Xirurgik kasalliklar


Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi) –



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi) – 
gemorragik diatez 
birdan namoyon bo’ladi. Kasallikning etiologik omillari bugungi kungacha 
topilmagan. Lekin, kasallikning kelib chiqishida
neyroendokrin buzilishlar, 
bakterial va virusli infektsiya ma’lum jihatda rol o’ynaydi. Kasallikning o’tkir 
va surunkali turlari farqlanadi. O’tkir turi asosan bolalarda uchraydi va bir necha 
kunlar, haftalar yoki oylar mobaynida rivojlanadi. Kasallikning surunkali turi 
yillar davomida kechadi va aksariyat ayollarda, ayniqsa voyaga etish davrida 
aniqlanadi. Verlgof kasalligi gemorragik sindrom patogenezida etakchi o’rinni 
trombotsitopeniya, trombotsitlarning adgeziv xususiyatlarining buzilishi va 
gipokoagulyatsiya muhim o’rinni egallaydi. Bu kasallikda kapilyarlarning 
mo’rtligi va me’yordan oshgan o’tkazuvchanligi qayd etiladi. Bu kasallik 
patogenezida taloqning roli oxirigacha ma’lum emas. Taloq antitrombotsitar 
antitanalar ishlanishida qatnashadi, aylanib yuragan trombotsitlarni aktiv tutib 
oladi, emiradi va ehtimol, suyak ko’migining trombotsitlar hosil qilish 
xususiyatiga pasaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydilar.
Klinik manzarasi: kasallik shilliq parda osti va teri ostiga qon quyilishlar, 
bachadondan qon ketishlar (ayniqsa reproduktiv davrdagi ayollarda), burun va 


528 
milklar qonashi bilan yuzaga chiqadi. Me’da-ichak sistemasidan qon ketish, 
makrogematuriya va miyaga qon quyilish birmuncha kamroq uchraydi. Yuza 
jarohat va tirnalishlardan qon oqish xarakterli, bu hollarda sog’ odamda qon 
oqmaydi yoki juda kam oqadi. Ob’ektiv tekshirishda teri qoplamlarining 
rangparligini, teri ostiga ko’p sonli qon quyilishlarni topish mumkin. Ular 
ko’pincha ko’krak, qorinning oldingi yuzasida, oyoq-qo’llarda joylashadi, og’iz 
bo’shlig’ida, ko’z soqqalarida shilliq parda ostiga qon quyiladi. Teri ostiga qon 
quyilishilar kattaligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha kattalikda 
bo’ladi. Jigar va taloq kattalashmagan. Faqat 2% bemorlarda paypaslaganda 
kattalashgan taloqni topish mumkin. Jgut simptomi (Konchalovskiy-Rumpel-
Leede) musbat bo’ladi.
Qon umumiy analizida anemiya yaqqol ifodalangan bo’lishi mumkin, 
trombotsitlar sonining 50 x 10
9
/l gacha pasayishi yoki 1 mm² da 5000 va bundan 
kam bo’lishi mumkin. Kasallik qo’ziganda va ayniqsa qon ketish vaqtida 
trombotsitlar miqdori nolgacha pasayishi mumkin. Qon ivish sistemasi 
tekshirilganda gipokoagulyatsiya aniqlanadi. Qon oqish vaqti uzayishi, g’ovak 
qon ivindisi hosil bo’lishi, qon ivish vaqti va protrombin vaqti normada 
bo’lganda, unda retraktsiya yo’qligi bilan xarakterlanadi. Suyak ko’migi 
surtmalarida megakariotsitlarning trombotsit hosil qiladigan turlari sonining 
ancha pasayishi aniqlanadi. Trombotsitopenik purpurani davolash usulini tanlash 
bemorning yoshiga, trombotsitopeniya davomiyligiga, kasallikning turiga va 
o’tkazilayotgan davolanishning samaradorligiga bog’liq bo’ladi. 
Prognozi: 16 yoshgacha bo’lgan kasallikning o’tkir turi bilan kasallangan 
bolalarda davolash yaxshi natija beradi. Adekvat kortikosteroid davolash qonda 
trombotsitlar miqdorini oshirishga, gemorragik diatez hodisalarini 
kamaytirishga, keyinchalik esa sog’ayishga yoki deyarli 80% bemorlarda 
davomli klinik remissiyaga erishiladi. 
Davolash: kasallikning o’tkir turi bo’lgan katta yoshdagi odamlarda 
qiyinchilik tug’diradi. Steroid davolash ham, splenektomiya ham qo’llanilishi 
mumkin. Qon ketish payti xirurgik operatsiya o’tkazishning xavfi katta, biroq 


529 
qon ketishini dori vositalari bilan to’xtatishga muvaffaq bo’linmaganda, 
operatsiya zarur chora-tadbirdir. Trombotsitopenik purpuraning surunkali turlari 
davolashda dori vositalaridan: kortikosteroid preparatlar bilan davolash, qon va 
uning tarkibiy qismlarini quyish ta’sirchan muolajadir. Dori vositalari bilan 
davolash 60% hollarda qon trombotsitlari sonining ortishi bilan o’tadi, davomli 
klinik effekt esa faqat 30% bemorlarda kuzatiladi. Dorilar bilan davolash yaxshi 
natija bermasa, kasallik tez-tez qaytalanib tursa, splenektomiya qilish kerak. 
Operatsiya o’tkazish vaqtida qo’shimcha taloqlar bo’lishi mumkinligini 
unutmaslik lozim bo’ladi. Ularni qoldirish operatsiya natijasini yaxshi 
tugamasligiga sabab bo’lishi mumkin. Splenektomiyadan so’ng davomli 
remissiyalar 60-90% bemorlarda kuzatiladi. Splenektomiyadan keyin steroid 
terapiya, shuningdek immunodepressantlar (azatioprin, tsiklofosfan va b.) bilan 
davolash samaralidir. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish