lozimki, bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotni taqdim etish
faqatgina
to‘g‘ri qasd
bilan sodir etilishi mumkin.
Ushbu jinoyatni
sodir etish
maqsad
va
motivlari
turli xil bo‘lishi
mumkin. Bu nafaqat bozorda monopolistik holatni o‘rnatish, balki shaxsiy
boyishga qaratilgan qasd manfaatlari ham bo‘lishi mumkin. Biroq
qilmishni sodir etish maqsad va motivlari jinoyatni
kvalifikatsiya qilishga
ta’sir etmaydi, lekin jazo tayinlashda sud tomonidan inobatga olinishi
lozim.
JK 183-moddasi 2-qismining obyektiv tomoni
monopoliyaga qarshi
faoliyat olib borish vakolati berilgan organning talablarini yoxud boshqa
qonuniy ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki ularni o‘z vaqtida
bajarmaslik, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy javobgarlik
qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilishi bilan tavsiflanadi.
Agar tekshirish chog‘ida qonun hujjatlari
buzilishlari bartaraf
etilmaganligi yoki bartaraf etish chora tadbirlari ko‘rilmaganligi aniqlansa,
ko‘rsatma bajarilmagan
hisoblanadi.
Ko‘rsatma quyidagi hollarda
qisman bajarilmagan
hisoblanadi:
1)
ko‘rsatmaga muvofiq bartaraf etilishi kerak bo‘lgan
barcha qonun
hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda;
2)
ko‘rsatmada nazarda tutilgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
organlarga nisbatan qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda.
Ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmagan
deganda, ko‘rsatmaning unda
ko‘rsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi.
Ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish deganda, ko‘rsatmaning subyekt
tomonidan bajarilmaganligi yoki qisman bajarilmaganligi tushuniladi
1
.
Ko‘rsatmalarni bajarmaslik ko‘rsatmalarni bajarishdan
bosh tortishdan
quyidagilar bilan farq qiladi. Birinchisi, faqat ehtiyotsizlik orqasidan sodir
etiladi, ikkinchisi esa, to‘g‘ri qasd bilan sodir etishda ifodalanadigan
harakatsizlikdir. Shuni ta’kidlash lozimki, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, agar qonun bilan belgilangan ijro etish muddati o‘tib ketgan
1
Монополияга қарши қонун ҳужжатларини, табиий монополиялар, истеъмолчи- ларнинг ҳуқуқларини ҳимоя
қилиш, тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари ва реклама тўғрисидаги қонун ҳужжатларини
бузганлик учун иш қўзғатиш ва уларни кўриб чиқиш тартиби тўғрисидаги Низом (Ўзбекистон Респуб- ликаси
Вазирлар Маҳкамасининг 2005 йил 12 октябрдаги 225-сон қарорига илова), IV бўлимнинг 28-банди //
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 41-42-сон, 317-модда.
158
bo‘lsada, ko‘rsatilgan talablardan birortasi ham bajarilmayotgan taqdirda
ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish deb topishi lozim.
Monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning
talablari va boshqa
qonuniy ko‘rsatmalarini bajarmaslik yoki bajarishdan bosh tortish aktiv
shakl (ko‘rsatmani qabul qilmaslik, adresini o‘zgartirish va hokazo)da
yoxud passiv shakl (ko‘rsatmada ko‘rsatilgan qonunbuzarliklarni bartaraf
etish choralarini ko‘rmaslik)da ifodalanishi mumkin. Biroq bajarmaslik va
bajarishdan bosh tortish shakllari qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir
etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: