Mtm larda bolalarni jismoniy rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirish



Download 21,27 Kb.
Sana11.05.2022
Hajmi21,27 Kb.
#602219
Bog'liq
5-mavzu


5- mavzu

MTM larda bolalarni jismoniy rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirish
MTM larida jismoniy jihatdan rivojlantirish bo’yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashg’ulot va o’yinlarni tashkil qilishda differensial munosabatda bo’lish talab qilinadi. Bunda bolalarning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi bolani jismoniy jihatdan rivojlantirishda MTM larining jismoniy tarbiya dasturi talablariga suyanishi kerak. Shu bilan birga tarbiyachi , shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy jihatdan to’g’ri tarbiyalash zarurligi ham nasihat qilib boriladi.
Tarbiyachi ertalabki badan tarbiya, jismoniy mashqlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini yaxshi bilishi kerak. Jismoniy tarbiya bo’yicha tayyorligini tekshirish,, mashg’ulotlarni tekshirishda tozalik, gigiena talablariga hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarur. Mashg’ulotlar ochiq havoda yoki maxsus jihozlangan sport zallarida olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdan maqsad bolalarda har xil ko’nikma va tajribalarni shakllantirish, ularda kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik singari jismoniy belgilarni rivojlantirishdan iborat. Uzluksiz ravishda olib boriladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sishi hamda rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatib, bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini ham orttiradi.
MTM larida dastur bo’yicha jismoniy tarbiya mashg’ulotlari uchun haftasiga 2 soatdan ajratilgan. Dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifalari quyidagicha belgilanadi:
--- salomatlikni mustahkamlash va chiniqtirish;
--- jismoniy jihatdan kuchli qilish;
--- shaxsning odob-axloq jihatdan ijodkorlik belgilarini tarbiyalash;
--- bolalarda maqsadga yo’naltirilgan harakatlarni takomillashtirish uchun sharoit yaratish;
--- harakatlarning ahamiyatli hayotiy turlarini shakllantirish, yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, uloqtirish, suzish, velosiped haydash, oyoq, qo’l, gavda va bosh harakatlarini rivojlantirish, qatorda turish va qayta qatorda turish;
--- o’yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy jihatda rivojlantirish, chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, sabr-toqat, kuchlilik va boshqalarga tenglashib o’zini tik tutish tajribasini orttirish;
--- bola gavdasining to’g’ri o’sishiga ta’sir qilish va yassi tovon kasalligining oldini olishga yordam berish;
--- jismoniy mashqlar bilan o’yinlarning foydasi, asosiy gigienik talablar hamda qoidalar haqida yetarli darajada tushuncha va bilimlar berish;
--- faol harakat qilishga qiziquvchanlikni tarbiyalsh.
Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruh uchun kundalikli harakat tartibi ko’rsatilgan.
KICHIK GURUH
Kichik guruhlarda (3 yosh) bola o’zgalarning so’zlaganiga , hatti-harakatlariga taqlid qilish holatlari kuchayadi. Ular kattalarga qo’shilib qo’shiq aytadi, so’zning mazmunini tushunadi, shuningdek, tarbiyachi ko’rsatgan jismoniy mashqlarni ham bajara olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Shuningdek bu yoshdagi bolalarda o’zaro gaplashish ko’nikmalai ham shakllanadi. Shu sababli bu yoshdagi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirish va tajribaga aylantirishga yo’naltirish zarur.
Bolalar jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining mazmunini muntazam turda bajarish uchun har xil usuldagi mashqlar mavjud. Shunga e’tibor berish kerakki, mashg’ulotlar durust tashkil qilinsa, qiziqarli, namunali jihatlari orttirilsa, bolalarning o’z vaqtida dam olishiga e’tibor qaratilsagina, jismoniy mashg’ulotlarning samarasi ortadi. Mashg’ulotda eng asosiysi, mashg’ulot va o’yinlarning to’g’ri taqsimlanishidadir. Bunda mashg’ulotning asosiy vazifasini ajrata olish kerak, uning mazmunini, ko’zlagan maqsadini hisobga olib, bola gavdasining ba’zi bir qismlariga har tomonlama ta’sir qilish kerak. Shuningdek, jismoniy mashqlarni bir-biriga bog’liq holda olib borish taqozo etiladi.
Mashg’ulotlarni rajalashtirishda harakat tartibi va vazifani to’g’ri taqsimlash bilan bolalarni o’ziga jalb qilish nazarda tutiladi. Bunda guruhning sharoiti, mashg’ulotlar uchun zarur anjomlarning mavjudligi hisobga olinadi. Ochiq havodagi mashg’ulotlar mazmuni yil mavsumlariga, ob-havoga muvofiq tarzda tanlab olinadi. Mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish usullari har xil bo’lib, ular asosan, harakat va o’yin mashg’ulotlari, bir qolipdagi mashg’ulotlardan boshlab har xildagi harakatlarga, ya’ni harakatli o’yinlar, xalq o’yinlari, estafeta mashqlarini o’z ichiga oladi.
Ertalabki badantarbiya, sayrdagi jismoniy mashqlar hamda o’yinlarni mashg’ulotlarning o’quv materialiga muvofiqlashtirish zarur. Kunning turli vaqtlarida bolalarning harakat qilish faolligini hisobga olish, shunga qarab harakarlar ko’nikmasini tashkil qilish, harakatlarni jadallashtirishga qaratilgan mashqlarni har xil usullar vositasida kiritish talab qilinadi.
Kichik guruh bolalarining erkin harakati bevosita tarbiyachining boshchiligida amalga oshiriladi. Tarbiyachi jismoniy tarbiya jarayoning izma-izligi va uzluksizligini ta’minlaydi. U bu ishlarni rejalashtirishda bolaning o’ziga xos xususiyati, rivojlanishi, salomatligi, jismoniy yetukligi, qiziqishi, qobiliyati kabilarni hisobga olishi kerak. Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruhdagi kundalikli harakatlar belgilangan.

MTM kichik va o’rta guruh yoshidagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishini rejalashtirish


Bola 3-4 yoshga yetganda uning jismoniy ihatdan rivojlanishi bir qancha tezlashadi, bu davrda bolaning bo’yi 100-105 sm gacha o’sadi, og’irligi 17-18 kg bo’ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi.Katta yarim shar qobig’ining faoliyati jadallashadi, boladagi asosiyharakatlarning rivojlanishida ahamiyatli sifat o’zgarishlari kuzatiladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda taqqoslash ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning gapirishi aniq, eslash qobiliyati biroz chuqur, erkin fikrlash darajasi bir qancha rivojlangan bo’ladi. Barsha harakatlarini o’zi bajarishga harakat qiladi, bu yoshda bola juda harakatchan, o’yinga moyil hamda qizuquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga jon-tani bilan qatnashadi, shuning uchun ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini saqlash, ma’naviy jihatdan nazorat qila borish, ko’ngilli kayfiyatda bo’lishini ta’minlab borish ahamiyatlidir. Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlar mana shu maqsadlarga qaratilgan bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalarda o’yin mashg’ulotlarining olib borish juda ahamiyatli bo’lib, bu mashg’ulotlar ularning ijodkorlik tuyg’ularining o’sishiga yordam beradi. Bolaga bu vaqtda “Men” tushunchasini anglatish, “Men o’zim”, “Men o’zim o’ynayman”, “Men o’zim yeyman” kabi iboralarni tushuntirish va anglatish zarur. Bolaga bu yoshda ijtimoiy-hissiy tuyg’ularining shakllanishiga e’tibor berish, quvonish , xafa bo’lish kabi hislarni tushunish va shu hisdagi odamlarga hayrihoh bo’lish kabi tuyg’ularni singdirib borish lozim. Bola bu yoshda kattalarning aytganini tinglash, masalan, ularning murojaatiga quloq solishga o’rgatilishi kerak (qo’y yig’lama, hozir birga o’ynaymiz kabi)
Bola bu yoshda nima yomon, nima yaxshi ekanligini to’g’ri anglashi, nima qilish mumkinu nima qilish mumkinmasligini tushunishi kerak. Masalan yonidagi o’rtog’i yoki atrofidagi katta odamlarning quvonganini, xafa bo’lganligini tushunishi, ularga dalda bo’lishga o’rgatilishi kerak( masalah, o’rtog’iga qo’y, xafa bo’lma, ke birga o’ynaymiz,kabi g’amxo’rlik qilishlarni tushunishi kerak).
Bolaga bu yoshda nimalarni qilish mumkinligini, nimalarni qilish yomon odatligini tushuntira borish kerak, muloyim gapirish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish kabi xislatlarni yaxshi anglab oladi. Shu bilan birga bolalar bu davrda kattalarning buyrug’ini bajarishga ham ko’nikma paydo etiladi. Ularga kattalar tomonida “injiqlik qilma”, “o’yinchog’ingni yig’ishtir” qabilidagi buyruqlarni bajarish malol kelmaydi. Ularga “Men ishlab bilaman”, “Men bajarishni uddalayman” degan ishonch tuyg’ularini shakllantirib borish kerak.
Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan suhbatli o’yinlar o’ynashi mumkin, masalan, “Men kimman?”, “Men qandayman?” ta’riflash tajribasini shakllantirish; “Menga nima yoqadi, nimalar yoqmaydi?” haqida gapirib berishga undash; O’zi va atrofidagilarning his-tuyg’ularini tushunishni shakllantirish va b.
Bolalar bu yoshda kattalar bilan suhbatga kirisha olishi, atrofidagi kattalarga taqlid qilishi, kattalarning savollariga javob bera olishlari kerak. Kattalarning tovushiga qarab maqtov yoki tanqidni farqlashi, suhbatga hayrihohlik bildirishi, kattalarni oti bilan chaqirishi kabilarni yaxshi tushuna oladi.
Bolalar bu yoshda tengdoshlari bilan birga o’ynashi, o’zi o’yinda imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.
Bolada bu davrda “Men” konsepsiyasi shakllanadi, ya’ni u oynada o’zini o’zi taniydi, o’z otini biladi, kundalik ishlarda yordam bera oladi (xonasini tozalash, televizorni o’chirish kabi).
“Tuyg’ularini belgilash” bolaning o’z yaqinlariga bo’lgan mehrini ko’rsata olishga (yaxshi ko’radi, quchoqlaydi), kattalarning o’ziga bo’lgan munosabatini his qiladi , bola ko’proq mehr ko’rsa, atrofidagilarning rag’batini ko’proq eshitsa, unda o’ziga bo’lgan ishonch oshadi, natijada bola:
--- savollarga erkin javob bera oladi;
--- Kattalar va tengdoshlari bilan suhbatlashishga o’zida ehtiyoj sezadi;
--- tengdoshlari bilan o’ynay oladi;
--- tashabbuskorlikni ko’rsata oladi;
--- o’z imkoniyatiga ishona boshlaydi;
--- “men o’zim” degan tushuncha paydo bo’ladi;
--- bola o’z yaqinlariga mehr ko’rsata boshlaydi (yaxshi koradi, talpinadi, quchoqlaydi);
--- kattalarning o’ziga bo’lgan munosabatini sezadi.

Kichik yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan o’yin mashg’ulotlari


1. Voqeali rolli o’yinlar. O’yin mazmunini boyitish jarayonida olib borilayotgan ishni davom ettirish: bevosita boshqarish metodlaridan foydalangan holda bolalar erkin o’yin g’oyalarini yaratishga olib kelish;
2. Harakatli o’yinlar. Tengdoshlari bilan harakatli o’yinlarda maydonda o’rnini tanlab bilish, o’yinda faollik, chaqqonlik, epchillik kabi xislatlarni tarbiyalab boorish, o’yin qoidalariga erkin amal qilishga o’rgatish;
3. Sahnalashtirish o’yinlari. Bolaning teatrlashtirilgan o’yinlarga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash: bolalar tanish bo’lgan asarlardan parchalrni ko’z oldida gavdalantirib, personajlar bilan rolli munosabatlarga kirishishga imkon yaratish;
4. ta’limiy o’yinlar. A) Narsalarni tashqi belgilariga qarab taqqoslash, guruhlarga bo’lish, qismlardan butun yasashga o’rgatish, stol o’yinlariga ( “domino”, “loto” ) bolgan qiziqishlarini rag’batlantirish;
B) bolalarning teri orqali sezish, eshitish, ta’m bilish hislarini rivojlantirish (ushlab ko’rib aniqla, tovush orali nimaligini toppish kabilar)
D) nazorat va diqqatni rivojlantirish: nima o’zgardi? , Doirachalar kimda? Kabi o’yinlarni tashkil qilish.
E) ranglar, hajmlar bo’yicha yoki turkumlar bo’yicha o’yinlarni tashkil qilish (“Bizning idishlar”, “O’yinchoqlar” kabilar).



Download 21,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish