XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari.
XIX asrning oxirlarida taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari keng
xalq ommasining savodli
qilishga, ularni jaxolat uyqusidan o‘yg‘otishga intilib jadid maktablarini ochdilar. Birinchi bo‘lib
1893 yilda Buxoroda, so‘ng 1898 yili Qo‘qonda
Saloxiddin domla tomonidan, o‘sha yili
To‘qmoqda, 1899 yili eski Toshkentda Mannon qori, Andijonda SHamsiddin domla tomonidan
jadid maktablari ochilgan. 1900 yili Buxoroda Jo‘raboy qori tomonidan yangi usuldagi jadid
maktab ochildi. 1903 yili M. Bexbudiy o‘z mablag‘i xisobidan Jomboyda maktab ochdi.
Jadid
Xoji Muin va Abdul Qodir SHakuriylar bu maktabda saboq berdilar. 1908 yili bunday maktablarni
Mirza Abdulvoxid xam tashkil qildi. Muftiy domulla Ikrom bu yangi usuldagi maktablarni diniy
jamoat tomonidan qabul qilinishiga erishdi. 1911 yilda jadid maktablari Turkistonda 63 ta bo‘lib,
ularda 4106 ta bola o‘qigan. Toshkentning o‘zida 24 ta bunday maktablarda 1740 ta bola o‘qigan.
1917 yil boshlaridan o‘lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o‘quvchi bo‘lgan.
O‘zbek jadidlari Turkiston xalq maorifiga jiddiy e’tibor berganlar. Bu soxada taniqli
mudarris va ma’rifatparvar Munavvar Qorining xizmati kattadir. Munavvar qori 1909 yili
maslakdosh do‘stlari Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov
va boshqalar bilan xamkorlikda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya»ni tashkil
qildi. Munavvar qori va uning safdoshlari jamiyat orqali
qashshoq va kasalmand kishilar,
o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish bilan cheklanmay. Xorijga, xususan, Rossiya va Turkiyadagi
oliy o‘quv yurtlariga talabalar yuborish bilan xam shug‘ullanadilar. Bundan tashqari o‘zbek
jadidlari matbuotga aloxida e’tibor bilan qaraganlar. O‘zbek jadidlari
bir qancha gazetalar
chiqarishdi. Ularning orasida Ismoil Obidov muxarrir bo‘lgan «Taraqqiy» gazetasi aloxida o‘rin
tutadi. Bu gazeta o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy tafakkurni rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Jadidlar
«Shuxrat», «Xurshid» gazetalarini xam chiqarganlar. Lekin bu gazetalar chorizm tomonidan tez
orada yopib qo‘yilgan. Keyinchalik esa jadidlar tomonidan «Sadoi Turkiston», «Samarqand»,
«Oyna», «Turon», «Buxoroi sharif», «Sadoi Farg‘ona» va boshqa gazeta va jurnallarini nashr
ettira boshladilar.
Jadidlar
Alisher Navoiy, Mirza Bedil va Boboraxim Mashrab g‘oyalariga asoslangan milliy
taraqqiyparvar g‘oyalarini ilg‘or fikrlarini eng yaxshi an’analarini davom ettirdilar. Ular
Turkistonda tobora o‘ziga yo‘l ochib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni ifoda etuvchilar
edi. Jadidlar dunyoqarashi moddiy o‘zgarishlar va o‘sha davrda shakllangan yangi
muxit bilan
chambarchas aloqada bo‘lgan. Jadidlar, ma’rifatparvarlar sifatida fransuz va ingliz ma’rifatchilari
bilan g‘oyaviy jixatdan yaqin maslakdosh edilar.
Jadidlarning asosiy xizmati shundan iborat bo‘ldiki, ular milliy istiqlol g‘oyasiga asos
soldilar, Turkiston tarixining unitilgan qaxramonona
saxifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy
axamiyatini ko‘rsatib berdilar. Ularning yana bir xizmati shundan iborat ediki, mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni tinch yo‘l bilan xal qilish
usullarini ishlab chiqdilar, mavjud tuzumni
yaxshilashning samarali usuli xalq maorifini islox qilish ekanligini, bilim olish va ularni xayotga
tatbiq etish zarurligini ko‘rsatib berdilar.