asr boshida jahonda 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion
guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib pirovardida milliy
va xalqaro tadbirkorlik strukturalari xizmat qiladi, ularning manfaatlari
quyidagi omillarga
qaratilgan:
- xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil qilish yo’li
bilan korxonalarning geografik faoliyat doirasini kengaytirish;
- sotish va transport sarflarini qisqartirish bilan tovarlar, xizmatlar, kapitallar, ishchi
kuchi xalqaro ayirboshlash yo’lida to’siqlarni bartaraf qilish asosida mintaqaviy bozorlarni
kamrash, tarif va notarif to’siqlarni yo’qotish, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish
hajmini, shuningdek assortimentini kengaytirish hisobiga mintaqaviy bozordagi o’rnini
mustahkamlash;
- mintaqa miqyosida va masshtab samarasi ustunliklarini amalga oshirishda xalqaro
mehnat taqsimotidan foydalanish yordamida ishlab chiqarishni
tarkibiy qayta qurish va
ratsionallashtirishga qiziqish;
- mintaqaviy guruhning barcha a’zo-mamlakatlari uchun davlat buyurtmalari milliy
bozorining ochilishi;
- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar kiritish
oqimining o’sishi;
- integratsion guruhga a’zo davlatlar kompaniyalari raqobatbardoshligini ITTKI
harajatlarini ko’paytirish
hisobiga mustahkamlash;
- integratsion guruhga a’zo davlatlarning muvofiqlashtirilgan tashqi iqtisodiy siyosati
evaziga noaniqlik tavakkalchiligini qisqartirish;
- milliy kompaniyalarni xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va xalqaro
korporatsiyalarni tashkil qilishga qiziqishi;
- bevosita xo’jalik
aloqalari, kooperatsiyalash va hamkorlikning boshqa shakllarini
rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;
- standartlarni unifikatsiyalash, soliqqa tortish
tartibini soddalashtirish, xalqaro
savdo-iqtisodiy muzokaralar sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish va sotish
harajatlarini qisqartirish;
54
- xalqaro ishlab chiqarish, savdo va investitsion oqimlarni kengaytirish yo’li
bilan
bandlik darajasini oshirish;
- korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish.
Yevropa Ittifoqi (YeI) ; Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi (NAFTA – AQSh,
Kanada, Meksika); Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN – Bruney,
Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Birma, Filippin, Singapur, Tailand, Vetnam);
MERKOSUR (Braziliya, Argentina, Paragvay, Urugvay) kabi yirik integratsion
birlashmalarning faoliyat yuritish natijalari milliy va xalqaro kompaniyalar manfaatiga
ko’ra integratsion jarayonlarning muayyan ketma-ketligi shakllanganligidan dalolat beradi.
Birinchi navbatda investitsiyalar (milliy rejimni kiritish muammolari, xalqaro
shartnomalarga kafolatlangan muvofiqlikni ta’minlash, investitsiyalarni milliylashtirishdan
ishonchli kafolatni ta’minlash) xizmatlar sohasi, savdo masalalari hal qilinardi.
Xalqaro savdoning jonlanishi, sotish
bozorlarining kengayishi, investitsiya oqimlarini
ko’paytirish ishlab chiqarishni qayta tashkil qilishni rag’batlantirdi. Bunda integratsion
jarayonlar xorijiy investitsiyalarning uchta afzalliklari – mulkni xarid qilish, ishlab
chiqarishni baynalminallashtirish va integratsion birlashmalar hududida korxonalarni
ratsional joylashishini amalga oshirishga yordam beradi.
Integratsion guruhda iqtisodiy aloqalarni rivojlanish intensivligini xalqaro menejer
o’z qo’l ostidagi statistik ma’lumotlarga qarab bir necha usullar bilan kuzatishi mumkin.
Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida
ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi.
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning boshqa
dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish.
- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar
firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar soni bilan taqqoslash.
Iqtisodiy integratsiya doirasida firmalarning birlashishiga ko’maklashuvchi
asosiy
omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ishlab chiqarish ko’lamining samarasi;
55
- texnologiyalarni o’zaro ayirboshlash;
- korxonalar joylashgan o’rni ustunliklaridan foydalanish (Shimoliy va
MarkaziyYevropada murakkab qismlarni ishlab chiqarish, Janubda esa arzon ishchi kuchi
tomonidan yig’ish yo’lga qo’yilgan);
- mahalliy iste’molchilarning talabini yanada to’laroq qondirish uchun mahsulot
assortimentini kengaytirish;
- ITTKI harajatlarini ko’paytirish
imkoniyatlari;
- transfert baholarni qo’llash (birinchi navbatda, turli davlatlarda moliya sharoitlari va
soliqlar farqlanuvchi tarmoqlarda);
- davlat buyurtmalarini olish;
- ITT imkoniyatlari o’sishi;
- yuk tashishlarni firma ichida taqsimlash hisobiga transport harajatlarini qisqartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: