Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Rasmiy ravishda xabar berish 
— 
ko‘rsatilgan ma’lumot 
monopoliyaga qarshi organga ma’lumotni taqdim etish vakolati 
yuklatilgan shaxs yoki ushbu organning bevosita so‘rovi yuborilgan 
mansabdor shaxs tomonidan taqdim etilishidir, ushbu xabarda kim 
tomonidan (qaysi yuridik shaxs, davlat organi, vakolatli shaxs) 
yuborilayotganligi to‘la-to‘kis aks ettirilgan bo‘ladi. Agar monopoliyaga 
qarshi organga ushbu talablarga rioya qilmagan holda ma’lumot, xabar 
berilgan bo‘lsa, u rasmiy xabar berish deb hisoblanishi mumkin emas. 
Ushbu modda doirasidagi 
ma’lumotlarga 
bevosita monopolistik 
faoliyatni amalga oshirish yoki amalga oshirish ehtimolini nazarda 
tutuvchi axborotlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan 
chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi 
vakolatlariga kirmaydigan masalalarni qamrab olgan ma’lumotlar 
JK 183-
moddasida 
nazarda tutilgan ma’lumot bo‘la olmaydi. 
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar 
— monopolistik 
faoliyatni belgilovchi muhim dalillarni to‘liq yoki qisman buzib 
ko‘rsatadigan hujjatdir. 
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarga, shuningdek, dalillarni 
buzib ko‘rsatmasada, ularni o‘zida ifodalamaydigan yoki yashirib 
ko‘rsatadigan axborotlar kiradi. Bunda vujudga kelgan holatni noto‘g‘ri 
156 


baholash uchun real xavf tug‘iladi. Masalan, bila turib haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan ma’lumotlarni, ularning bir qismini yashirib ko‘rsatish 
monopoliyaga qarshi organga tashkilot ustav fondining 5 foizi miqdoridagi 
aksiyasini sotib olganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga, sotib 
oluvchida boshqa shartnomalar asosida oldindan 32 foiz aksiyalar 
mavjudligi haqida xabar berilmasligidir. 
Xo‘jalik subyektining bir qismi iqtisodiyotning ma’lum sohalarida 
monopolistligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan 
deb hisoblanishi mumkin emas. Xabar muayyan sub’ekgga yoki aniq 
belgilangan subyektlar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak. Masalan, 
muayyan bozor subyekti boshqa tadbirkorlarning bozorga kirishiga 
to‘sqinlik qilayotganligi to‘g‘risida xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan 
ma’lumotlar sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Bunday xabarlar yetarli 
shartlar mavjud bo‘lganda, JK 139-moddasi (Tuhmat) yoki 192-moddasi 
(Raqobatchini obro‘sizlantirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun 
asos bo‘lishi mumkin. 
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni xabar berish orqali 
monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishning zaruriy belgisi aybdor 
tomonidan bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar taqdim 
etilishidir. 
Bila turib 
deganda, monopoliyaga qarshi organga ma’lumotni xabar 
qilgan javobgar shaxs, ishning obyektiv holatlaridan kelib chiqib, ushbu 
ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, ular yolg‘onligini bilgan 
bo‘lishidir. Agar javobgar shaxs ishni obyektiv holatlardan kelib chiqib 
bilmagan yoki bilishi lozim bo‘lmagan bo‘lsa, monopoliyaga qarshi 
qonunchilikni buzish deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 
Bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotni monopoliyaga 
qarshi organga taqdim etish, ushbu ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
davlat qo‘mitasining vakolatli shaxsi tomonidan olingan vaqtdan boshlab 
jinoyat 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish