Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
33
ba’zi vaqtda jismoniy ishdan keyin o‘pkada va yurak sohasida ayrim funksional o‘zgarishlar
ma’lum bo‘ladi.
II bosqichda
O‘pkadagi o‘zgarishlar ancha rivojlangan bo‘ladi. O‘pka parenximasida diffuz
o‘zgarish sezilarli darajada bo‘ladi. Qon tomir va bronxlar, jumladan deformatsiyasi rivojlangan
ancha-muncha o‘zgarishlar kuzatiladi, o‘pka sathiga sochib tashlangandek diametri 2-4 mm li
tugunchalar ko‘rinib turadi, emfizema rivojlangan bo‘ladi. Bu bosqichda bemorlar
o‘pkada og‘riq, jismoniy ish boshlashdanoq nafas qisishi, balg‘amli yo‘taldan
shikoyat qiladilar. Rivojlangan emfizema, bir yoki ikki tomonlama fibroz, plevrit,
yurak-o‘pka yetishmovchiligining boshlang‘ich davri ro‘y-rost belgiladilar. O‘pka
hajmi kengayadi, daqiqalik hajmi ortadi. Agar bunga o‘pka sili qo‘shilsa, SOE
oshadi, o‘pkada silga xos o‘zgarishlar kuzatiladi, harorati subfibril darajada turadi,
ishtaha pasayadi, bemor ishga uncha yaramay qoladi va hakozo.
Sanoat changlari va changga doir patologiyalar.
Nospetsifik changga oid patologiya - bular juda ko‘p uchraydigan kasalliklar
hisoblanib, kelib chiqishi bo‘yicha bakterial genez tabiatiga egadir va kasallikning
kelib chiqishida chang sharoit yaratib beruvchi omil rolini o‘taydi. Ularning ichida
eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lganlari: allergiya, bronxial astma, bronxitlar,
laringitlar, faringitlar, anginalar, qon’yuktivitlar, dermatitlardir.
Changga doir patologiyalarning profilaktikasi quyidagi asosiy tadbirlarni o‘z
ichiga oladi:
- changlarga gigienik me’yorlar ishlab chiqish va ishchi zonasi havosining changlanganlik
darajasini nazorat qilishdir.
- texnologik tadbirlar; ko‘pincha chang hosil bo‘lishiga doir texnologik jarayonlardagi ishlarni
ho‘llash (xo‘llash usulida ishlov berish) foydalaniladi;
- sanitar-texnik tadbirlar: chang hosil qiluvchi jixozlarni izolyasiyalash, xonalarga mahalliy va
umumiy shamollatish moslamalarini o‘rnatish;
- chang konsentratsiyasini REK miqdorigacha pasaytirishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda
ishchilar shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishlari shart;
- changga qarshi respiratorlar va shunga muvofiq maxsus kiyimlar beriladi;
- ishlab chiqarish xonalarini muntazam tozalab turish yoki pnevmovositalar yordamida
changlardan tozalash;
- havo muhitining yuqori changlanganlik sharoitida ishlovchilar uchun ish tugaganidan so‘ng
ishqoriy ingalyasiyalarni olish tavsiya etiladi;
- ishchilarni har yili tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish.
Do'stlaringiz bilan baham: