Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonasi



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

3-bob. Ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonasi
doirasida yer uchastkalarini aniqlash tartibi
15. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilish
uchun vakolatli davlat organi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Turizm
va sport vazirligi bilan birgalikda har bir suv ombori bo‘yicha turizm infratuzilmasi obyektlarini
joylashtirish rejasini tasdiqlaydi, jumladan, uning tarkibida:
hududning sayyohlik salohiyatini va ekoturizmni rivojlantirish uchun mavjud sharoitlarni tahlil
qilish;
turizm xizmatlari infratuzilmalarini rejalashtirish;


turistik faoliyatining moliyaviy rejasini (mablag‘lar jalb etish va moliyalashtirish
mexanizmlarini) ishlab chiqish;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning tashrif buyurish tartibini ishlab chiqish.
16. Vakolatli davlat organiga tadbirkorlik subyektlarining suv omborlarining suvni muhofaza
qilish zonalari doirasida sayyohlik infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha murojaatlarini o‘rganish
asosida Turizm va sport vazirligi takliflar yuboradi.
17. Uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki ma’lumotga
xulosa berish uchun va tegishli yer uchastkalari bo‘yicha quyidagi mazmundagi hujjatlarni
yuboradi:
yer uchastkasiga oid qisqacha ma’lumot, jumladan, maydon (gektarda), yer uchastkasiga
tegishli yer fondining kategoriyasi, mavjud qiyinchiliklar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi,
bonitet balli va boshqalar;
yer uchastkasi chegara va manzil ko‘rsatilgan holda mavjud bo‘lmasa — Google xaritada M
1:500 dan M 1:1000 gacha kenglikda (aholi punkti, ko‘chalar — aholi punktida joylashgan suv ombori,
ko‘chalar mavjud bo‘lmagan holatlarda obyektdan metrda masofa ko‘rsatiladi) topografik xaritada
yer uchastkasining joylashtirish rejasi (koordinat nuqtalari bilan);
taklif qilinayotgan yer uchastkalarining foydalanish turlarini ko‘rsatgan holda situatsion
sxema;
yer uchastkasi fotosuratlari (15 x 20 sm) kamida ikki tomondan atrofdagi obyektlar bilan
birgalikda.
18. Yer uchastkalari ma’lumotlari kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida vakolatli
tashkilotlar kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli xulosa beradi.
19. Vakolatli tashkilotlarning xulosalari vakolatli tashkilot tomonidan raqamli elektron imzo
bilan tasdiqlangan yoki xulosaning nusxasi elektron shaklda vakolatli davlat organiga
“YERELEKTRON” AAT orqali yuboriladi.
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy tarzda berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada shahar qurilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa
norma, qoidalarga rioya qilish bo‘yicha yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara asosida egalik
qiluvchiga talablar bayon qilinadi.
Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yer ajratishning
imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari ko‘rsatiladi.
20. Kelishilgan ma’lumotlar tegishli yer uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilotning elektron
raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali “YERELEKTRON” AATda amalga oshiriladi.
Kelishuv hech qanday izohsiz va qo‘shimcha shartsiz amalga oshiriladi.
Qabul qilish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organiga “YERELEKTRON” AAT orqali
vakolatli tashkilotning raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan xati yoki xulosa xatining nusxasi,
yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari qonunchilikning aniq normalarini
ko‘rsatgan holda yuboriladi.
21. Ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatib o‘tilgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallar
yuzasidan tegishli qaror yoki xulosa o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, materiallar uchun ijobiy
xulosa berildi deb hisoblanadi va ularning qarori ijobiy hisoblanadi. Shuning uchun yer uchastkalari
bo‘yicha materiallarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha biriktirilgan mas’ullar o‘z vaqtida ko‘rib
chiqib xulosa taqdim etmasa, shu vakolatli tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgar
hisoblanadi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish