Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Loyihalarni amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish maqsadida



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

3-bob. Loyihalarni amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish maqsadida
auksionga qo‘yish uchun tegishli materiallarni tayyorlash tartibi
11. Loyiha hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng “Xavfsiz
daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish
uchun tegishli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi.
12. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallarni
tayyorlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
loyihaning minimal qiymatini aniqlash;
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qo‘yish
to‘g‘risida “Xavfsiz daryo” DUK direktori buyrug‘ini ishlab chiqish;
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun boshqa zarur hujjatlarni
tayyorlash.
13. Loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati loyiha hujjatlarini ishlab chiqish,
davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish, loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish,
shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini daryo o‘zanlarini tozalash ishlariga jalb qilish bilan bog‘liq
xarajatlardan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
N = (L + E + M) x S, bunda:
N — loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati;
L — loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar;
E — loyiha hujjatlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishga sarflanadigan
mablag‘lar;
M — loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish bilan bog‘liq xarajatlar, bunda ushbu
qiymat loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qo‘yish kunida amalda bo‘lgan mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdorining 100 baravarida belgilanadi;
S — qo‘shilgan qiymat solig‘i, S= 1,15.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi uchastkalarda loyihani amalga oshirish
huquqining minimal qiymatini hisoblashda 0,1 pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
14. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qo‘yish
to‘g‘risidagi buyruq “Xavfsiz daryo” DUK direktori tomonidan imzolanadi va unda quyidagilar
ko‘rsatiladi:
loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qo‘yish uchun asos;
loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;
loyihaning o‘ziga xos raqami, uni amalga oshirish joyi va muddati;


loyiha bo‘yicha qum-shag‘al zaxirasining hajmi;
loyihaning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi);
loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan, davlat ekologik
ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi to‘g‘risida axborot.
15. Loyiha hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng “Xavfsiz
daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida operatorga loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya
qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani (keyingi o‘rinlarda — buyurtma)
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
16. Buyurtma “Xavfsiz daryo” DUK direktorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi va
operatorga yuboriladi.
17. Buyurtmaga quyidagilar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
a) “Xavfsiz daryo” DUK direktorining loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya
qilish uchun auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
b) daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini olib borish bo‘yicha
tayyorlangan loyiha annotatsiyasi;
v) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
g) “Xavfsiz daryo” DUK va auksion g‘olibi bilan tuziladigan shartnoma loyihasi;
d) google xaritada loyihani amalga oshirish joyi (koordinatali nuqtalari bilan);
e) loyihani amalga oshirish joyining fotosurati (15x20 sm).
18. Buyurtmaga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova
qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator buyurtmani olgandan
so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni
ko‘rsatgan holda “Xavfsiz daryo” DUKga qaytaradi.
“Xavfsiz daryo” DUK operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni besh ish kuni
mobaynida bartaraf etib, buyurtmani mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiq takroran
operatorga yuboradi.
19. “Xavfsiz daryo” DUK taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 17-bandi talablariga
muvofiqligi yuzasidan operator tasdig‘idan so‘ng:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida loyihani amalga oshirish huquqi auksionga
qo‘yilishi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga
loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qo‘yilishi haqidagi axborotni yuboradi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tadbirkorlik
subyektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan,
“Xavfsiz daryo” DUKdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma
joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi manziliga tayangan holda, o‘z rasmiy veb-
saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
21. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni elektron savdo platformasida realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish