Yer po‘sti va litosferaning tuzilishi
A .K o n tin e n ta l (m aterik tip li) Y er po'sti,: 1 - c h o 'k in d i jins, 2 - granitli -
m etam orfik jinslar, 3 - bazalt jins, 4 - yuqori m antiya, 5 - astinosfera. B. O kean
tip li Y er po'sti:
1 - o kean suvlari, 2 - c h o 'k in d i qatlam , 3 - bazalt qatlam , 4 - yuqori
m antiya, 5 — astinosfera.
64
Litosferaning cho'kindi jinslar orasida keng tarqalgan (A.B.Ronov) loy va
loyli slanets (50 %), qum va qumtosh (23,6 %), ohak, dolamit va boshqa
karbometli jinslar (23,49 %) dir.
Litosferaning kontinental qismining tashqi ko'rinishi (relyefi)ni tashkil
etuvchi tog‘lar, yassi tog‘lar, qirlar, tekisliklar, botiqlar yaxshi o ‘rganilgan.
Lekin okean qismining relyefi hali yetarli o ‘rganilgan emas.
Litosferaning kontinental va suv osti relyefi, uni tashkil etuvchi mineral-
lar, jinslar yer sharini uzoq davom etgan evolyutsiyasi ta ’sirida o ‘zining
birlamchi xususiyatini o ‘zgartirgan va bu o ‘zgarish ham on davom etmoqda.
Litosferadagi bu o ‘zgarishlar eng awalo yerning geologik jarayonlari ta’sirida
sodir bo'lgan.
Yerning ichki energiyasi natijasida litosferaning relyef shakllari vujudga
kelib, vulqonlar otilib, seysmik hodisalar ro‘y beradi. Aksincha, tashqi
energiya' m anbayi quyosh t a ’sirida sham ol, yog‘in, daryolar, tirik
mavjudotlar vujudga kelib, ular ta ’sirida m uzlar harakatlanadi, dengiz
to ‘lqinlari sodir bo'ladi. Yerning o ‘sha tashqi energiyasi ta ’sirida vujudga
kelgan omillar esa litosfera yuzasini nuratib, yuvib, oqizib, uchirib, eri-
tib uni tekislaydi, silliqlaydi.
Bu ikki energiyaning o'zaro ta ’sirida litosferaning hozirgi relyef shakl
lari vujudga kelgan.
Tabiat va insoniyat hayotida tuproqning roli.
Tuproq tabiatning eng
m uhim boyligi bo'lib, yer po'stining eng muhim ustki g'ovak, unum dor
qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferaning uzoq vaqt bir-
biri bilan bog'liq holda sodir bo'lgan fizik, kimyoviy va biologik jarayon
lar natijasida hosil bo'lgan.
Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera o'rtasida o'zaro
aloqasi ham ro'y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko'tarilgan chang-
to 'zonlar atmosferaga o'tib havoning tiniqligiga ta ’sir etadi.
Yer yuzasiga kelayotgan yorug'lik energiyasi ta ’sirini susaytiradi,
yog'inlarning hosil bo'lishiga ham ta ’sir etadi.Tabiatda m oddalarning
almashinuvida (tuproq-o'sim lik-tuproq) tuproq ham ishtirok etadi. Uni
V.T.Vilyams biologik (kichik) modda almashinuvi deb atagan. Ana shu
jarayonlar tufayli tuproqning unum dorlik xususiyati doim o saqlanib
turadi.Tuproq eng aw alo o'simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga
murakkab ekologik sistema (biogeotsenoz)ni hosil qiladi va sayyoramiz
biosferasida hayotning yash^shini ta ’minlashdek muhim vazifani bajaradi.
Tuproqning kishilik jamiyatidagi muhim ahamiyati shundaki, u o'z-
o'zini tozalash xususiyati mavjudligi tufayli tabiatdagi iflos moddalami
biologik yo'l bilan o'ziga singdiruvchanlik (adsorbmen), tozalovchilik (pu-
rifaratov) va neytrallashtiruvchi xususiyatiga ega. Tuproq quruqlikdagi har
qanday organik m oddalar qoldiqlarini minerallashtiruvchi muhim vosita
hamdir. Inson o'zi uchun zarur b o ‘lgan ozuqa resurslarini, kiyim-boshni
tuproqdan oladi. Chunki tuproq qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan asosiy
manbadir. Inson o'zining yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-ovqat mah-
sulotining 88 %ni tuproqdan, 10 % ini o'rm on-o'tloqlardan, 2 % ini
okeandan olm oqd a.’H ozir Yer yuzidagi (L.I.Kurakov 1983) quruqlik-
ning 13 % ini (1,9 mlrd gektari) haydab ekin ekiladigan yerlar tashkil
qilib, dunyoda jon boshiga o'rtacha 0,5 ga haydaladigan Yer to'g'ri keladi.
Kelajakda Yer kurrasida ilg'or agrotexnikani qo'llash va texnikadan ko'p
foydalanish natijasida haydaladigan Yer maydonini 9,33 mlrdga yetka-
zish mumkin. Chunki faqat Janubiy Amerikada hozir umumiy yer m ay
donining 5 % dangina qishloq xo'jaligida foydalanilmoqda. Vaholanki, bu
materiklaming qishloq xo'jalikka yaroqli maydoni hududning 25 % ini ishg'ol
qiladi. Yoki Afrikada jon boshiga qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar 12 % ga
to'g'ri kelsa, hozir shundan faqat 1 gektari haydaladigan yerga to'g'ri
keladi, xolos. Dunyoda ekin ekiladigan maydonning 14 %i sug'oriladigan
yerlarga to'g'ri keladi.
1997-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston respublikasining yer
maydoni 44,5 mln. gektarni tashkil etib, shundan 62 %, yani 26985 ming
gektarga yaqini qishloq xo'jaligida foydalanadigan yerlardir. Shular orasida
eng qimmatlisi sug'oriladigan yerlar bo'lib, qishloq xo'jalik yerlarining
15 % ini tashkil etadi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqariladigan umumiy
mahsulotning 95 % ini beradi.
Hozirgi kunda sug'oriladigan yerlaming 46,8 %i sho'rlagan bo'lib, shun
dan 25,2 % i kuchsiz, 15 % i o 'rta kuchsiz va 6,6 % i kuchli sho'rlagan
yerlardir. Sug'oriladigan yerlar sifati tuproq bannitet bali bilan baholanadi
(100 ball shkalasi asosida). Qoraqalpog'iston respublikasi yer bannitet ballari
41, Sirdaryo viloyati 52, Jizzax ya Qashqadaryo viloyatlari 54, Buxoro va
Navoiy viloyatlari 59, Nam angan, Farg'ona 64, Andijon 65, Samarqand
va Toshkent viloyatlari 66, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari 68 ball
bilan baholanadi.
Respublika bo'yicha o'rtacha 59 ballni tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda
lalmikor yerlar (Sug'orilmaydigan) 800 ming gektarni tashkil etib, ular
asosan tog‘oldi mintaqalarini egallaydi.
Hozirgi kunda hosildorligi pasaygan, degradatsiyaga uchragan yaylov-
larni izen, teresken, chogon, shuvoq, saksovul va shu kabi o'simliklarni
ekish yo'li bilan ularning mahsuldorligini 2—3 barobargacha oshirish mum-
kinligi asoslangan.
O 'zbekiston F anlar akademiyasiga qarashli Botanika institutining
m a’lumotiga qaraganda, birgina Navoiy viloyati yaylovlarining (yaylov
66
maydoni 13 mln. gektar) umumiy ozuqa zahirasi 30 mln. sentnem i tashkil
etadi yoki bu yaylovlarda 4 mln. tagacha qo‘y boqish imkoniyati bor.
Cho‘l mintaqasida boqiladigan hayvonlardan tashqari Qizilqum, Ustyurt
yowoyi qo ‘ylari, jayronlar, sayg‘oqlar, yirtqich hayvonlardan bo'rilar,
shaqollar, tulkilar ham yashaydi. Biroq bu hayvonlaming ko'pchiligi (jayron
lar, sayg‘oqlar, qizilqum, ustyurt yowoyi qo'ylari) son jihatidan kama
yib ketganligi sababli ular 0 ‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan va
ularni ov qilish m an etilgan. 0 ‘zbekiston hududida 2776 ming gektar
(1998-yil 1-yanvargacha) o'rm onlar mavjud.
Qum li ch o 'llard a o 'rm on lar hosil qiluvchi o'sim liklarga saksovul,
q a n d im , c h e rk e z , x o lg 'u n va shu kabi q u m d a o 'su v c h i b u ta la r
kiradi.Ularning umumiy maydoni 2655 ming gektar.Tog'li m intaqada esa
Zarafshon archasi, pista, zarang, o 'rm on hosil qilishda asosiy o ‘rinni
egallab, bu o'rm onlam ing maydoni 280,3 ming gektarga teng.
Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon va Ohangaron daryolari
bo‘yidagi to ‘qayzorlar 30,9 ming gektami egallaydi. Bu yerlarda tollar,
yulg'unlar, chakandalar, yowoyi jiydalar va shu kabilar o'sadi.
Bu m intaqada yog‘inlaming o'rtacha yillik miqdori 300—500 mm gek
targa teng. Respublikada 22 mln. gektar yaylovlar mavjud bo'lib, shundan
19,6 mln. gektari, ya’ni 88 % i suv bilan ta ’minlangan. Yaylovlarning 18
mln. gektari cho'l, 3,2 mln. gektari adirva 0,9 mln. gektari tog'oldi va tog'
mintaqasiga to 'g'ri keladi.
Respublika territoriyasining 4,4 % ga yaqini yoki 1,8 million gektar
sanoat obyektlari transport korxonalari va boshqa qurilishlarda foydalaniladi.
917 ming gektar maydonni aholi punktlari ishg'ol etadi. Insoniyat ta ’siri,
ayniqsa, sug'oriladigan yerlarda kuchli bo'lib, sug'orib ekin ekayotganda
ilg'or agrotexnika qoidalariga rioya qilinsa (sug'orish qoida m e’yorlariga
rioya qilish, o'g'itlarni m e’yorida solish, almashlab ekishni joriy qilish,
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va boshqalar), tuproqning hola
ti fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari yaxshilanib uning hosildorligi
ortib boradi. Hozir yer yuzasida sug'oriladigan yerlar maydoni 300 m il
lion gektami tashkil etadi. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, inson o'zining
xo'jalik faoliyati natijasida tuproqqa salbiy ta ’sir ko'rsatib, uning unum -
dorligini pasaytirib hosildor yerlarning kamayishiga sabab bo'lm oqda.
Shuningdek, tuproqdan noto'^'ri foydalanib, ilg'or agrotexnik qoidalarga
rioya qilinmasligi tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi. Sug'orish qoidasi va
m e’yoriga rioya qilinmaslik natijasida tuproq qayta sho'rlanadi. Mineral
o'g'itlardan noto'g'ri foydalanish va zaharli ximikatlarni ishlatish qoidasiga
rioya etmaslik natijasida tuproq kimyoviy m oddalar bilan zaharlanadi.
Almashlab ekishga e’tibor bermaslik tufayli tuproqda oziq moddalar miqdori
67
kamayadi, shamol eroziyasiga qarshi ihota o ‘rmonlari tashkil etilmasa,
tuproqning ustki hosildor qism i uchib ketadi. Y uqoridagi qoid alar
bajarilmasa, tuproq tezda ishdan chiqib, fizik, kimyoviy va biologik holati
yomonlashib, oriqlab “kasal“ bo'lib qoladi. Natijada “kasallangan" tup-
roqni tezlik bilan “tuzatib" hosildor yerga aylantirilmasa, u eroziyaga tez
uchrab hosilsiz tuproqqa aylanadi.
Fransuz olimi A.Gerrjning aytishicha, keyingi 100 yillar ichida yer
yuzida insonning tuproqqa ko'rsatayotgan salbiy ta ’siri natijasida 2 mlrd
gektar yer eroziyaga va defilyatsiyaga uchrab yaroqsiz tuproqqa aylanib
qoladi.
Hozir yer sharida eroziyaga uchragan, qayta sho'rlangan, qum bos-
gan, sanoat va tog'-kon sanoat chiqindilari bilan qoplangan yo'llar, kanal
lar, aero d ro m la r va b o sh q a y erlar m aydoni A .M .R yabchikovning
m a’lumotiga ko'ra 4,5—5 million km kub yerni ishg'ol qilib bu quruklik
yuzasining 3 % i ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |