilishi mumkin. Shunga alohida e’tibor berish 
157 


lozimki, bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotni taqdim etish 
faqatgina 
to‘g‘ri qasd 
bilan sodir etilishi mumkin. 
Ushbu jinoyatni sodir etish 
maqsad 
va 
motivlari 
turli xil bo‘lishi 
mumkin. Bu nafaqat bozorda monopolistik holatni o‘rnatish, balki shaxsiy 
boyishga qaratilgan qasd manfaatlari ham bo‘lishi mumkin. Biroq 
qilmishni sodir etish maqsad va motivlari jinoyatni kvalifikatsiya qilishga 
ta’sir etmaydi, lekin jazo tayinlashda sud tomonidan inobatga olinishi 
lozim. 
JK 183-moddasi 2-qismining obyektiv tomoni 
monopoliyaga qarshi 
faoliyat olib borish vakolati berilgan organning talablarini yoxud boshqa 
qonuniy ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki ularni o‘z vaqtida 
bajarmaslik, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy javobgarlik 
qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilishi bilan tavsiflanadi. 
Agar tekshirish chog‘ida qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf 
etilmaganligi yoki bartaraf etish chora tadbirlari ko‘rilmaganligi aniqlansa, 
ko‘rsatma bajarilmagan 
hisoblanadi. 
Ko‘rsatma quyidagi hollarda 
qisman bajarilmagan 
hisoblanadi: 
1)
ko‘rsatmaga muvofiq bartaraf etilishi kerak bo‘lgan barcha qonun 
hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda; 
2)
ko‘rsatmada nazarda tutilgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 
organlarga nisbatan qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda. 
Ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmagan 
deganda, ko‘rsatmaning unda 
ko‘rsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi. 
Ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish deganda, ko‘rsatmaning subyekt 
tomonidan bajarilmaganligi yoki qisman bajarilmaganligi tushuniladi
1

Ko‘rsatmalarni bajarmaslik ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortishdan 
quyidagilar bilan farq qiladi. Birinchisi, faqat ehtiyotsizlik orqasidan sodir 
etiladi, ikkinchisi esa, to‘g‘ri qasd bilan sodir etishda ifodalanadigan 
harakatsizlikdir. Shuni ta’kidlash lozimki, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar, agar qonun bilan belgilangan ijro etish muddati o‘tib ketgan 
1
Монополияга қарши қонун ҳужжатларини, табиий монополиялар, истеъмолчи- ларнинг ҳуқуқларини ҳимоя 
қилиш, тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари ва реклама тўғрисидаги қонун ҳужжатларини 
бузганлик учун иш қўзғатиш ва уларни кўриб чиқиш тартиби тўғрисидаги Низом (Ўзбекистон Респуб- ликаси 
Вазирлар Маҳкамасининг 2005 йил 12 октябрдаги 225-сон қарорига илова), IV бўлимнинг 28-банди // 
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 41-42-сон, 317-модда.
158 


bo‘lsada, ko‘rsatilgan talablardan birortasi ham bajarilmayotgan taqdirda 
ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish deb topishi lozim. 
Monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning talablari va boshqa 
qonuniy ko‘rsatmalarini bajarmaslik yoki bajarishdan bosh tortish aktiv 
shakl (ko‘rsatmani qabul qilmaslik, adresini o‘zgartirish va hokazo)da 
yoxud passiv shakl (ko‘rsatmada ko‘rsatilgan qonunbuzarliklarni bartaraf 
etish choralarini ko‘rmaslik)da ifodalanishi mumkin. Biroq bajarmaslik va 
bajarishdan bosh tortish shakllari qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir 
etmaydi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish