10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

Alouddin Ali Qushchi 
(1403-1474) -falakiyotshunos va riyoziyotchi 
olim, 
mutafakkir, 
Mirzo 
Ulug‘bek 
ilmiy 
maktabining 
atoqli 
namoyondalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Ali Qushchi Qozizoda Rumiy 
va G‘iyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini o‘rganadi. Madrasani bitirgach, shu 
erda falakiyot va riyoziyotdan mashg‘ulotlar olib boradi. Mirzo Ulug‘bek 
rasadxonasi qurilish ishlarida ham faol qatnashadi. SHu davrda “Hisob 



risolasi” va “Astronomiya risolasi” asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta 
obro‘ qozonadi. 
1428 yilda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu erda 
ustozi rahbarligida kuzatuv ishlarini olib boradi. Mirzo Ulug‘bekning “Ziji 
jadidi Ko‘ragoniy” asarining yozilishida Ali Qushchining ham hissasi katta. 
1438 yilda Mirzo Ulug‘bek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib 
yuboradi. U Xitoydan qaytgach, “Matematika va astronomik jo‘g‘rofiya” 
asarini yozadi. 
Mirzo Ulug‘bek vafotidan so‘ng, uning Samarqanddagi mashhur 
kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan 
degan taxminlar bor. Ta’qiblardan qochib, Ali Qushchi Turk sultoni 
Muhammad II huzuriga boradi. Ali Qushchining dong‘ini eshitgan sulton uni 
saroy olimlariga rahbar qilib tayinlaydi. Ali Qushchi Turkiyada olimlar, 
faylasuflar, shoirlarni o‘z atrofiga to‘plab, ilmiy ishlarni taraqqiy ettirishga 
intiladi, o‘zi esa riyoziyot, falakiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va 
boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. Ali Qushchidan 20 dan ortiq ilmiy 
asarlar meros bo‘lib qolgan. U ko‘p olimlar asarlariga sharhlar yozgan. Ali 
Qushchining “Ulug‘bek Zijiga sharh” asari astronomiya tarixida katta 
ahamiyatga ega. U “Zij” ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. 
Ali Qushchi asarlarining ko‘pchiligi Turkiyadagi Ayo-Sofiya madrasasi 
kutubxonasida saqlanib qolgan. 
Mirzo Ulug‘bek maktabi namoyondalari, xususan, Ali Qushchining 
dunyoqarashi ilm-fan tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ali Qushchi dunyo 
moddiy narsalardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda 
bo‘lib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar 
almashinuviga Erning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytadi. 
Ali Qushchi XVI-XVII asrlarda O‘rta va YAqin SHarq mamlakatlarida 
riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. “Hisob risolasi” asaridan 
O‘rta Osiyo madrasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Bu asarda 
hindlar arifmetikasi (
o‘nlik sanoq tizimi
), falaqiyotshunoslar arifmetikasi 
(
oltmishlik sanoq tizimi
) va geometriya (
xandasa
) haqida yangi fikrlar 
aytilgan. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Samarqand ilmiy maktabi 
olimlarining, ayniqsa Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy va Ali 
Qushchilarning asarlari o‘z davri uchun yangilik bo‘lib, zamonasidan ancha 
ilgarilab ketgandi. Ular XV asr Uyg‘onish davri ruhi va darajasida yaratilgan 
asarlardir. 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish