bug'lari ko‘tarilib, suv tarkibidagi barcha turli xil moddalar okeanda qoladi.
O keandan qanch a m iqdorda suv bug‘lansa, uning o ‘rniga shuncha
miqdordagi suv qo'shiladi. Daryolar o 'z suvlarini okeanlarga quyadi,
yog'inlar yog'adi va boshqalar hisobiga okeanlar suvi qayta tiklanadi.
Suvning quruqlikdan okeanga tushishining birinchi yo'li atmosfera or
qali qaytishidir. Bunda quruqlik yuzasidan ko'tarilgan suv bug'lari
bulut-
lar hosil qiladi, ularning ustiga haydab keladi va okean ustiga yog'in
yog'adi.
Suv okeanga qaytib kelishining ikkinchi usuli daryolardan oqib kelishidir.
Eriyotgan muzliklar, ko'llar,
katta-kichik ariqlar, buloqlar suvini daryo
lar yig'ib dengizlarga quyadi.
Okeanga quruqlikdan suvning qaytib kelishining uchinchi yo'li yer
ostidan oqib kelishidir. Yerga chuqur singib ketgan suvlar yer yuziga
chiqmay, yer ostidan okean va dengizlarga borib tushadi.
Okean va dengizlarga kelib tushgan suv yana bug'lanib, yog'in quruq-
likka borishi mumkin. Dunyoda ana shunday holda suv okean — atm os
fera, quruqlik - okean kabi tartibda aylanib turadi.
Suvning ana shunday
holatda dunyoda aylanib turishini suvning dunyoda aylanib yurishi deyila
di. Dunyoda suvning bu holda aylanib yurishi yerdagi tabiatni muvozanat -
da saqlab turadi.
Yer yuzasidan har yili 520 ming kv. kub suv bug'lanib, bug'ga aylanib
yuqoriga ko'tariladi va to'yinib kondensiyalanib, yog'in bo'lib
yana yerga
tushadi. Yer yuzasiga tushadigan o'rtacha yog'inning miqdori 1015 mm
(520 ming km kub) ni tashkil etadi.
K atta suv aylanishi
Suvning to'xtovsiz aylanishi "natijasida dunyo okeanining suvi 2 60 0-
3000
yilda bir marta, ko'l suvlari 10 yilda bir marta, daryo suvlari esa
57
o ‘rtacha 12 sutkada yangilanib turadi. Yer sharida suvning aylanib yurishi 3
turga bo‘linadi. Namlik okean ustiga yog‘ib yana bug'lanib okeanga tusha-di.
Bunga suvning kichik aylanish deyiladi. M a’lumki, hududga yoqqan
yog‘inning bir qismi shu yerda bug‘lanib ketadi,
bir qismi daryolarga
quyiladi va yerga singib ketadi. Bu materik ichkarisida suvning aylanib
yurishi deyiladi.
Suvning kichik aylanish bilan materik ichkarisida suvning aylanib yurishi
qo‘shilsa, suvning katta aylanishi hosil bo'ladi. Masalan, Markaziy Osiyo-
da Kaspiy yuzasidan bug‘langan suvning bir qismi Markaziy Osiyo toglariga
yetib keladi va Sirdaryo hamda Amudaryoni suv bilan ta ’minlab turadi.
Bu daryolar Orol
dengiziga quyiladi, bu dengizda suv yana bug‘lanadi va
shu tariqa aylanib yuradi.
Suvning to ‘xtovsiz aylanib yurishi yeming geografik qobig‘i, ayniqsa,
undagi oiganik hayot uchun juda katta ahamiyatga ega; suvning aylanishida
modda va energiyaning aylanishi vujudga keladi, organik dunyo rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: