10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

Hofizi Abru 
(1361-1430) ― tarixchi va geograf. Amir Temur va 
SHohrux Mirzo saroylarida tarixnavis bo‘lgan. Tarixiy va geografik asarlar 
(
“Zayli Zafarnomai SHomiy”, “Zayli Jomi’ ut-tarix”,”Tarixi Hofizi Abro‘”, 
“Majmua at-tavorixi Sultoniya”, “Zubdat ut-tavorixi Boysung‘uriy
) muallifi. 
“Zayli Zafarnomai SHomiy” asari Nizomiddin SHomiyning “Zafarnoma”siga 
ilova bo‘lib, asardagi tarixiy voqealar bayonini 1405 yilgacha davom ettirgan. 
“Tarixi Hofizi Abro‘” nomi bilan mashhur tarixiy-geografik asarida 
dunyoning doira shaklidagi xaritasi va boshqa xaritalar berilgan. Bu 
xaritaning muhim tomonlaridan biri meridian graduslari to‘g‘ri 
aniqlanganidir, uni geograflar Hofizi Abro‘ning shoh asari deb hisoblaydilar. 
Bu asarda Er yuzasidagi suvlar, tog‘-toshlar, mamlakatlar va ulardagi 
shahar-qishloqlar, shuningdek, Fors, Kirmon, Xurosonning batafsil 
geografiyasi va tarixi, Movarounnahr geografiyasi biyon etilgan. Xususan, 
Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab, Termiz kabi shaharlar hamda Jayxun
Sayxun, Murg‘ob va boshqa daryolar, mamlakatlar, viloyatlarning kenglik va 
uzunliklari ko‘rsatib o‘tilgan va masofalar hamda maydonlarni izohlovchi 
(
farsang, oylik yo‘l, kunlik yo‘l
) anchagina ma’lumotlar bor. 
1423-1427 yillarda yozilgan “Majmua” (“
To‘plam
”) asari SHohrux 
Mirzo saltanati tarixini 1417 yilgi voqealar bilan tugatadi. Uning 4 jildidagi 
“Zubdat ut-tavorixi Boysung‘uriy”da tarixiy voqealar 1417 yilga qadar 



yetkazilgan. Hofizi Abro‘ning asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar, 
bizgacha etib kelmagan asarlaridan parchalar va muallifning o‘z davriga oid 
xabarlari keng o‘rin olgan. 
Ibn Arabshoh 
(1388-1450)-arab tarixchisi. Amir Temur SHom 
(
Suriya
)ni egallach (1401), Ibn Arabshohni qarindosh-urug‘lari bilan 
Samarqandga keltirgan. Bu erda u mashhur olimlardan ta’lim olgan, fors, 
mo‘g‘ul va turk tillarini o‘rgangan hamda adabiyot va ilohiyot bilan 
shug‘ullangan. 
Ibn Arabshoh o‘nlab asarlar muallifi. Biz uchun juda noyob 
hisoblangan “Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur” (“
Temur haqidagi 
xabarlarda taqdir ajoyibotlari”
) Ibn Arabshohning eng mashhur asaridir. Bu 
asar “Amir Temur tarixi” nomi bilan Ubaydulla Uvatov tomonidan o‘zbek 
tilida tarjima qilingan. 
Ibn Arabshoh Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi asarlar 
yozgan mualliflar jumlasiga kiradi. Bu hol uning asarida to‘liq aks etgan. 
SHunga qaramay, Ibn Arabshoh asarida Amir Temur davlati va unga 
chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xo‘jalik va madaniy turmushini 
qo‘shimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi ko‘pdan-ko‘p diqqatga sazovor 
ma’lumotlarni keltirgan. 
Ibn Arabshoh Amir Temur shaxsini munosib baholagan: “Etmish 
yoshli Temurning fikrlari hali ham qat’iy, jismoniy jihatdan kuchli va 
baquvvatdir... U istehzo va soxtalikni yoqtirmaydi, baxtsiz hodisa ro‘y 
berganda g‘amga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida 
hamma itoatgo‘y bo‘lib qoladi va hurmat bajo keltiradi. U mard va jasur 
odamlarni yoqtiradi... U masalaning mohiyatini darhol payqab oladigan 
mohir bahschi edi. U farosati bilan haqgo‘y-yolg‘onchini darrov farqlar edi, 
samimiy maslahatchilarni sohta nasihatgo‘ylardan farqlar edi”. 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish