mahsulotlari ishlab chiqarishni o`zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab
chiqarish,muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika
xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta`minlash uchun to`g`ridan-to`g`ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda
mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar muhim ahamiyatga ega.
Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun
mamlakat va chet el kapitalini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish,
transport-tranzit va ijtimoiy sohani
rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor
infratuzilmalarini tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Shu boisdan bugungi kunda
dunyoning aksariyat
davlatlari, xususan Xitoy, AQSH, Fransiya, Koreya Respublikasi,
Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududning geografik va boshqa
qulayliklaridan kelib chiqqan holda, maxsus iqtisodiy hududlarni (MIH) tashkil etish
an`anaga aylangan.
Iqtisodiy zonalarni tashkil qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining
Rivojlanishining 2017-2021-yillar uchun “Harakatlar strategiyasida” ham aytib o’tilgan.
Unga ko’ra :
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish
siyosatini davom
ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi
choralarni kengaytirish;
-faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari
samaradorligini
oshirish, yangilarini tashkil etish;
-yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat
zonalarini
tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va
xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal
rivojlantirish;
kabi erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishga doir strategiyalar belgilangan. Albatta
buning hammasi xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va
cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham
boy va kuchli bo’ladi” degan
tamoyilni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy
166
tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish,
tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyati davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish, sanoat korxonalari va
boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy
tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash
maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy
infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish kabi chora
tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir
munosabatlar esa 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy
zonalar
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Oliy Majlis
Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisida ma’qqullangan “Erkin iqtisodiy zonalar
to`grisida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirish va qoshimchalar kiritish
haqida’gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni esa amaldagi Qonunning erkin iqtisodiy
zonalarni
tashkil etish tartibi, ularning turlari, mazkur zonalar ishtirokchilariga qo`shimcha
imtiyoz va preferentsiyalar berish mexanizimini o`zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: