Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Yer uchastkasidan uzoq muddatli foydalanish huquqini elektron onlayn-auksionda



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

4-bob. Yer uchastkasidan uzoq muddatli foydalanish huquqini elektron onlayn-auksionda
realizatsiya qilish tartibi
22. Barcha vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosasi yoki kelishuvi olingandan so‘ng vakolatli
davlat organi ikki ish kunida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-
auksionda realizatsiya qilish materiallari tayyorlanishini ta’minlaydi.
23. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda
realizatsiya qilish to‘g‘risidagi vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan qarorda


quyidagilar ko‘rsatib o‘tiladi:
yer uchastkasining joylashgan joyi;
yer uchastkasining maydoni (gektarda);
yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;
yer uchastkasi uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori;
auksion shakli;
yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga oluvchining majburiyatlari, shu jumladan, vakolatli
tashkilotlar xulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek, ajratilgan yer uchastkasida
obyektlar va inshootlar qurish muddatlariga oid talablar;
yer uchastkasi bo‘yicha mavjud cheklovlar;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
24. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda
realizatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan,
vakolatli davlat organi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yer uchastkasini uzoq
muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish yuzasidan auksion
tashkil qilish to‘g‘risida operatorga elektron buyurtma beradi.
Buyurtma vakolatli davlat organi mas’ul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlanadi va “YERELEKTRON” AAT yordamida operatorga yuboriladi.
25. Buyurtmaga elektron (skaner qilingan) shaklda quyidagilar ilova qilinadi:
a) yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda
realizatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror;
b) yer uchastkasi to‘g‘risida qisqa ma’lumot, jumladan, uning maydoni (gektarda), maqsadi,
mavjud cheklovlar va boshqalar;
v) chegaralari ko‘rsatilgan xolda yer maydonining joylashtirish rejasi;
g) yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20
sm);
d) vakolatli tashkilotlarning xulosalari;
e) yer uchastkasining tavsifi, shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish tartibi va shartlari
ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
26. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ilova
qilinmagan bo‘lsa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, operator buyurtma kelib
tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf
etish uchun buyurtmani vakolatli davlat organiga qaytaradi.
Vakolatli davlat organi ikki kun muddatda operator tomonidan ko‘rsatilgan barcha
kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq elektron shakldagi
buyurtmani takroran yuboradi.
27. Vakolatli davlat organi buyurtma berish bilan birga:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga
olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatadi;
“YERELEKTRON” AAT orqali tuman/shahar hokimligiga, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasiga va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga ushbu Nizomning 25-
bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, yer uchastkasi ajratilishi to‘g‘risida
buyurtma berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yuboradi.
Tuman/shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarni auksionga keng jalb qilish
choralarini ko‘radi, jumladan, vakolatli davlat organidan olgan hujjatlarini va ma’lumotlarini
majburiy tarzda veb-saytiga auksionda qatnashishga buyurtmalar joylashtiriladigan internet jahon
axborot tarmog‘ini havola qilgan holda joylashtiradi.


28. Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari
doirasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish