I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Botqoqliklar. 
Yer ustida namgarchilikka moslashgan o'simliklar o'sib 
yotadigan o'ta zax yerlar botqoqliklar deb ataladi. Botqoqliklarning hosil 
bo'lishi uchun relyef tekis bo'lishi; a) kelgan suvga nisbatan bug'lanish 
kam bo'lishi, b) suv o'tkazmaydigan qatlam yer yuzasiga yaqin joyla- 
shishi lozim. Botqoqliklar ko'l tagiga qum loyqalari cho'kib, uning sayoz- 
lanishidan ham hosil bo'lishi mumkin.
B otqoqliklarda qam ish, savagich, qug'a, qiyoq, mox va boshqa 
o 'sim liklar o'sadi. Botqoqliklar asosan Shim oliy zonada joylashgan 
hududlarda:Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Boltiq bo'yi mamlakatlarida 
uchraydi. Ana shunday yuqorida nomi zikr qilingan mamlakatlarda 2,5 
mln. kv m etr yerni botqoqliklar egallaydi, yoki umumiy maydonining
52


10 %i demakdir. Markaziy Osiyoda botqoqliklar faqat Amudaryo, Sirdar- 
yoning quyi qismlarida uchraydi.
G ‘arbiy Sibir tekisligining 70 % maydoni botqoqlashgan bo‘lsa, Ros- 
siya tekisligining miqdori shimolda 20—50 %, Kareliya va Kola yarim orolida 
esa 30 % ga yetadi. Botqoqli yerlar torf zahirasiga boy bo'lib xalq xo'jaligida 
muhim ahamiyatga egadir.
Ko‘llar. 
Quruqlikning suvga to ig a n va dengiz bilan bevosita tutash- 
magan chuqurliklariga ko‘llar deyiladi.
Yer sharidagi ko'llarning maydoni 2,7 million kv km bo‘lib, ularning 
butun quruqlik maydonining 1,8 % ni ishg‘ol etadi.
K o ilar bir necha xil bo ‘ladi:
1. Tektonik ko‘llar, bularga Kasbiy, Baykal, Buyuk ko‘llar, Onega, 
Ladoga, lssiqko‘l, Orol, Balxash ko‘llari misol bo'ladi. Tektonik yo‘l bilan 
paydo bo'lgan ko'llar juda katta va chuqur bo'ladi. Darhaqiqat, Kasbiy 
ko'lining maydoni 371 ming kv km bo'lib dunyodagi eng katta ko'l hiso­
blanadi. Baykal ko'li dunyodagi eng chuqur ko'l bo'lib, uning chuqurligi 
1620m.
2. Uchgan vulqon konuslari suv bilan to'lganda ham ko'llar vujudga 
keladi. Kamchatka yarim orolidagi Kronoki ko'li xuddi shunday yo'l bilan 
paydo bo'lgan.
3. T o'g'on ko'llar katlavanasi tog' qulab tushib, daryo vodiysini to'sib 
qo'yishidan hosil bo'ladi. Bunday ko'llarga Pomirdagi Sarez ko'li (chu­
qurligi 505 m), Zurko'l, Yashilko'l misol bo'ladi.
4. Morena ko'llari. Asosan antropogen davrda materikning muzliklari 
ta ’sirida paydo bo'lgan chuqurliklarning suv bilan to'lishidan hosil bo'lgan 
bu xildagi ko'llarga Skandinaviya va Taymir yarim orollaridagi, Seliter, 
Ilmen, Pskov, Tyupozero ko'llari kiradi.
5.Karet ko'llari.Ohak, gips kabi suvda tez eriydigan jinslar tarqalgan 
yerlarda vujudga keladi. Suv jinslarni eritib, konus yoki voronkasimon 
chuqurliklar hosil qiladi, so'ngra ular suv bilan to'lib ko'lga aylanadi. 
Bunday ko'llar Qrim Yarim oroli va Shimoliy Kavkazda uchraydi.
6. Ba’zi ko'llar tekislikda oqadigan daryolarning eski o'zanlarida ham 
vujudga keladi. Bunday qoldiq ko'llar Amazonka,, Missisipi, Volga, 
Amudaryo va Sirdaryo kabi daryo vodiylarda juda ko'p.
7. Daryo etagini dengiz suvi bosishi, so'ngra daryoning quyilar yerida 
qum tili orqali Limanning dengizdan ajralib qolishi tufayli vujudga keladigan 
liman ko'llari. Masalan, Qora va Azov dengizining past qirg'oqlarida hosil 
bo'lgan Hojibiy, Kuyangik, Yes kabi liiia n ko'llari mavjud.
8. Kishilar vujudga keltirgan sun’iy ko'llar suv omborlari antropogen 
ko'llar deyiladi. Bu xildagi ko'llarga Kariba, Asvon, Bratsk, Qayroqqum,
53


Chordara, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Quyimozor, Uchqizil, Janubiy Surxon, 
Pachkamar, Tuyabo‘g‘iz (Toshkent dengizi) va boshqa suv omborlari misol 
bo‘la oladi.
Suv almashinish xarakteriga qarab ko'llar oqar va oqmas ko'llarga 
bo ‘linadi. Agar ko‘ldan suv oqib chiqsa oqar ko‘l deb ataladi. Bunday 
ko'lning suvi chuchuk bo'ladi. Baykal, Onega, Antario, Viktoriya, Ilmen, 
Jeneva, Sarez ko'llari, Zurko‘l, Yashilko‘l oqar ko'llarga kiradi, aksin- 
cha, ko'lga daryo quyilsa-yu, lekin undan suv chiqmasa, oqmas ko'l deb 
ataladi. Kaspiy, Orol, Issiqko'l, Balxash, Sariqamish va boshqalar oqmas 
ko'llarga misol bo'la oladi. K o'llar yog'inlardan, daryolardan, yer osti 
suvlaridan to'yinadi.
Suvning minerallashish darajasiga qarab, ko'llar chuchuk, sho'rtang 
va sho'r (mineral) ko'llarga bo'linadi. Agar suvning sho'rligi 0,3 % dan 
kam bo'lsa, u chuchuk ko'l deyiladi, bunday ko'llatga Baykal, Onega, 
Ladoga, Sevan, Sarez ko'llari kiradi.
Suvning tarkibida tuzlarning miqdori 0,3 % dan 24 % gacha bo'lsa, 
bunday ko'l sho'rtang ko'l deyiladi. Bunday ko'llarga Kaspiy, Orol, Issiqko'l, 
Sariqamish ko'llari kiradi. Nihoyat suvi tarkibida tuzlarning miqdori 27 % 
dan ortiq bo'lsa, u sho'r ko'l deyiladi. Bunday ko'llarga O'lik dengiz, 
Elton, Bosqunchoq ko'llari kiradi.
K o'llar xo'jalikda katta ahamiyatga ega. Ulardan qadim zamonlardan 
beri kishilar baliq ovlashda foydalanib kelmoqdalar. Ko'llardan tuz olish- 
da, davolanishda, dalalarni sug'orish, shahar va qishloq aholisini, zavod 
va fabrikalarni suv bilan ta ’minlashda foydalaniladi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish