6-mavzu. Lyuminestsent chiroqlar
1. Lyuminestsent chiroq(LCH)larni tuzilishi va ish printsipi.
2. Stroboskopik effekt.
3. Lyuminestsent chiroqlarning yorug’lik va elektr xossalari.
4. LCH ni afzalliklari va kamchilliklari.
5. LCH ni implusli yoqish sxemasi.
6. LCH ni startyorsiz yoqish sxemalari.
Lyuminestsent chiroq(LCH)larni tuzilishi va ish printsipi
CHo’g’lanma chiroqlarning f.i.k. ning juda kichkina bo’lishi, tejamli yorug’lik manbaini yaratilishiga olib keldi. Rus olimi S.I.Vavilov 1931 yilda lyuminesatsiya hodisasini o’rganib chiqdi va uning bu hodisa ustida tinimsiz ishlashi oqibatida, 1938 yilga kelib, hozirgi paytda ishlatilayotgan lyuminestsent chiroqlar yaratishga erishildi.
Lyuminestsent chiroqlar (LCH)ning ishlash printsipi simob bug’ining undan elektr toki o’tganda ulьtrabinafsha nur taratishi va bu nurni lyuminoforlar yordamida ko’zga ko’rinadigan nurga aylantirishdan iborat.
LCH ning yoqish jarayonida ikkala tomonidan berkitilgan shisha ballon idishdan havo so’rib olinib, uning o’rniga arzon inert gazi va simobning bug’i kiritiladi. Trubkaning ichki qavatiga yupqa lyuminofor qoplab, qo’yiladi. Trubkani ichidagi gaz elektr toki ulanguncha yaxshi saqlagich (izolyator) bo’lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham elektr tokining oqishi uchun sun’iy elektr o’tkazuvchanlik yaratish kerak, bunga ionizatsiya yo’li bilan erishiladi.
G azlar ionizatsiyasiga elektrodlarga kuchlanish berish bilan erishiladi. Elektrodlar orasida esa magnit maydonida hosil bo’ladi. SHu maydon ta’sirida esa, elektronlar va ionlar harakatga kela boshlaydi. Bu elektronlar va ionlar o’z yo’lida yangi elektronlar va ionlarni paydo qiladi, ya’ni tok oqa boshlaydi. Bu jarayon elektrodlari “sovuq” chiroqlarda bo’ladi.
Past kuchlanishli LCH da asosiy ionizatsiya elektrodlarni 800S gacha qizdirish natijasida olinadi (termoelektronnaya emissiya).
Hozirgi zamon LCH larida keng qo’llaniladigan lyuminoforlarning quyidagi turlarini va ular yordamida olinadigan yorug’lik ranglarini ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Volьframat kalьtsiy –ko’kish (siniy);
2. TSink–kadmiy silikat –sarg’ish (oranjeviy);
3. Ftorogermanat magniy –qizg’ish;
4. Borat kadmiya –pushti–qizg’ish (malinovo–krasnqy) va h.k.z.
LCH larning keng ishlatiladigan turlari haqida quyidagi ma’lumotlarni aytib o’tish joiz. CHunki, turli xil lyuminoforlar ishlatish bilan har turdagi chiroqlar tayyorlanadi, masalan:
a. LD va LDTS (L–chiroq, D–kunduzgi (dnevnoy), TS–yorug’lik uzatishi yaxshilangan-uluchshennoy tsvetoperedachey);
b. LB (oq yorug’lik chirog’i-chiroq belogo);
v. LTB (oq-issiq yorug’lik chirog’i-chiroq teplo–belogo);
g. LXB (oq-sovuq yorug’lik chirog’i-chiroq xolodno–belogo).
LD va LDTS chiroqlari kunduzgi yorug’likka o’xshash bo’lib, ko’proq havo aylanib turgan kungi havoga o’xshash yorug’lik taratadi. Bu chiroqlarni yoqqanda ko’k–zangori tusga kiradi. Asta sekin, yorug’lik kunduzgi kungi yorug’likka o’xshash bo’ladi. SHuning uchun bu turdagi chiroqlar ranglarni to’liq aniqlash talab qilingan xonalarda, ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
LB bu chiroq CHL va LD orasida yorug’likka o’xshash tarqatadi. LB aniq yorug’likni ajratishga imkon bermaydi, lekin LD ga tejamliroq.
LXB turidagi chiroq esa LD va LB chiroqlari orasidagi yorug’liklarga o’xshagan yorug’likni tarqatadi.
LTB turidagi chiroq esa ko’proq pushti rangda yorug’lik taratadi. Bu chiroqdan foydalanilgan xonadagi buyumlar va odamlar yuzi tabiiy tusda ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |