Amaldagi versiyaga o‘tish


rivojlantirishning maqsadi va vazifalari



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
7. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etishdan
maqsad turizm xizmatlari doirasini kengaytirish, investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish,
respublika suv omborlari doirasida dam olish uchun tegishli infratuzilmani rivojlantirish
hisoblanadi.
8. Quyidagilar suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni
rivojlantirish vazifalari hisoblanadi:
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida turizm faoliyati subyektlarining o‘zaro
hamkorligini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan turizm
infratuzilmasini rivojlantirish, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, suvenir ishlab chiqarish bo‘yicha
tegishli tarmoqlarni rivojlantirishga ko‘maklashish;
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida
mahalliy ijro etuvchi organlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ilmiy va ta’lim
muassasalarining axborot almashuvi va biznesni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish;
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasiga
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
turizm xizmatlari diversifikatsiyasi va turizm mahsulotining yangi turlarini yaratish;
ekologik va ijtimoiy-madaniy xususiyatli salbiy oqibatlarni kamaytirish, atrof-muhitning
ekologik barqarorligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash.
9. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish
sohasida vakolatli davlat organining asosiy vazifalari quyidagilardir:
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik subyektlarining
qiziqishini oshirish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga jalb qilish;


suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik subyektlarining
faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan va boshqa yordam olishda ko‘maklashish;
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida taqdim etilayotgan xizmatlar,
turizm salohiyatini yuksaltirish xamda ekoturizm jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni
amalga oshirish.
10. Vakolatli davlat organi quyidagilar uchun mas’ul:
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yuritish uchun shart-sharoitlar
yaratishga ko‘maklashish;
tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibi va tabiiy muhitni saqlashga
yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rish.
11. Imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari
doirasida quyidagi turizm xizmati turlari tashkil etiladi:
ekoturlar (ilmiy, sarguzasht va boshqalar);
havaskorlar uchun baliq ovi;
qayiqda suzish, suv sayohati;
suv omborlari dambalari ustida ko‘rish maydonchalari tashkil qilish va tegishli xizmat turini
taqdim qilish va xavfsizlikni ta’minlash;
kemada sayohat;
yaxting;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining hududiy boshqarmalari (keyingi
o‘rinlarda — Vazirlik) bilan kelishilgan xolda turizm xizmatlarining boshqa turlari.
12. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilishda
madaniy-sport tadbirlari, umumiy ovqatlanish xizmatlari, plyajdagi dam olish va boshqa xizmatlar
tashkil qilinishi mumkin.
13. Tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni
ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar qaroriga binoan suv ombori hududi quyidagi
zonalarga bo‘linishi mumkin:
suv xo‘jaligi obyektlaridan tashqari qirg‘oqbo‘yi chiziqlarda qurilishning har qanday turini olib
borish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning u erda bo‘lishi taqiqlangan, qat’iy muhofaza
qilinadigan;
kichik guruhlarda va mas’ul shaxslar hamrohida bo‘lgan turistlarga ruxsat etilgan foydalanishi
cheklangan;
turistlarning bo‘lishi va tabiiy muhitga mos keladigan tadbirkorlik faoliyati ruxsat etilgan
o‘rtamiyona rejim;
turist va tadbirkorlik faoliyati faolligi cheklanmagan holda intensiv foydalanish.
14. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasidan foydalanish rejimi vakolatli
davlat organi tomonidan mazkur hududlarda tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirishni istagan
tadbirkorlik subyektlariga yetkaziladi, shuningdek, rasmiy veb-saytga joylashtiriladi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish