Xvi-xix asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli. Reja. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor. Xonliklar davrida ilm-fanning ahvoli



Download 226,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.04.2022
Hajmi226,31 Kb.
#588706
  1   2   3   4
Bog'liq
3.2-mavzu. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli



XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli. 
Reja. 
 Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor. 
 Xonliklar davrida ilm-fanning ahvoli. 
 Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli. 
 XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari. 
Tayanch iboralar: 
xonlik, amirlik, shayboniylar, ashtarxoniylar, mangʻitlar, minglar, 
qoʻngʻirotlar, Chor Rossiyasi, Fon Kaufman, Turkiston general-gubernatorligi. 
Shayboniylar sulolasi (1500-1601yy)ning asoschisi Muhammad Shayboniyxon (1451-1500-
1510 yy) vafotidan keyin Shayboniylar davlati o‘rnida tarqoq xokimliklar yuzaga kelgan edi. 
Tarqoq hokimliklarga Abdullaxon II (1534-1556-1598 yy) xukmdorligi davrida barxam berilib, 
markazlashgan davlat barpo etildi. Xonlik chegaralari Kashg‘ardan Orol va Kaspiy dengiz 
soxillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning Sharqiy qismigacha bo‘lgan erlarni qamrab 
oldi. Bu davrda sug‘orish inshootlari, madrasalar qurildi, ilm-fan va madaniy aloqalar rivoj topdi. 
Mashxur Buxorodagi «Abdullaxon timi» (1577 y) usti yopiq savdo rastasi, Buxorodagi 
Abdullaxon madrasasi (1588-1590 yy) va ko‘plab madaniy qurilishlar Abdullaxon nomi bilan 
bog‘liq. 
Abdullaxon bandi - 1583 yilda Nurota tog‘lari shimoliy yon bag‘rlaridagi Eski oqchob 
qishlog‘i yaqinida qurdigan suv omboridir. To‘g‘onning uzunligi asosida 73 m, yuqorisi esa 85m, 
balandligi 14,5 m. Ustki qismi 4,5 m qilinib, zinapoya shaklida qurilgan. To‘g‘on oldida xosil 
bo‘lgan suv ombornning uzunligi 1,5 km, eni 75- 125m. Abdullaxon bandida taxminan 1,2 mln. 
kubmetr suv to‘plangan. 
Abdullaxon bandining to‘g‘oni slanes toshlaridan qurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli 
maxsus ganch qorishmasi - qir bilan biriktirilgan. Ko‘plab sug‘orish tarmoqlarn qurilganligi o‘rta 
asrda qurilish-irrigatsiya bilimlari fanlarining rivojlanganligidan dalolat beradi. 
Sharqda, xususan O‘rta Osiyoda bozorlar, xammomlar, masjid va madrasalar, minoralar 
qurilishi san’ati qadimdan yuksalgan. CHuqur bilim yuksak mahorat talab qiladigan ark qurilishi 
tarixda alohida ahamiyatga ega. Arklar Xiva, Samarqand, Termiz, Urganch, Qo‘qon, Toshkent, 
Buxoro va boshqa shaharlarda mavjud bo‘lgan. O‘rta asrlarda u kuxandiz, kox va qasr terminlari 
bilan tilga olingan. Buxoro arki - shaharning qadamiy qo‘rg‘oni, arxitektura va arxeologik 
yodgorlik Ark milodning I asrida qurila boshlanib, asosan shaybonnylar sulolasi (XVI asr) davrida 
ansambl xoliga kelgan. Ark balandligi 20 metrcha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan. Maydoni 4 
gektar Ark ko‘pburchakli shakldagi inshoat. 
XVI asrda Toshkent shahrining CHorsu maydoni tepaligida bunyod etilgan Ko‘kaldosh 
madrasasi, shuningdek, bu davrda qurilgan Baroqxon madrasasi o‘sha davr me’morchiligining 
noyob durdonalaridandir. Buxoro shahri va viloyatida 997 me’moriy yodgorlik mavjud. 1417 yilda 
bunyod etilgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi eshiklariga «Bilim olish xar bir musulmon va 
muslimaning burchidir» suzlari bitilgan. Mir arab madrasasi (1530- 1536 yy.) Ko‘kaldosh 
madrasasi (1568-1569 yy.), Qo‘shmadrasa (Modarixon madrasasi (1566-1567 yy.); Abdullaxon 
madrasasi (1588-1590 yy.) Abdulazizxon madrasasi (1652 y.); Samarqandning Registon 
maydonidagi uch Madrasa - Mirzo Ulug‘bek madrasasi (1417-1420 yy.), SHerdor madrasasi 
(1619-1636 yy.), Tillakori Madrassi (1647-1660 yy.), Bibixonim madrasasi XIV asr oxiri-XV asr 
boshida qurilgan va boshqa ko‘plab maktab va madrasalar nafaqat O‘rta Osiyoning butun jaxon 
sivilizatsiyasining aniq fanlar sohaqidagi ko‘rki bo‘lib turibdi. Bu o‘rta asr o‘quv dargoxlarida 
taxsil olgan talabalar o‘zlarining ilmiy-tadqiqotlari natijalari bilan hozirgi jaxon fani taraqqiyotiga 
o‘lkan hissa qo‘shdilar. 



Download 226,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish