10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja


Amir Temur va temuriylar davrida



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

10.2. Amir Temur va temuriylar davrida 
me’morlik, bog‘ tuzish san’ati 
Amir Temur va temuriylar davridan bizning kungacha saqlanib qolgan 
muhtasham san’at obidalari o‘z davrida Sohibqiron “Tuzuklar”ida 
homiyligida 
mamlakatda 
me’morlik 
va 
shaharsozlik 
g‘oyat 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Bu davrda me’morlik ayniqsa ravnaq topdi. 



Sohibqironning bunyodkorlik haqidagi gaplariga quloq bering: “Har bir 
shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo‘lovchi musofirlar 
uchun yo‘l ustida robotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni 
buyurdim”. 
Sohibqironning me’moriy bunyodkorligi sohasidagi beqiyos ishlarini 
SHahrisabz, Samarqand, Buxoro, Toshkent va Turkiston shaharlarida 
hozircha saqlanib qolgan noyob va nodir obidalar misolida ko‘rish mumkin. 
Temuriylar davridagi bunday ulkan bunyodkorlik jarayoni natijasida keng 
ko‘lamda me’morlik mo‘jizalari yaratilgani fikrimiz dalilidir. 
O‘sha davrlarda ham shahar mahallalardan iborat bo‘lib, bir qanchasi 
guzarlarga birlashgan. SHaharda me’moriy majmualar shakllanishi 
temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morlik taraqqiyotning 
yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bu jarayon muhandis, me’mor va naqqoshlar 
zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Amir Temur davrida gumbazlar 
tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurilishida 
ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib 
turuvchi poygumbazning balandligi oshdi. Mirzo Ulug‘bek davrida gumbaz 
osti tuzilmalarining yangi xillari ishlab chiqildi. 
Aniq fanlardagi yutuqlar me’morlik yodgorliklarida ham yaqqol 
namoyon bo‘ldi. Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda 
me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi handasaviy 
tuzilmalarning aniq o‘zaro mutanosibligi bo‘lgan bezak va sayqal ishlari ham 
bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan. 
Temuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr hamda 
Xuroson me’morligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan edi. Amir 
Temur va Mirzo Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va 
naqshlar xilma- xilligi kuzatiladi. Xattotlik san’atini mukammal egallagan 
ustalar binoning maxsus joylariga epigrafik bitiklarni olti xil usulda yozgan. 
Koshin qoplamlarida tasviriy mavzular ham uchraydi. Oqsaroy 
peshtoqlaridagi sher bilan quyoshning juft tasviri ramziy ma’noga ega. Bu 
davrdagi bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto 
gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Amir Temur davrida qurilgan 
binolarda ko‘k va zarxal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan. 
Mirzo Ulug‘bek davrida esa, Xitoy chinnisiga o‘xshash oq zamindagi ko‘k 
naqshlar ko‘p uchraydi. 
Amir Temur va temuriylar davlatining qudrati ayniqsa, me’morchilikda 
namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqiga bitilgan: “Agar bizning quvvat va 
qudratimizni bilmoqchi bo‘lsang, qurgan imoratlarimizga boq”, degan yozuv 
Amir Temur saltanatining siyosiy maqsadini ham anglatar edi. CHunki, barpo 
etilayotgan inshootlarning ulug‘vorligi siyosiy vazifalardan biri edi. Bu 
davrda Movarounnahr shaharlari qurilishida mudofaa devorlari, shoh 
ko‘chalarni tartibga solish, me’moriy majmualarni qurish avj olgan. 
Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan “SHahriston”dan 
birmuncha farq qiluvchi xisor qurilishini Samarqand va SHahrisabzda 


10 
kuzatish mumkin. Amir Temur davrida Kesh (
SHahrisabz
) shahar qurilishi 
yakunlanadi. Xisorning janubi-g‘arbida hukumat binosi Oqsaroy va atrofida 
rabotlar qurilib, bog‘-rog‘lar barpo etildi. 
Amir Temur vatanini ― 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish