Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

NOTA BENE ! 
Bojxona nazorati 
— iqtisodiy xavfsizlikni, qonun va xalqaro 
shartnomalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari 
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmuidir (Bojxona kodeksi
27-moddasi). 
NOTA BENE ! 
Bojxona rasmiylashtiruvi 
— tovarlar va transport vositalari ustidan 
bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida bojxona organlarining 
mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui. 
Bojxona nazoratidan yashirish 
deganda, shaxsning bojxona chegarasi 
orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning yoki boshqa qimmatliklarni xufiya 
joylarda va topishni qiyinlashtiradigan usullardan foydalanib yoxud bir 
tusdagi ashyoga boshqa ikkinchisining ko‘rinishini berib o‘tkazishni 
tushunish lozim. Mulkni maxsus saqlash joylariga yashirib olib o‘tish 
usuliga alohida e’tibor berish kerak, bunday joylarga xufiya joylarni, 
shuningdek, kontrabanda maqsadlarida transport vositalariga oldindan 
qayta ishlanib, yig‘ilib va shunga o‘xshash yo‘llar bilan jihozlangan va 
moslashtirilgan konstruktiv sig‘imli idishlarni va boshqa ashyolarni 
kiritish mumkin. 
Hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish 
deganda, ashyolarni, 
tovar va boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun 
asos tariqasida qalbaki hujjatlarni, qonunga xilof yo‘llar bilan olingan 
hujjatlarni yoxud yolg‘on ma’lumotlar yozilgan hujjatlarni bojxona 
nazoratiga taqdim etishni tushunish lozim
1
.
Qonunga xilof yo‘llar bilan olingan hujjat deganda, aybdor tasarrufiga 
o‘rnatilgan tartibni buzgan holda yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish 
orqali yoxud qandaydir qonunga xilof harakatni (masalan, pora olish 
natijasida) sodir etishi natijasida kelib tushgan hujjat tushuniladi. 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 фев- ралдаги «Контрабанда ва 
божхона қонунларини бузиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 2-сонли қарори (Ўзбекистон 
Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-сонли қарорига асосан киритилган ўзгар- 
тириш ва қўшимчалар билан) // Тўплам, 1-жилд. — 43-б.
144 


Boshqacha aytganda, ko‘rib chiqilayotgan modda mazmunida 
hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish bojxona organlarining 
mansabdor shaxslarini ular tovarlar va boshqa predmetlarni chiqarish 
yuzasidan qonunga xilof qarorlar qabul qilishi uchun chalg‘itish 
maqsadida sodir etiladigan qilmish bo‘lib, u bojxona nazoratiga haqiqiy 
emasligi ayon bo‘lgan hujjatlarni, chunonchi: 
1)
qalbaki hujjatlarni, ya’ni butunlay soxta bo‘lgan — asl nusxaga ko‘p 
jihatdan o‘xshatib tayyorlangan yoki haqiqiy bo‘lgan, lekin matnga 
tuzatish kiritish yoki uning bir qismini yo‘q qilib tashlash yoxud unta 
qo‘shimcha ma’lumotlar kiritish nuli bilan kiritilgan buzib ko‘rsatilgan 
ma’lumotlarni o‘z ichita oltan hujjatlarni yoki qalbaki shtamp yoki muhr 
bosilgan haqiqiy hujjatlarni; 
2)
noqonuniy yo‘l bilan (masalan, pora olish, soxtakorlik natijasida) 
olingan yoki tuzilgan hujjatlarni yoxud berish uchun asos sifatida yolg‘on 
ma’lumotlar yoki boshqa qalbaki (soxta) hujjatlar taqdim etilishi natijasida 
yoki o‘zga shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari orqali olingan 
hujjatlarni; 
3)
amalda haqiqiy hisoblangan va lozim tarzda rasmiylashtirilgan, lekin 
yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni; 
4)
belgilangan talablarga javob beradigan, lekin O‘zbekiston 
Respublikasining bojxona chegarasidan boshqa tovarlar va o‘zga 
boyliklarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan, tovarlarni bunday 
o‘tkazishni niqoblash uchun tuzilgan hujjatlarni taqdim etishdan iborat. 
Ushbu holatni qo‘llash uchun bojxona organiga taqdim etilayotgan 
hujjatning yolg‘onligini aybdor bilganligini va bilmasligi mumkin 
emasligini isbotlash lozim. Aks holda, sharhlanayotgan moddani unga 
qo‘llash mumkin emas, chunki uni sodir etishdan maqsad mavjud emas. 
Agar qalbaki hujjat bojxona qonunchiligini buzgan holda tayyorlangan 
bo‘lsa, uning qilmishini jinoyatlar majmui bo‘yicha 
JK 182 
va ish holatiga 
qarab JK 209- yoki 228-moddalari bilan kvalifikatsiya qilish lozim. 
Bojxona qonunchiligiga ko‘ra, 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish