xizmatining roziligini olmasdan ochiqchasiga olib o‘tish tushuniladi.
Ushbu modda bo‘yicha
bojxona xizmati
deganda, O‘zbekiston
Respublikasi bojxona organlari va bojxona organlarining mansabdor
shaxslarini tushunmoq lozim.
Buzib o‘tishni quyidagi holatlar yig‘indisi tashkil etadi: a) tovar va
qimmatliklarni ochiqcha olib o‘tish; b) bojxona xizmati vakolatli
shaxsining ruxsatisiz olib o‘tish. Ko‘rsatilgan holatlardan birortasining
mavjud bo‘lmasligi shaxsning harakatida sharhlanayotgan
JK
182-moddasidagi
kvalifikatsiya belgilari mavjud deb topilishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Ochiqchasiga olib o‘tish
deganda, bojxona xizmati xodimlarining
tovarlar olib o‘tilishi haqida xabardorligi tushuniladi. Bojxona xizmatining
xabardorligi qonunchilik qoidalariga zid sodir etilayotgan ma’lumotlar
taqdim etilishidan va bojxona organining olib o‘tishni
bevosita nazorat
qilishidan kelib chiqadi. Jinoyatchi subyektga kvalifikatsiya qilinayotgan
ushbu belgilar bo‘yicha aybni qo‘llash uchun shaxsga tovar yoki
qimmatliklarni g‘ayriqonuniy olib o‘tishayotganligi haqida bojxona
organlari xabardorligini bilganligini va bilmasligi mumkin emasligini
aniqlash lozim. Agar aybdor tovar yoki qimmatliklarni noqonuniy olib
o‘tayotganligidan bojxona xizmatining xabardorligini (masalan, bojxona
chegarasidan tovarlarni olib o‘tayotgan shaxsning harakatlari
videokameraga olinayotganligini) bilmasa, qilmish ochiqchasiga olib
o‘tish deb topilmaydi.
Tovarlarni ochiqcha olib o‘tish ham bojxona xizmatining ruxsatini
olmasdan turib amalga
oshirilishi kerak, ya’ni bunday harakatni amalga
oshirishga rasmiy ruxsatnoma bo‘lmasligi lozim. Tovarlarni olib o‘tishga
ruxsatnomaning mavjud emasligi to‘g‘risida, shuningdek, bunday
harakatlarni sanktsiyalash vakolati mavjud bo‘lgan mansabdor shaxsning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq qo‘yishi ham dalolat beradi
1
.
1
Ушбу мазмунда рухсатномасиз ўтказиш тушунчаси Божхона органлари томонидан
махсус воситаларни
қўллаш тартиби тўғрисидаги Йўриқнома (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1999 йил 9
ноябрда 835-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган, Ўзбекистон Республикаси Давлат божхона қўми-
тасининг раиси томонидан 1999 йил 6 августда тасдиқланган) 2-бандида ва Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига
аъзо бўлган давлатларнинг Божхона қонунчилигининг асослари (МДҲга аъзо бўлган давлатлар раҳбарлари
Кенгашининг қарорига илова), 217-моддасида тушунилади.
149
Tovarlarni ochiqcha olib o‘tish, zo‘rlik ishlatmasdan, shuningdek,
zo‘rlik ishlatish orqali yoki mol-mulkka zarar yetkazish tarzida amalga
oshirilishi mumkin. Bu holatda jinoyatni
JKning Maxsus qismi shaxsga
qarshi jinoyatlar yoki o‘zgalar mulkiga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun
belgilangan javobgarlik moddalari bilan jinoyatlar jami tariqasida
tavsiflash lozim.
Bojxona qonunchiligini buzishga doir munosabatlarda sharhlanayotgan
belgilar shundan iboratki,
Do'stlaringiz bilan baham: