Xvi-xix asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli. Reja. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor. Xonliklar davrida ilm-fanning ahvoli


Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli



Download 226,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.04.2022
Hajmi226,31 Kb.
#588706
1   2   3   4
Bog'liq
3.2-mavzu. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli

Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli. 
Ko‘rilayotgan davrda birinchi navbatda mustamlaka ma’muriyat tomonidan o‘lka boyliklarini 
o‘zlashtirish maqsadida geologiya fani va tog‘-kon sanoati bilan bog‘liq sohalarga alohida e’tibor 
qaratildi.
XVIII-XIX asr boshlarida rus sayyohlaridan iborat ekspedisiyalar tomonidan Turkiston xududini 
tadqiq qilish boshlandi. Bu ekspedisiyalarning asosiy ma qsadi Rossiya iqtisodi uchun zarur bo‘lgan 
maxalliy moddiy boyliklarni o‘rganish bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoni Rossiya 
bosib olgandan sung rus olimlarining o‘lka tabiati va tabiiy boyliklarini o‘rganish ishlari kulami 
kengaytirildi. 1867 yilda Turkiston -xarbiy topografiya bo‘limi tashkil qilindi. Bu bo‘lim o‘lkaning 
topografik xaritasini tuzish bilan shu g‘ullandi. Bu ishlar natijasida O‘rta Osiyoning bosh xaritasi tuzildi. 
1867 yilda Toshkentda meterologiya stansiyasi ochildi: bu stansiya o‘lka iqlimini o‘rganish va iqlim 
xaritasini tuzish bilan shug‘ullandi. 1868 yilda Turkiston statistika qo‘mitasi tashkil qilindi. 1887 yil 1 
yanvarda viloyat statistika qo‘mitalari tuzildi.
Turkistondagi birinchi ilmiy muassasa -Toshkent astronomiya va fizika observartoriyasi (hozirgi 
O‘zbekiston FA Astronomiya instituti) 1873 yilda tashkil qilindi. Bu observatoriya o‘lkadag i mingga 
yaqin joyning koordinatalarini aniqlash uchun ekspedisiyalar uyushtirdi. Faqat XX asrning 30 -yillariga 
kelib sof ilmiy masalalar bilan shug‘ullana boshlandi.
O‘lka ilm-fanini rivojlantirish maqsadida XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning bosh larida 
Toshkentda quyidagi ilmiy-tajribaviy muassasa va korxonalar tuzildi: Turkiston o‘lkasi er ishlari va 
davlat mulki boshqarmasi va uning qoshidagi gidrometrik qism, Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba 
stansiyasi (1897), hozirgi R.R.SHreder nomidagi B og‘dorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy ishlab 
chiqarish korporatsiyasi), etnomologiya stansiyasi, 1895 yil Rossiya Geografiya jamiyatining Turkiston 


bo‘limi tashkil etildi. XX asr boshida Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qo‘qonda seysmik stansiyalar 
tuzildi.
O‘lkani ilmiy jixatdan xar tomonlama o‘rganishga kirishildi. Birin-ketin tabiat, antropologiya va 
etnografiya xavskorlari jamiyatining Turkiston bo‘limi (1870), O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati (1870), 
Farg‘ona tibbiyot jamiyati (1892-1910 yy.), Turkiston vrachlar jamiyati (1899-1900 yy.), Turkiston 
tibbiyot jamiyati (1900-1908 yy.), Turkiston o‘lkasi tabiatshunoslari va vrachlar jamiyati (1913 -1922 
yy.) va boshqalar tashkil qilindi. O‘rta Osiyo ilmiy jamiyatining asosiy ma qsadi o‘lka tarixi, geografiyasi, 
etnografiyasi, statistikasi, i qtisodiyotiga doir ma’lumotlarni to‘plash, ularni o‘rganishdan va tarqatishdan 
iborat bo‘lgan. Tabiat, antropologiya va etnografiya xavaskorlari jamiyati Turkiston bo‘limi o‘z 
tadqiqotlari natijalarini maxsus to‘plam tarzida nashr ettirdi. O‘lkada ishlayotgan arxeologlar 1895 yilda 
Turkiston arxeologiya xavaskorlari to‘garagiga birlashdilar. Bu to‘garak shug‘ullangan arxeologik ishlari 
asosan yozma manbalar asosida qadimgi yodgorliklarni tasvirlash va o‘rganishdan, ayrim arxeol ogik 
ob’ektlarni izlash va tiklashdan iborat bo‘lgan: arxeologik qazish ishlari ham o‘tkazilgan. XIX asr oxiri 
XX asr boshlarida Geografiya jamiyatining Turkiston bo‘limi a’zolari tomonidan Orol dengizi, muzliklar, 
o‘lkaning o‘simliklar va xayvonot dunyosi, seysmik jarayonlar tadqiq etildi, foydali qazilma konlari 
ochildi. Rus olimlarining ayrim ekspedisiyalari tupro qnunoslik va gidrologiyaga oid ilmiy-tadqiqotlar 
o‘tkazdi. 

Download 226,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish