Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Talassemiya. 
(O’rta er dengizi anemiyasi, kuli anemiyasi). Kasallik 
negizini gemoglobin peptid zanjirlari tuzilishidagi genetik buzilishlar natijasida 
to’la qimmatli bo’lmagan eritrotsitlar ishlab chiqarilishi tashkil qiladi. 
Kasallikning engil turlari simptomlarsiz kechadi va gematologik 
tekshirishdagina topilishi mumkin. Kasalakning og’ir turlari teri qoplamining 
sarg’imtir tus olishi, kalla suyagi tuzilishidagi yaqqol buzilishlar (boshning 
kattaligi, jag’larning kuchli rivojlanganligi, burun ildizining ichiga tortilgani) 
bilan yuzaga chiqadi. Aksariyat bemorlar, tez-tez infektsion kasalliklarga 


526 
chalinib turishlarini qayd etadilar. Tekshirishda jigar va taloq o’lchamlarining 
kattalashgani aniqlanadi. Gematologik tekshirishda o’ziga xos «nishon» 
xujayralar topiladi, eritrotsitlarning osmotik rezistentligining ortganligi ma’lum 
bo’ladi. Trombotsitlar miqdori normal bo’lgani holda, qonda leykotsitlar va 
retikulotsitlarning miqdorining ko’payganligini qayd qiladilar. Qon billirubini 
normadan bir muncha yuqori, zardobdagi temir kontsentratsiyasi ancha oshgan. 
O’t toshlari 25% bemorlarda paydo bo’ladi. Talassemiyada splenektomiya 
palliativ operatsiya hisoblanib, zarur bo’lgan gemotransfuziyalar miqdorini 
kamaytirishga va juda kattalashib ketgan taloq bilan bog’liq bo’lgan 
noqulayliklarni tugatishga imkon beradi.
Ortirilgan gemolitik anemiya – 
autoimmun kasallik hisoblanib, uning 
negizida o’z eritrotsitlariga qarshi antitanalar (antitelo) hosil qilish yotadi. 
Kasallikka har xil fizik va kimyoviy ta’sirlar, dorilar, infektsiyalar turtki bo’ladi. 
Ortirilgan gemolitik anemiyali bemorning eritrotsitlari, o’z tarkibida anomal 
proteinlar, bunda bemorlarining qon zardobi esa
 
immunoglobulinlar IgG 
(gammaglobulin) saqlaydi. Bular o’z eritrotsitlari va normal donor eritrotsitlarini 
aglyutsinatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Klinik jihatidan kasallik deyarli 
tug’ma gemolitik anemiya kabi kechadi. Biroq ortirilgan anemiya uchun, 
kasallikning aksari 50 yoshdan oshgan ayollarda boshlanishi, gemolitik krizlarga 
moyillik, bir muncha og’ir (tug’ma turidan farqli) kechishi xos bo’ladi. 
Splenomegaliya bemorlarning yarmida qayd qilingan, bunda ko’pincha 
gepatomegaliya ham topiladi. Limfatik tugunlarning kattalashuvi birmuncha 
kamroq kuzatiladi. Qon tahlillarida o’rtacha anemiya aniqlanadi. Bilvosita 
billirubin miqdorining ortishi, eritrotsitlarning osmotik rezistentligi kam 
o’zgaradi. Kumbs bevosita va bilvosita reaktsiyasi ko’pchilik bemorlarda 
musbat bo’ladi.
Davolash sensibilizatsiya qiladigan omillarni bartaraf etishdan (ularni 
aniqlash va tugatishga hamma vaqt ham muvaffaq bo’linmaydi), antitanalar 
ishlanishini to’xtatish (kortikosteroidlar), yuvilgan donor eritrotsitlari 
transfuziyasidan iborat. Antitanalardan aglyutsinatsiyalangan eritrotsitlar faqat 


527 
taloqdan emas, balki butun retikuloendotelial sistema tomonidan yutilishi va 
emirilishi munosabati bilan splenektomiya hamma vaqt ham, kutilgan natijalarni 
beravermaydi.
Splenektomiyaga ko’rsatma bo’lib kortikosteroid preparatlar qo’llanib 
bo’lmasligi va steroid muolajaning naf bermasligi, tez-tez gemolitik krizlar 
bo’lib turishi, yaqqol gipersplenizm hodisalari xizmat qiladi. Agar ko’pchilik 
eritrotsitlar jigardan emas taloq tomonidan emirilsa, buni shu a’zolarni Cr
51
bilan 
nishonlangan eritrotsitlar qo’llanib aniqlash mumkin bo’lsa, splenektomiya 
yaxshi natija berishi, remissiya davrlarining uzayishi mumkin. Biroq 
splenektomiyadan keyin ham kasallik qaytalanishi, hatto gemolitik krizlar 
rivojlanishi mumkin, buni endi retikuloendotelial sistemasining boshqa 
a’zolarida saqlanib qolgan faoliyati bilan bog’lanadi. Shuning uchun ham 
operatsiyadan keyin steroid muolajani davom ettirishga to’g’ri keladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish