Yer osti suvlari.
Ichimlik suvlarining asosiy qismini yer osti suvlari
tashkil etadi. Respublika hududining geologik tuzilishi har xil bo'lganligi
sababli yer osti suvlarining zahiralari ham bir tekis taqsimlanmagan.
Amudaryo bo'ylaridagi yer osti suvlarining zahirasi 8,0 km bo'lib, shun
dan 3,13 km3 minerallashgan suvlar (lg/1) Sirdaryo bo'ylaridagi zahira suv
lar miqdori 11,04.km3 bo'lib, shundan ko'pchiligi ya’ni 10,4 km minerallash
gan suvlar (1 litr suvda 1 gramm mineral tuziar) hisoblanadi.
Hammasi bo'lib respublika hududida 19,04 km 3 yer osti suvlari bo'lib
shundan 11,53 km 3 ichimlik suvidir.
Katta shaharlarda, jum ladan, Toshkent shahrining suvga bo'lgan tala-
bining 40 % i yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda. Ammo keyingi
vaqtlarda Toshkent, Farg'ona, Zarafshon va shu kabi yirik shaharlardagi
korxonalaming ham da neft mahsulotlari kimyoviy tog' sanoati chiqindilari
bilan yer osti suvlarining ifloslanishi borgan sari katta xavf tug'dirmoqda.
S u g 'o rilad ig an y erlarda esa yer osti suvlari sh o 'rla n ib , ifloslanib
bormoqdaki, bunday suvlar bilan hattoki qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish
ham xavfli bo'lmoqda.
Suvning organik hayotdagi va kishilik jamiyatidagi ahamiyati.
Suv tirik
organizmlar uchun eng muhim bo'lib, uning rolini mashhur fransuz yo-
zuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi quyidagicha ta ’riflaydi: “ Suv. Sening
na ta ’ming, na ranging va na hiding bor, shu boisdan seni ta ’riflash juda
qiyin, seni qandayligingni bilmay, sendan bahramand bo'lib, rohatlanamiz,
seni hayot uchun zarur deyish mumkin emas. Sen o'zing hayotsan.Sen bu
dunyodagi eng katta va qimmatB'aho boyliksan". Kishilik jamiyatida suv-
59
ning o ‘rnini bosadigan boshqa resurs yo‘q. Agar ko‘mir, neft, gaz kabi
yoqilg‘ilarni olsak, ularning biri ikkinchisining o ‘rnini bosa oladi, bu
yoqilg‘ilar kamaysa, uning o ‘rnini atom, term oyadro yoki quyosh energi
yasi, gidroenergiya qoplashi mumkin. Lekin hozircha suvning o ‘rnini qop-
lay oladigan boshqa resurs yo‘q. Suv geografik qobiqdagi barcha jarayon-
larda ishtirok etadi. U yer yuzidagi modda va energiya aylanishida qat-
nashadi.
Fotosinez jarayonida yiliga 4,6x1071 tonna kislorod ajratib chiqarishda
2,25 x 10“ tonna suvdan foydalaniladi.
Yer kurrasidagi suv qatlami sayyoramizdagi term ik rejimni tartibga
solib turadi. Okean va dengizlardagi suvlar quyoshdan kelayotgan issiqlik
ni to ‘plab, qishda uning atrofmi juda ham sovib ketishdan saqlab turadi.
Atmosferadagi suv bug‘lari esa quyosh radiatsiyasiriing filtri hisoblanadi.
Suv yer yuzidagi iqlimga ham ta ’sir etadi. Okean va dengiz oqimlari
sayyoramizda quyosh issiqligini qayta taqsimlaydi. Oqimlar quyi kenglik-
dagi ortiqcha to'plangan issiqlikni o'rta va yuqori kengliklarga surib iqlimni
ancha yumshatadi. Bunga Golfstrem issiq oqimi misol bo'ladi.
Suv, ayniqsa, organizmlarning yashashi uchun muhimdir. Yer yuzida
gi tirik organizmning suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki har qanday
o ‘simlik, hayvon va kishilaming hujayra va to'qim alarida m a’lum miqdorda
suv bor.
0 ‘simlik va hayvon organizmida suvning miqdori 50—89 %, sabzavot-
da esa 8 0 -8 5 % ga yetadi. G o ‘sht tarkibida 50 % bo‘lsa, sutda 8 7 -8 9
%
bo'ladi. Inson vaznining 70 % suvdan iborat. Uch kunlik bola badanining
97 % ini suv tashkil etadi. Shu sababli inson ovqatsiz bir oy yashasa,
suvsiz bir necha kun yashashi mumkin. Agar inson badanidagi suvning
12 % yo‘qolsa u halok bo'ladi. Ulardan tashqari suv organizm uchun
termoregulyator vazifasini bajaradi. Shu sababli bir kishi sutkada havo
haroratiga qarab 2,4—4 litrdan (past haroratda) 6—6,5 litrgacha (ochiq
havoda 40 °C bo'lganda) suv iste’mol qiladi. Suv inson uchun, ayniqsa,
shaxsiy gigiyenasi uchun ham zarurdir. Har bir kishi o ‘rtacha shaxsiy
gigienasi va maishiy kommunaf zaruriyatlari uchun sutkada 150—200 litr
suv ishlatadi. Suvning sanoat ishlab chiqarishdagi roli, ayniqsa, katta. Chunki
sanoatning biror tarm og‘i yo‘qki suv ishlatilmasa. Suv qishloq xo‘jaligi
uchun juda muhimdir. Chunki. masalan, bir tonna bug‘doy yetishtirish
uchun 1500 litr, jo ‘xori yetishtirish uchun 2500—3 mln. litr, sholi yetish
tirish uchun 20 mln. litr, 1 tonna paxta yetishtirish uchun esa 12—20
ming m kub suv sarflanadi.
Suv insonning hordiq chiqarish obyekti sifatida rekreatsion ahamiyat
ga ega.
60
Suvning tirik organizm lar uchun yuqoridagi aytilgan ahamiyatidan
tashqari u energiya manbayi, transport vositasi, ommaviy sport ishlarida
ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |