33
Odatda, qatlamning qarshilik ortishi koeffisientini baholashda suvli qatlamning
solishtirma qarshiligini ehtimoliy qiymatidan foydalaniladi. Bunday qiymatlar suvga
to’yingan
namunalarning
laboratoriya
sharoitida
o’lchangan
solishtirma
qarshiligining taqsimlanishini ifodalovchi egri chiziqlaridan yoki konning chegara
tashqarisidagi qatlamlarni yonlama zondlash karotaji o’tkazib olingan
ma’lumotlaridan foydalanib aniqlanadi.
N.A.Perkov ma’lumotiga ko’ra, Saratov shahri yaqinidagi Volgabo’yi konidagi
devon davriga tegishli suvli qumtoshlarning qarshilik qiymati 0,7 Om
m. Bu miqdor
Volga-Ural neft provintsiyasida
joylashgan Tuymazin, SHkapova, Romashkin neft
konlaridagi hamda Muxana ko’mir konidagi devon davri qumtoshlari qarshiligiga
ham xos.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlariga ko’ra neftli qatlamlardagi suv miqdori
katta intervalda o’zgarishi mumkin, shunga ko’ra neftli qatlamlarning qarshiligi 1-2
dan yuzgacha va hatto bir necha ming om-metrgacha o’zgaradi.
Har bir rayon uchun qatlamning neftga to’yinishini minimal qiymati aniqlanadi,
bu qiymat qatlamning sanoat miqyosida neft-gazliligini bildiradi. Tarkibida gil
fraksiyalari kam bo’lgan ko’pgina kollektorlarning ushbu chegaraviy qiymati
qarshilik ortishi koeffisientiga mos bo’lib, u taxminan 5 ga teng. Tarkibida gil
fraksiyalari ko’p bo’lgan kollektorlarning qarshilik ortishi koeffisienti qiymati 1,5-2
bo’lganda toza neft beraoladi. Masalan, Buxoro-Xiva neft-gazli regionida o’rta yura
davrida hosil bo’lgan qumtosh gorizontlar neftli hisoblanadi.
Bunday jinslarning
qarshilik ortishi koeffisienti 10 dan yuqori bo’lib, ushbu rayondagi qatlamlarning
solishtirma qarshiligi 10 Om
m qiymatiga mos keladi. Agar qumtoshlar suvga
to’yingan bo’lsa, qatlamning solishtirma qarshiligi 3 Om
m dan kichik bo’ladi.
Qarshiligi 3-10 Om
m bo’lgan qatlamlar uyumni ishlatish chog’ida ham neft, ham
suv berishi mumkin.
Qatlamning neftliligi va gazliligi amaliyotda qarshilik ortishi koeffisienti qiymati
bilan quduqni sinash natijalarini taqqoslash orqali aniqlanadi. SHunday yo’l bilan
topilgan miqdorlar qatlamning neft-gazliligini baholashda zarur bo’ladi.
Karbonat qatlamlarning neft-gazliligini aniqlash juda murakkab vazifalardan biri
hisoblanadi. Ma’lumki, ohaktoshlarning g’ovaklilik qiymatini tez o’rganuvchanligi
va g’ovaklar strukturasining bir-biridan keskin farqlanishi ularning solishtirma
qarshiligini katta chegarada o’zgarishiga sabab bo’ladi, shu sababli ko’pincha
qatlamning qarshilik ortishi koeffisientini aniqlash imkoni bo’lmaydi. Odatda
karbonat kollektorlarning neft-gazliligini baholashda qatlamni
sinash natijalarini
ularning solishtirma qarshiligi yoki qarshilik ortishi koeffisienti qiymatlari bilan
taqqoslashdan olingan dalillardan foydalaniladi. Masalan, Buxoro-Xiva neft-gazli
regionidagi Sho’rchi neft-gaz konida yuqori yura davri ohaktoshlari sinab
ko’rilganda neftli gorizont qarshiligi 80 Om
m atrofida bo’lgan bo’lsa, suvga
to’yingan ohaktoshlarning solishtirma qarshiligi birmuncha past ko’rsatkichlarga ega,
faqat ayrim holatlardagina 100 Om
m gacha ortganligi kuzatiladi.
34
Odatda karbonat kollektorlarning neftliligini elektr karotaj dalillari asosida
aniqlashda neytron gamma-karotaj ko’rsatkichlari hisobga olinadi. NGK
diagrammalarida qayd qilingan gamma-nurlanishning past ko’rsatkichlari qatlamning
yuqori darajada neftga to’yinganligini ko’rsatadi, jinslarning elektr toki o’tishiga
qarshiligi KS diagrammasida esa bu holat yuqori ko’rsatkichlar bilan izohlanadi.
Demak, kollektor g’ovakligi yuqori darajada bo’lsa, uning neftga to’yinishi ham
yuqori bo’ladi.
Ko’pincha qatlam neftliligini aniqlashda empirik qoidalarga ham amal qilinadi,
ya’ni NGK egri chizig’ining minimum qiymati KS egri chizig’ining maksimum
qiymatiga mos kelganda qatlam neftli hisoblanadi.
Qatlamning elektr karotaji ma’lumotlari asosida aniqlangan solishtirma
qarshiligi asosan kollektorning suvga to’yinganligiga bog’liq.
Bunda qatlamning
neftga va gazga to’yinganligi ko’p ahamiyat kasb etmaydi, shu sababli solishtirma
qarshilik qiymatiga ko’ra gazli qatlamni neftli qatlamdan ajratish qiyin kechadi.
Odatda gazli qatlamlarni ajratishda elektr karotaj hamda neytron gamma-karotaj
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Gazli gorizontlarni NGK dalillari asosida ajratishda
ulardagi vodorod atomlarining solishtirma miqdori g’ovaklari neft yoki suv bilan
to’lgan gorizontlarnikiga nisbatan ancha kamligi hisobga olinadi.
NGK diagrammalarida gazli qatlamlar ko’rsatkichlari xuddi g’ovakligi kam
qumtosh va ohaktosh jinslarniki kabi yuqori bo’ladi. Agar burg’ilash eritmasi zardobi
gazli qatlam ichiga chuqur singigan bo’lsa, karotaj egri chizig’ida bunday
ko’rsatkichlar kuzatilmaydi. Bunday hollarda gaz eritma zardobi bilan qatlam ichi
tomon
siqib boriladi, shu sababli singish zonasidagi vodorod miqdori suyuqlikka
to’yingan qatlamdagi vodorod miqdoridan farq qilmaydi. Bunday holatlar g’ovakligi
kam, darzli karbonat kollektorlarni o’rganishda tez-tez kuzatiladi, burg’ilash eritmasi
zardobi bilan birga gazning singishi chuqur bo’lib, ba’zan NGK tadqiqot radiusidan
ortib ketadi.
Gaz qatlamlari NGK diagrammalarida suvli yoki neftli qatlar sifatida ajratilishi
ham mumkin. Bunday hol qatlam bosimi kritik bosimdan yuqori va gaz qatlamda
suyuq holatda bo’lganda kuzatiladi. Lekin, ayrim hollardagina (qatlam temperaturasi
past va gaz tarkibida og’ir uglevodorodlar miqdori yuqori bo’lganda) qatlam
sharoitida gaz suyuq holatda bo’lishi mumkin.
Ushbu masalalar «Kon geofizikasi» fanida mufassal bayon qilingan.
Quduq karotajining boshqa metodlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
Gaz karotaji ― burg’ilanayotgan quduq kesimida gazga to’yingan
gorizontlarni ajratish, ularning yotish chuqurligi va qalinligini aniqlash hamda
ajratilgan qatlamlarning neft-gazga to’yinganligini sanoat miqyosida baholash;
2)
Mexanik karotaj ― boshqa karotaj metodlari majmui bilan birgalikda
quduq kesimida juda qattiq, qattiq va bo’sh jinslarni
ajratish imkonini beradi;
3)
Fotokarotaj ― jinslarning litologik tarkibini aniqlash va baholash
maqsadida quduq devorini suratga olish;
4)
Akustik karotaj ― litologik tarkibni aniqlashtirish, ularning g’ovakliligini
o’rganish, kollektorlarni suyuqlikka to’yinish xarakterini baholash uchun o’tkaziladi;
35
5)
Kavernometriya ― quduq diametrini, jinslarning litologik tarkibini
o’rganish va turli texnik masalalarni xal qilish, quduqni sementlash va sinash
ishlarini belgilash;
6)
Termokarotaj ― quduq kesimida gazli qatlamni ajratish va quduqqa suv
haydalganda u yutiladigan zonani aniqlash maqsadida bajariladi. Bundan tashqari yer
qobig’ini temperaturasini o’zgarish gradientini o’lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: