Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv
uslubiy majmua
52
balandligining o‘rtasida neytral zona tashkil bo‘ladi, bunda esa musbat va manfiy bosim
tenglashadi. Bu mintaqadan yuqorida havo xonadan tashqariga chiqishga harakat qiladi, pastda esa
tashqi havoning xonaga kirishi kuzatiladi. Zamonaviy turar joy uylarida, xonadonlarida ventilyasion
jihozlanishni bosh elementi olib ketuvchi kanallar hisoblanadi. Ular ko‘pincha oshxona sanitariya
tarmog‘ini kapital devorlariga joylashtiriladi, bunda havoning harakati tabiiy asosida o‘tadi.
Atmosfera havosining temperaturasi nechog‘li past bo‘lsa, uning solishtirma og‘irligi shuncha
katta bo‘lib, xonalarning tashqi to‘siqlariga shuncha ko‘proq bosim ko‘rsatadi
va xonalar ichiga
shuncha ko‘proq o‘tadi. Xonalar havosi esa, solishtirma og‘irligi kamroq bo‘lgani uchun, xuddi
shuning singari, xonalarning yuqori zonasidagi teshik va tirqishlar orqali atmosfera havosiga chiqib
turadi. Atmosfera havosining xarakat tezligi ortgan sayin uning shamolga ro‘para
turgan xona
to‘siqlariga ko‘rsatadigan bosimi zo‘rayadi va shamolga teskari tomondagi to‘siqlarga tushadigan
bosimi kamayadi, bu xam havo almashinuvining kuchayishiga olib keladi. Qurilish materiallarining
teshiklari orqali o‘tadigan havo miqdori arzimas bo‘ladi va xonalarning shamollashiga axamiyati
yo‘q.Tabiiy yo‘l bilan havo almashinuvi asosan deraza va eshiklardagi
teshik va tirqishlar orqali
ro‘y beradi.Tashqi havo xarakati tezligi 1-5 m/sek bo‘lganida uzunligi bir metr keladigan tirqish
orqali bir soat mobaynida 4m
3
dan 12 m
3
gacha havo o‘tishi mumkin.
Xonalarni tabiiy yo‘l bilan shamollatishni kuchaytirish uchun fortochka va framugalardan
foydalaniladi. Fortochkalar derazaning yuqoridagi 3dan bir qismida bo‘lishi
va kattaligi pol
maydonining kamida 1/40 qismini tashkil qilishi kerak. Mo‘‘tadil sovuq va Mo‘tadil iqlimda
fortochkalar bo‘yi kamida 0,6 m, yuzi 0,3m
2
bo‘lishi kerak. Fortochkalar orqali havo bir vaqtda
kiradi va chiqadi. Xonalarni fortochka orqali shamollatishning kamchiligi shuki, fortochkani ochib
qo‘yib uzoq shamollatish kerak bo‘ladi va bunda pastga qarab yuradigan
sovuq havo oqimlari
vujudga keladi, bu xonadagi odamlarning shamollashiga olib keladi. Tabiiy yo‘l bilan
shamollatishning mukammal usuli framugalar o‘rnatishdir. Framuga 45
0
g acha burchak ostida bino
ichiga qarab ochiladi, ayni vaqtda tashqaridagi sovuq havo xonaning ustki zonasiga o‘tib,shu erda
ilik havo bilan aralashib ketadi. Tabiiy yo‘l bilan shamollatishni kuchaytirish uchun binolarning
devorlariga tortuvchi ventilyasiya kanallari ishlanadi. Mana shu
tortuvchi kanallarda havo
tortilishini kuchaytirish uchun binolarning tomlariga deflektor degan maxsus moslamalar
o‘rnatiladi. Deflektorlarning ishi shunga asoslanganki qanday bo‘lmasin biror yo‘nalishda
xarakatlanadigan havo moslama orqali o‘tib, deflektordagi havoni xam o‘zi bilan birga olib ketadi,
shunga ko‘ra deflektorda atmosfera bosimidan ko‘ra pastrok bosim vujudga keladi va moslamaning
pastki qismiga ventilyasiya kanallaridan, ventilyasiya kanallariga
esa shamollatilayotgan
xonalardan havo kiradi.
Sanoat binolarini shamollatishni kuchaytirish, sozlash uchun xamda asosan ortiqcha issiqlik
ajralib chiqishiga qarshi eng samarali ventilyasiya - aeratsiya xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: