Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichigaoladi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichigaoladi:
texnik 
jihatdan bajariladigan og‘ir mehnatni avtomatlashtirish, tebranish bilan bog‘liq ishlarni ma’lum 
masofadan turib boshqarish, agregatlarni yaxshilab tuzatish, ruxsat etilgan me’yorga rioya qilish, 
amortizatorlar, ya’ni tebranishni pasaytiruvchi ashyolarni ishlatish, tebranish asosida ishlaydigan 
mashinalarning uzluksiz ish vaqtini 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
37 
Ishchilar ish boshlangandan 2 soat o‘tgach 20 daqiqa, tushlikdan hamda 2 soatdan keyin 30 
daqiqa dam olishlari, badantarbiya bilan shug‘ullanishlari, suv muolajalarini olishlari zarur. Bundan 
tashqari, quyidagi profilaktik tadbirlar tavsiya qilinadi: 
-dam olish kunlari tebratuvchi moslamalar bilan ishlamaslik 
-1 yilda 1 marta tibbiyot ko‘rigidan o‘tish 
-dam olish xonalaridagi miqroiqlim qulay sharoitda, ya’ni harorati 18
0
, nisbiy namligi 40-
60%, havoning harakat tezlgi 0,3 m/sek atrofida bo‘lishi; 
-shaxsiy himoya vositalarini ishlatish (qo‘lqoplar, tebranishni kamaytiruvchi o‘tirgichlar va 
h.k.); 
-S, B, RR vitaminlariga boy taomlar iste’mol qilish 
-suv muolajalarini qabul qilish (bunda suvning harorati 38
0
S atrofida bo‘lishi) 
-uqalash muolajalarini qo‘llash. 
Ultratovush va infratovushlar
Shovqin va tebranish kabi ta’sir tabiatini ultratovush namoyon qiladi. Ultratovush odamning 
qulog‘i qabul qilmaydigan 20 000Gs yuqori bo‘lgan chastotadagi egiluvchi muhitlarning mexanik 
tebranishidir. Ultratovushlar sanoatda juda ko‘p sohalarda va tibbiyotda (davolash, diagnostika) 
qo‘llanadi. Ultratovush biologik to‘qimalarga ta’sir etganda mexanik, termik va fiziko - kimyoviy 
samaralarni namoyon qiladi. Ultratovush bilan uzoq muddat davomida bevosita aloqada bo‘lganda 
ishchilarda asteno - vegetativ reaksiyalar kuzatiladi (toliqish, achchiqlanish, bosh og‘rishi, uyquning 
buzilishi, eshitishning buzilishi), ayrim hollarda polinevrit belgilari kuzatilib, hattoki barmoq va 
bilaklarning parezini keltirib chiqaradi. Ultratovushning nomuvofiiq ta’sirining oldini olish 
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ultratovushni gigienik reglamentlash va ish joylarida uning darajasini nazorat qilish; 
- ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‘chirish; 
- masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolatsiya qilish; 
- foydalanilmaydigan nurlanishlarni yo‘qotish; 
- ShXVdan foydalanish (rezinali qo‘lqoplar, antifonlar); 
- oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish); 
- fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar); 
- ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar); 
- ishchilarni davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish. 
Zamonaviy korxonalarda yana bir muhim omil uchrab turadi, ya’ni qattiq jismlarning 
mexanik tebranishi - 
infratovush
. Bu chastotasi 20 Gs dan kam bo‘lgan akustik tebranish 
hisoblanadi va qoida bo‘yicha eshitiluvchi tovushlar bilan kuzatiladi. Infratovushning eng muhim 
manbayi katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar odam qulog‘i orqali 
qabul qilinmaydi. Ular katta masofalarga tarqalish xususiyatiga ega bo‘lib, har qanday to‘siqlardan 
ham o‘ta oladi va yirik obektlarning tebranishiga sabab bo‘ladi. 
Infratovush odam organizmiga ta’sir etganda MNS, yurak-tomir sistemasi, nafas organlari va 
eshitish organlarining funksional o‘zga rishlari kelib chiqadi. Infratovushning eng diqqatga sazovor 
ta’siri odamning emotsional holatiga ta’siridir (qo‘rqish sezgisini chaqirishi). Infratovushning 
zararli ta’sirining oldini olish tadbirlari: 
- infratovushlarga gigienik reglamentlar belgilash va uni nazorat qilish
- manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik gabaritli mexanizmlardan foydalanish, 
transport harakatini cheklash, texnologik jarayonlardagi tezlikni oshirish
- katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalarni mustahkamlash; 
- ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish