Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat zaxarlari.
Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko‘p uchraydigan omillar guruhini tashkil
etadi. Zamonaviy sanoat korxonalarida 60 mingdan ortiq turli xildagi va ko‘rinishdagi kimyoviy
moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar korxonalar uchun xomashyo mahsulotlari yoki ishlab
chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq mahsulotlarga doir kimyoviy moddalar yoki
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
38
korxonaning yakuniy mahsuloti bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning fizikaviy va kimyoviy
xossalari, agregat holatlari hamda texnologik jarayonning tabiatiga muvofiq ular ishchilar
organizmiga turli yo‘llar bilan kirishi mumkin.
Eng muhim kirish yo‘li ingalyasion ya’ni nafas yo‘li orqali kirish hisoblanadi chunki juda
ko‘p holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ishchi zonasi havosi ana shu kimyoviy
moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Buning ustiga sanoat zaharlarining ingalatston yo‘li orqali
tushishidagi ta’siri yorqinroq namoyon bo‘ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizmga
kirganda o‘pka orqali bevosita qonga o‘tadi va jigar to‘sig‘ini chetlab o‘tib hujayra, to‘qima va
organlarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari kimyoviy moddalarning ishchilar
organizmiga ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i, shikastlanmagan badan terisi yoki shilliq qavatlar orqali
tushishi mumkin.
Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi navbatda organizmda u yoki bu
nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa ularning qayta taqsimlanishi natijasida moddalar organ
yoki to‘qimalarda to‘planishi kuzatiladi. Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat qismi
oksidlanish, qaytalanish, metillanishjarayonlari tuf’ayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning
ko‘pchiligi jigar to‘qimasida sodir bo‘lganligi sababli aynan shu organ ko‘proq zararli ta’sirga
ducho r bo‘ladi. Kimyoviy moddalarning ayrim qismi organizmdan o‘zgarmagan holda chiqarib
yuboriladi. Kimyoviy moddalarning chiqarilishi yoki metabolik jarayondan hosil bo‘ladigan
birikmalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga oshiriladi. Ayrimturdagi moddalargina ter
bezlari, o‘pka, chiqaruv yo‘llari, so‘lak bezlari orqali chiqarilishi mumkin, ayrim yog‘da eruvchi
moddalar ona suti orqali chiqarilib, bola organizmiga kirishi ham mumkin.
Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta’sir etish muddatiga bog‘liq holda
organizmda o‘tkir va surunkali zaharlanish holatlarini yoki moddaning spetsifik ta’sir samarasi
kelib chiqishi mumkin. Zaharlangan holatning yuzaga kelishi bir qator gigienik xarakteristikalarga
bog‘liq holda bo‘lishi ham mumkin: moddaning suvda yoki yog‘da eruvchanligi, barqarorlik
darajasi, kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi.
Kumulatsiya - kimyoviy moddaning organizmda to‘planishi demak. Shunga muvofiq moddiy
va funksional kumulatsiyalar farqlanadi. Moddiy kumulatsiya - ma’lum bir moddaning organizmda
to‘planishini bildirsa, funksional kumulatsiya — moddaning ta’sir samarasini ko‘rsatadi. Moddiy
kumulatsiya ko‘proq kimyoviy moddaning barqarorligiga bog‘liq bo‘lsa, funksional kumulatsiya
moddaning zaharlilik darajasiga bog‘liqdir.
Organizm uchun xavflilik darajasi bo‘yicha shu moddaning barcha gigienik ta’riflarini
inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 zaharlilik sinfiga bo‘lish qabul qilingan:
1-sinf – o‘ta xavfli moddalar;
2-sinf - yuqori xavfli moddalar;
3- sinf - o‘rtacha xavfli moddalar;
4- sinf - kam xavfli moddalar.
Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametrlardan foydalaniladi: LD
50
,
CL
50
(o‘rtacha o‘lim chaqiruvchi doza yoki konsentratsiya), Kkum (kumulyativlik koeffitsienti)
hamda REK qiymatlari. Bularning hammasi toksikologik tajribalar asosida hisoblab topilgan
qiymatlardir. Masalan, LD
50
- 15 mg/kg va undan kam bo‘lgan kimyoviy moddalar I sinfga doir
xavflilik guruhiga, 15-159 mg/kg atrofida bo‘lsa - II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‘lsa - III sinfga,
5000 mg/kg dan ortiq bo‘lsa - IV xavflilik sinfiga taalluqli bo‘ladi.
O‘ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar I sinfga, yuqori kumulyativlik
xossasiga ega bo‘lgan moddalar II - sinfga, o‘rtacha kumulyativlik xususiyatga ega bo‘lgan
moddalar III sinfga va past kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar IV sinfga taalluqlidir.
Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va bolalar organizmining
yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga olish zaruriy hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan,
marganets va bor moddalariga nisbatan erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon qiladi.
Zaharli moddalarning ta’sir etish samarasi yuqori harorat va namlik sharoitlarida hamda bir
vaqtning o‘zida yuqori darajadagi shovqin va tebranish ta’sir etganda juda yuqori bo‘ladi. SHu bilan
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
39
birga og‘ir jismoniy mehnat bajarganda ham sanoat zaharlarining ta’sir etish samarasi juda yuqori
bo‘lishi tasdiqlangan.
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari, odatda, kombinatsiyalashgan (birikkan) holda
ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida turli ko‘rinishdagi ta’sir samaralari namoyon bo‘ladi: qo‘shilgan
ta’sir (odditiy samara), ta’sir samarasining kuchayishi (potensirovanie), antogonizm (ta’sir
samarasining pasayishi), bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ta’sir kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |