5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Birinchi bosqich – tashkiliy tuzilma tahlili



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana01.05.2022
Hajmi0,73 Mb.
#600987
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
5-мавзу МЖ

Birinchi bosqich – tashkiliy tuzilma tahlili.
 
Mavjud harakatdagi boshqaruv tashkiliy 
tuzilma tahlili u tashkilotga qo‘yiladigan qaysi talablarga bera olishi bera olmasligini belgilab 
beradi. Ya’ni, boshqaruv tuzilmasi sifatni belgilovchi o‘rnatilgan baholash mezonlari bo‘yicha 
ratsional degan savolga ijobiy javob bera olishi kerak. Baholash mezonlariga quyidagilar kiradi:
boshqaruv tamoyillari 
– markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruvlararo nisbatdir 
(quyi pog‘onada qancha va qanday qarorlar qabul etiladi? ularning oqibati qanday? har bir 
boshqaruv pog‘onasida qaysi hajmdagi nazorat funksiyalari mavjud?); 
boshqaruv apparati
 
– bo‘linmalarni qayta guruhlash, ular orasidagi o‘zaro aloqaning 
o‘zgarishi, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, firmalararo aloqalar ko‘rinishini o‘zgartirish, 
boshqaruv apparatida kerakli oraliq zvenolarni bunyod etish va sh.k.
boshqaruv funksiyalari
– strategik rejalashtirishni kuchaytirish (“biznes - reja”ni tuzatish), 
mahsulot sifati nazoratini kuchaytirish, aktsiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishchilarni 
boshqaruvga jalb etish, mehnat motivatsiyasiga qarashlarni o‘zgartirish va sh.k.
ho‘jalik faoliyati – 
texnologik jarayonni o‘zgartirish, firmalararo hamkorlikni chuqurlashtirish, 
tashkilotni texnikaviy qayta yangilash va sh.k. Tahlil natijasida tashkilot faoliyatidagi “nozik 
jarayon”larni ajratib olish mumkin.
Ikkinchi bosqich – tashkiliy tuzilmani loyihalash
. Uning usullari: 
1) 
o‘xshash (analogiy)
- o‘xshash tashkilotlardagi boshqaruv tuzilmalarini loyihalashga 
oid tajribalardan foydalanishni nazarda tutadi.
2) 
ekspertli
– ekspert – mutaxassislar taklifini o‘rganishga asoslangan.
3) 
maqsadlarni tuzish
– tashkilot maqsadlari tuzilmalarini ishlab chiqishni va uni ishlab 
chiqilayotgan tuzilma bilan qo‘shish. Ushbu holda boshqaruv tashkiliy tuzilmasi tizimli 
yondoshish asosida quriladi, ushbu tuzilmaning sifat va miqdoriy tahlili hamda uning faoliyatini 
asoslovchi grafik bayoni shaklida vujudga keladi.
4)
tashkiliy modellashtirish
– tashkiliy echimlarning hayotiy ekanligini baholash 
mezonini aniq shakllantirib beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, tashkilotdagijavobgarlik 
va vakolatlar taqsimlanishini matematik shakli, grafik va mashinaviy bayonini ishlab chiqish.
Tashkiliy tuzilmaga bo‘lgan talablar 
1. Optimallik
. Agar boshqaruvning eng kam sonli pog‘onasida boshqaruvning hamma 
pog‘onalarida zavenolararo ratsional aloqa o‘rnatilgandagina tuzilma optimal deb hisoblanadi.
2. 
Operativlik
. Ushbu talabning mazmuni shundan iboratki, qabul etilgan qarorlarni amalga 
oshirishda uning keraksiz holga kelib qolishiga imkon tug‘diruvchi qaror qabul eyilganidan 
uning amalga oshirilguncha salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kerak emas.
3. Ishonchlilik.
Boshqaruv apparatining tuzilmasi axborot uzatilishining aniqligini kafolatlay 
olishi, boshqaruvchi komand va boshqa uzatiluvchi ma’lumotlarni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi 
boshqaruv tuzilmasidagi aloqaning to‘xtovsizligini ta’minlash kerak.


4. Iqtisodchilik
. Masala shundan iboratki, boshqaruvdan olinadigan samaraga eng kam sarf 
harajatlar bilan erishilish kerak. Buni mezoni sifatida resurslar va foydali natijalarga sarflangan 
mablag‘ning munosabati olinadi.
5. Epchillik
. Tashqi muhit o‘zgarishiga qarab o‘zgara olish qobiliyati.
6. Boshqaruv tuzilmasining qat’iyligi.
Turli xil tashqi ta’sirlar ta’sirida asosiy xususiyatlarini 
yo‘qotmaslik, boshqaruv tizimi va unung elementlarining bir butunligi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi mukammalligi uni loyihalashda loyihalash 
tamoyillariga bo‘ysunishga bog‘liq:
1. boshqaruv zvenolarining soni maqsadga muvofiq bo‘lishi va oily rahbardan ish 
bajaruvchigacha axborot o‘tishi uchun sarflanuvchi vaqtni imkon qadar qisqartirish;
2. tashkiliy tuzilma tarkibiy qismini aniq belgilab olish (bo‘linmalar tarkibi, axborot potogi va 
sh.k.).
3. boshqariluvchi tizimdagi o‘zgarishlarga tezda e’tiborni qarata olish xususiyatini ta’minlash; 
4. mavjud masala bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan bo‘linmaga masalani hal etish 
vakolatini berish; 
5. boshqaruv apparati ayrim bo‘linmalarini tashkilotni boshqaruv hamma tizimiga va jumladan 
tashqi muhitga moslashtirish kerak.
Shunday qilib, tashkiliy tuzilmani loyihalash jarayonida uchta bosqich belgilanadi:
analitik
(mavjud amaliyotni va tashkiliy tuzilmani qurishga bo‘lgan talabni o‘rganish); 
loyihalash
(boshqaruv tuzilmasini loyihalash (modellashtirish)); 
tashkiliy
(loyihalangan tashkiliy 
tuzilmani joriy etish). 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish