Xonalarning eni (chuqurligi). Xonaga yorug‘lik tik derazalar orqali bir yon tomondan
tushadigan bo‘lsa, derazadan uzoqlashilgan sayin yorug‘lik darajasi kamayib boradi. Xonaning
derazali devoridan eng uzoqdagi qismlariga ham yaxshiroq yorug‘ tushadigan bo‘lishi uchun
derazalarning ustki chetlarini imkoni boricha yuqoriroq ko‘tarish kerak.
Yorug‘lik xonaning bir yon tomonidan tushadigan bo‘lsa, xonaning chuqurligi (derazali
devorning ro‘parasidagi devorgacha bo‘lgan masofa) poldan derazaning yuqori chetigacha bo‘lgan
masofadan ikki baravar ortiqroq bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Chunonchi, derazalarniig ustki
chetlari poldan 3,5
m balandda turadigan bo‘lsa, xonaning chuqurligi 7 dan ortmasligi kerak.
Ravshanki, yorug‘lik ikki tomonidan yoki bir yon tomoni hamda tepasidan, ya’ni aralash
tushadigan xonalarga bu qoidani tadbiq qilib bo‘lmaydi.
Derazalarning yorug‘lik tushadigan yuzasi . Xonalarning yoritilishi derazalarning oyna
bilan qoplangan (yorug‘lik tushadigan) yuzasining katta-kichikligiga, ya’ni yorug‘lik tushadigan
yuzalarning yig‘indisiga bog‘liqdir. Yorug‘lik tushadigan joylarning yetarli-yetarlimasligi
to‘g‘risida yorug‘lik koeffitsienti miqdoriga qarab fikr yuritiladi.
Nazorat savollari 1. Dorixona tizimining strukturasi.
2. Dorixona uchun yer uchastkasi tanlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
3. Dorixona arxitektura – rejalashtirish yechimi va jihozlariga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi?
4. Aseptik blok va sotuv zaliga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
5. Xodimlar shaxsiy gigiyenasi.
6. Xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rigini ayting.
7. Dorixona assistent xonasini tashkil qilish, ishlatish va jihozlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
8. Aseptik blok havosini tozaligini ta’minlashga qanday gigiyenik chora tadbirlar o‘tkaziladi?
9. Xodimlar sog‘ligiga ta’sir etuvchi omillar.
10. Dorixona xonalari mikroiqlimiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
11. Dorixona xonalaridagi yoritishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
12. Dorixonani suv bilan ta’minlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
13. Dorixona muassasalarida sanitar oqartuv usullari va formalarini ayting.
14. Dorixonalarda havo tozaligini yaxshilashda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar.
15. Yorug‘lik koeffitsienti deb nimaga aytiladi?
16. Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti nima?
17. Xonalar tabiiy yoritilishi qanday omillarga bog‘liq
18. Sun’iy yoritilishni baxolash usullari.