«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Gaz karotaji va uni izohlash



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

4.4.2. Gaz karotaji va uni izohlash
Quduq burg’ilash chog’ida gaz-neftli qatlam ochilganda suvli gil eritmaga 
gazsimon va suyuq uglevodorodlarning o’tishini o’rganishga asoslangan. Quduqdan 
chiqayotgan gil eritmadan vaqti-vaqti bilan yoki uzluksiz ravishda namuna olib, 
uning tarkibidagi gazsimon va suyuq uglevodorodlar miqdori aniqlanadi, eritma 
tarkibidagi yonuvchi gazlar miqdori ma’lumotidan gaz karotaji egri chizig’ini 
chizishda foydalaniladi. Bunda ordinata o’qiga qabul qilingan masshtabda quduq 
chuqurligi, abstsissa o’qiga gil eritmadagi gaz miqdori metanga nisbatan foizda 
qo’yiladi. 
Gaz karotaji sobiq Ittifoqda 1963 yili birinchi bo’lib M.V. Abramovich va V.A. 
Sokolovlar tomonidan ishlab chiqilgan va Apsheron rayonidagi Karachuxur konida 
sinovdan o’tkazilgan. Hozirgi vaqtda gaz karotaji jinslarning gaz-neftliligini boshqa 
usullar bilan aniqlash mumin bo’lmaganda ishlatiladi. 
Gaz karotaji natijasiga ko’ra gazga to’yingan qatlamlarni ajratish mumkin. Gil 
eritmadan gaz namunasini olishda gaz karotaji stantsiyasining gazsizlantirgichidan 
foydalaniladi va gaz miqdori gazaniqlagich yordamida aniqlanadi. Kern olib 
burg’ilashda gaz karotaji kernda bajarilishi ham mumkin. Gaz karotajini o’tkazishda 
og’ir uglevodorodlar miqdorini uglevodorodli gazlarning umumiy miqdoridan 
ajratilgan holda aniqlash zarur, chunki neftli qatlamlarda og’ir uglevodorodlar ko’p 
uchraydi. 
Gaz karotajini o’tkazish natijasida egri chiziq chiziladi, unda quduqni burg’ilash 
chog’ida gil eritma qo’shilgan uglevodorod gazlarining nisbiy miqdori o’z ifodasini 
topadi. Gaz karotaji uzluksiz o’tkazilganda ikkita egri chiziq yoziladi, ulardan biri 
uglevodorod gazlarining umumiy miqdorini, ikkinchisi ― og’ir uglevodorod gazlar 
miqdorini ko’rsatadi. 
Gaz karotaj egri chizig’i tarkibida gaz va neft bo’lgan qatlamlar yuqori 
ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Neftli qatlamlar toza gazli qatlamlardan farqli o’laroq 
gil eritmalarga o’zidan ko’proq yonuvchi gazlarni o’tkazadi. Gaz karotajida qayd 
qilingan gazning nisbiy miqdori asosan gil eritmasidan olingan namunaning
chuqurligiga bog’liq holda o’zgaradi. Katta chuqurlikdan chiqib kelayotgan gil 
eritmadan olingan namunaning tadqiqi gaz karotaji egri chizig’ida fon qiymatni 
namoyon etishi mumkin, lekin yuqorida joylashgan qatlamlardan gil eritmaga 
qo’shilayotgan gazlar miqdori juda oz miqdorda bo’lganligidan ular gaz karotaji egri 
chizig’ida qayd qilinmay qolishi ham mumkin. 
Gaz karotaji diagrammasini to’laqonli talqin qilish uchun gil eritmasi 
lyuminestsent 
tahlildan 
o’tkaziladi. 
Bunda 
toza 
gaz 
uyumlari 
lyuminestsentsiyalanmasligi (gaz sovuq holda nur sochmasligi) mumkin. Neft 


36 
uyumlari mavjud bo’lganda gil eritmalari namunasida uglevodorod gazlari miqdori 
oshadi va undagi gazlar lyuminestsentsiyalanadi. Neftga to’yinish past yoki tarkibida 
og’ir neft bo’lgan intervallardan olingan gil eritmalar namunalarida uglevodorod 
gazlar miqdori kam bo’lsa, ular lyuminestsentlanadi (nur sochadi). 
Gaz karotaji va lyuminestsent tahlil natijalari asosan burg’ilash tezligiga va gil 
eritmaning quduqda aylanish tezligiga bog’liq holda o’zgaradi. Burg’ilash tezligi 
qanchalik katta bo’lsa va gil eritmaning aylanish tezligi sust bo’lsa, neft va gazli 
qatlamlar ochilganda eritmaga shuncha ko’p yonuvchi gazlar va neft o’tadi, ular gaz 
karotaji egri chizig’ida yaqqol ajralib turadi va lyuminestsent tahlil dalillari bilan 
tavsiflanadi. 
Gil eritmaning qovushqoqligi gaz karotaji sifatiga ta’sir etadi. Eritmaning 
qovushqoqligi ortganda undan ajraladigan gaz va neft miqdori keskin kamayada va 
o’z navbatida gaz karotaji egri chizig’i ko’rsatkichlari va nurlanish sur’ati pasayadi. 
Eritma qovushqoqligi juda yuqori bo’lganda gaz karotaji ma’lumotlariga ko’ra 
mahsuldor qatlamlarni ajratish mumkin emas. 
Gil eritmaga neft qo’shilsa yoki unga moy aralashsa lyuminestsent tahlil 
natijalari, agar eritmadan gaz ko’p miqdorda ajralib chiqqan bo’lsa, gaz karotaji 
natijalari buzilishi, noto’g’ri chiqishi mumkin. Gil eritmasi namunasidan olingan 
namunadan gaz karotaji yordamida aniqlangan gaz va neft miqdori bilan ularning 
qatlamdagi miqdori orasida biron-bir bog’liqlik aniqlanmagan. Hozirgi vaqtda gaz 
karotajini o’tkazishda gaz karotaji stantsiyasidan foydalaniladi. 
Gaz karotaji stantsiyasi avtomobilga o’rnatilgan va eng yangi asbob-uskunalar 
bilan jihozlangan dala laboratoriyasini eslatadi. Geolog stantsiyasidan chiqmay turib 
quyidagilarni aniqlash mumkin: kern, shlam va gil eritmadagi gazsimon va suyuq 
uglevodorodlar miqdori; quduq kesimidagi kollektorlarni ajratish imkonini beruvchi 
jinslarni burg’ilash tezligi; jinslarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi; quduq 
tubidan ko’tarilayotgan eritmaning uning og’zigacha etib kelgan vaqti va sh.k. 
Gaz karotaji diagrammasini to’g’ri talqin qilish maqsadida lyuminestsent 
tahlildan tashqari, ular elektr karotaj ma’lumotlari, ayrim hollarda mexanik karotaj va 
boshqa tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslanadi. 4.2-rasmda gaz karotaji va 
lyuminestsent tahlilning sxematik egri chiziqlari berilgan. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish