Qalqonsimon bez gormonlari asosiy moddalar almashinuvini,
kislorodning
to`qimalarda o`zlashtirilishini, oqsillar, yog`lar va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi.
Siydikda azotli mahsulotlar, siydik kislota, ammiak va kreatin miqdori ortib boradi,
jigarda glikogen, qonda xolesterin kamayib boradi. Gormonlar yosh organizmning o`sish
va ulg`ayish jarayonlarini, nerv sistemasi qo`zgaluvchanligini,
yeadrenalin
va
adrenopozitiv moddalarga ni'sbatan sezuvchanligini oshiradi. Puls tezlashadi, odam ko`p
terlaydi, qon bosimi ko`tariladi, miya, buyrak, teri tomirlarida qon aylanishi oshib boradi.
Gormonlar miya, suyak to`qimalari va boshqa a`zolar va usullarning tiklanishiga ta`sir
ko`rsatadi. Bolalarda gormonlar yetishmovchiligida kreatinizm hosil bo`ladi, kattalarda
moddalar
almashinuvi susayadi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati kamayadi, bemor
ruhan eziladi, to`qimalarda shishlar paydo bo`ladi, yurak faoliyati o`zgaradi, bu holat
miksedema deb ataladi. Triyodtironin va tireoidin o`rinbosar davo uchun bolalar
kretinizmida, kattalar miksedemasida qo`llanadi. Tireoidin asosiy modda almashinuvi
susayganda va semizlikda qo`llanadi. Moddalar miqdori oshirilsa, bemor qo`zg`aluvchan
bo`lib qoladi, ko`p terlaydi, ozib ketadi, taxikardiya, tremor paydo bo`ladi. Agar suvda,
ovqatda yod miqdori kamayib ketsa, oddiy yoki endemik buqoq paydo bo`ladi.
Gormonlar yetishmovchiligi tufayli qalqonsimon bez o`z faoliyatiii oshiradi, to`qimalar
gipertrrfiyaga uchraydi, bez hatto 20—30—50 barobar kattalashib boradi. O`zbekistonda
endemik o`choqlar Farg`ona vodiysida, Ko`konda ko`p tarqalgan, bu yerdagi suvda yod
kam bo`lgan. Katta ekspeditsiya ishlari, ommaviy profilaktika tadbirlari tufayli ichimlsh<
suvga, tuzga yod qo`shilgan endemik o`choqlar, buqok kasalligi ancha kamaygan.
Antitireoid moddalar. Yod, diyodtironin, kaliy perxlorat merkazolil.
Bu moddalar
qalqonsimon bez faoliyati oshganda — giperfunksiyada ko`llanadi. Giperfunksiyada
tireoid gormonlar ko`p ishlanib chiqadi, organizm tiroksin bilan zaharlanadi—
tireotoksikoz kasalligi paydo bo`ladi. Bu kasallikda asosiy moddalar almashinuvi,
qo`zg`aluvchanlik ortadi — nevroz, taxikardiya ro`y beradi, og`ir holatlarda ko`z
chakchayadi, tremor paydo bo`ladi.
Antitireoid moddalar ta`sir mexanizmi bo`yicha 3 turga bo`linadi:
1.Tireotrop gor.mon hosil bo`lishini kamaytiradigan moddalar: yod, diyodtirozin.
Bular me`daichakdan qonga yaxshi so`riladi, gipofizning tireotrop gormoni hosil
bo`lishini, ajralishini kamantiradi, qalqonsimon bez kichrayadi.
Moddalarning biologik
faolligi kamroq, shuning uchun boshqa antitireoid moddalar bilan birga ko`llanadi.
2. Yodning qalqonsimon bezga o`tishiga to`sqinlik qiladigan modda — kaliy
perxlorat. Bu modda anionlari o`lchami yod anionlari o`lchamiga teng, shuning uchun
qalqonsimon bez yod anionlari o`rniga kaliy perxlorat anionlarini o`ziga tortib oladi,
gormonlar ishlanib chiqishi izdan chiqadi. Bu modda tireotoksikozda qo`llanadi,
zaharliligi kam.
3. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlar hosil bo`lishini kamaytiradigan moddalar
— merkazol i l . Bu modda yodidlarning oksidlanishiga, yod hosil bo`lishiga, tnrozinning
yodlanishiga to`sqinlik kiladi. Ichish uchun tayinlanadi. Merkazolil ancha faol modda.
Nojo`ya ta`sirlari: leykopeniya, agranulotsitoz, qalqonsimon bez hajmi kamayadi.
Merkazolilni homilador va emizikli ayollarga qo`llash
man etiladi, chunki bu modda
platsenta to`sig`idan oson o`tadi, ona suti orqali bolaning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi,
keyinchalik bolada kretinizm paydo bo`lishi mumkin. Tireotoksikozni davolashda
radioaktiv yod ham qo`llanadi. r* nurlari kalqonsimon bez hujayralarini destruksiya
qiladi, ta`siri 1—3 oydan keyin boshlanadi. Nurlanish mikdori oshsa, mikseda xolatlari
paydo bo`lishi mumkin.
Kalsitonin. Bu modda qalqonsimon bezning alohida hujayralarida hosil bo`ladi.
Kalsitonin organizmda kalsiy almashinuvini boshqarib boradi.
Asosan suyaklar
dekalsifikatsiyasiga to`sqinlik qiladi, qonda kalsiy mikdori kamayadi, paratgormonning
qaramakarshi moddasi hisoblanadi. Qalsitonin kalsiyning me`daichakdan so`rilishiga va
buyraklardan chiqib ketishiga ta`sir ko`rsatmaydi. Kalsitonin giperkalsiomiyada,
suyaklardan kalsiy qochganda, gipervitaminoz O; osteoporozlarda (glyukokortikoidlar
uzoq muddat mobaynida qo`llanganda),
nefrokalsinoz, ginerparatireoidizmda qo`llanadi.
Kalsitonin kalsitrin tarkibida ham mavjud.
Kalsitoninni qo`llashni astasekinlik bilan to`xtatish lozim, chunki bu modda uzoq
muddat qo`llanganda endogen kalsitonin kamayadi. Rivojlanayotgan yosh organizm
kal`sitoninga nisbatan juda sezgir bo`ladi, shuning uchun bu moddalar bolalarga
ehtiyotlik bilan qo`llanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: