Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
53
kuchiga bog‘liq. Shuning uchun ko‘p kishi yig‘iladigan yoki havosi gaz, chang, suv bug‘lari yoki
mikroorganizmlar bilan ifloslanadigan xonalarni tabiiy shamollatish kifoya qilmaydi.
Bunday
xollarda xonalarga sun’iy shamollatgich o‘rnatib, havoni yangilash kerak.
Sun’iy ventilyasiya
. Havosi chang, zaxarli va zararli moddalar bilan ifloslangan xonalarda,
shuningdek ortiqcha issiqlik yoki namlik bor manbalar bor xonalarda xamda odam ko‘p bo‘lgan
xonalarda tabiiy yo‘l bilan shamollatish kifoya qilmaydi. Shunday xollarda xonalarni sun’iy yo‘l
bilan shamollatadigan uskunalar o‘rnatiladi. Sun’iy yo‘l bilan shamollatish tashqi havo
temperaturasi va havo xarakat tezligining o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Ventilyasiya
sistemasining havo o‘tadigan yo‘llarida havo mexanik yo‘l bilan (ventilyatorlar) yoki issiqlik ta’siri
bilan (havoni tortuvchi kanalda isitish) xarakatlanadi. Mexanik ventilyasiya
olib keluvchi havoni
avvaldan tayyorlab beradi. (tozalab,sovitib, isitib yoki namlab) va atmosfera havosiga chiqarishdan
avval xam havo zararli omillardan tozalanadi.
Sun’iy yo‘l bilan shamollatish sistemasi markaziy va mahalliyga bo‘linadi. Markaziy - butun
binoga xizmat qiladi, mahalliy esa manbaning tepasiga o‘rnatiladi.
Sun’iy ventilyasiya tizimi:
a) olib keluvchi
b) olib ketuvchi
d) keluvchi - ketuvchi bo‘lishi mumkin.
Havo berib shamollatishda ventilyator yordami bilan bino ichiga yangi havo tortiladi, iflos
havo esa tabiiy yo‘l bilan xonadan chiqib ketadi.
Havo tortib shamollatishda iflos havo binodan mexanik yo‘l bilan yoki issiqlik ta’sirida
chiqarib tashlanadi, yangi havo esa binoga tabiiy yo‘l bilan kiradi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida –issiq sexlarda – meteorologik shart-sharoitlarni
yaxshilash
uchun muayyan ish o‘rinlarida havo beruvchi mahalliy ventilyasiyadan – havo dushlaridan
foydalaniladi.
Havoni tortib shamollatiladigan mahalliy ventilyasiyalar havoga chang, zaxarli va zararli
moddalar, ortiqcha issiq va nam chiqadigan joylarga o‘rnatiladi ( murili shkaflar, soyabonlar va b.).
Xam havo berib, xam tortib shamollatish sistemasining quyidagi elementlari bor:
a) havoni qabul qilish qismi;
b)
changdan tozalash inshoatlari;
v) havoni isitadigan yoki sovutadigan uskuna;
g) havoni namlash uskunasi;
d) dvigatelli ventilyatorlar;
e) havo beradigan va tortadigan kanallar (havo yo‘llari) bilan xonadagi teshiklari;
j) chiqarilgan havoni korxona changi, bug‘ va gazlardan tozalash uskunasi. Bu sistemada eng
muhim narsa havo olinadigan joyni to‘g‘ri tanlashdir ya’ni havo buzilmaydigan joyga o‘rnatish,
havoni buzadigan manbalarga nisbatan olganda shamolga ro‘para o‘rnatish kerak xamda atrofiga
daraxtlar ekish maqsadga muvofiqdir. Havo kiradigan teshiklar erdan kamida 2 m yuqorida bo‘lishi
kerak. YOg‘inlardan saqlash uchun havo kiradigan teshiklarga panjara yoki soyabonli to‘r tutish
lozim.
Binoga havo beradigan yo‘llar, ular orqali o‘tadigan havo o‘z xossalarini o‘zgartirib
qo‘ymasligi uchun, qisqaroq va devorlari silliq xamda tozalash uchun oson bo‘lishi kerak. Havo
yo‘llari tuproqdan o‘tgan bo‘lsa, devorlari suv va havo o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim. Beriladigan
havoni mexanik aralashmalardan tozalash uchun changni cho‘ktiradigan
kameralar yoki filtrlar
ishlatiladi.
Yilning sovuq paytlarida xonalarga beriladigan havo isitilgan bo‘lishi kerak. Havo maxsus
asboblar kaloriferlar bilan isitiladi. Zaruriyat tug‘ilganda xonaga beriladigan havo sovutilgan
bo‘lishi kerak.
Past temperaturalarda tashqi havoda suv bug‘lari odatda arzimas miqdorda bo‘lgani uchun
havo isitilganida va issiqlikdan xajmi kengayganida nisbiy namligi juda kamayib qoladi. Havoning
nisbiy namligini etarli darajaga keltirish uchun uni namlash usulidan foydalaniladi. Havoni namlash
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
54
uchun bug‘lantiruvchi asboblar qo‘llaniladi yoki namlash kameralarida suvni purkash usulidan
foydalaniladi.
Havo yo‘llarining ichki yuzasi silliq bo‘lishi kerak, tozalash oson bo‘ladi va havo o‘tishiga
ko‘rsatadigan qarshiligi kamayadi. Bir xil maqsadga xizmat qiladigan
xonalardan havo tortuvchi
kanallarni umumiy sistemaga birlashtirsa bo‘ladi. Inson yashaydigan xonalarning havo tortuvchi
yo‘llarini oshxona, xojatxona va boshqalardan chiqadigan havo yo‘llari bilan birlashtirish
yaramaydi.
Sun’iy ventilyasiya tizimining eng murakkablashgani berilgan harorat va havo namligi
parametrlariga avtomatik boshqarish yordamida yutiladigan havoni konditsirlash. Ventilyasion
tizimning mahalliy va markaziy turlari bo‘ladi. Havoni konditsirlash texnikasining tug‘ilishi XX
asrning boshlari hisoblanadi. Havoni konditsirlash termini 1904-yil S. Kramer tomonidan taklif
qilingan. Konditsionerlar havoni mexaniq
aralashmalardan tozalab, uni isitadi yoki sovutadi,
xonaga beriladigan havo namligini oshiradi yoki kamaytiradi va ularga muayyan tezlik bilan havo
berib turadi.
Xonalarda havo almashinuvi sifatini, uning tarkibida karbonad angidrid gazining miqdoriga
qarab baholash mumkin.
Turar joylarni loyixalash va xonalarni shamollatishni hisobga olganda, SO
2
ning 0,1%
miqdori hisob-kitob ko‘rsatkichi hisobida qabul qilingan.
Havoning almashinish karraligi deb
, shu xona havosining 1
soat mobaynida necha marta
to‘liq almashinishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: