Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi.
 
Kasallikning birinchi kunidanoq o’tkir ichak tutilishi belgilari 
(qorinning dam bo’lishi, el va ich kelmasligi, xiqichoq, kekirish, qayt qilish). 
Tashxis oraliq sohasini ko’ruvidan so’ng qo’yiladi. Najasning qin yoki siydik 
nayi orqali chiqishi atreziyaning oqma bilan kechayotganligidan dalolat beradi. 
To’g’ri ichak-siydik qopi oqmalari atreziyada siydik rangi xira, najas bilan 
aralashgan bo’ladi. 
Davolash – 
xirurgik
.
To’liq atreziyalar shoshilinch jarrohlik amaliyotiga 
ko’rsatma hisoblanadi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasida teri kesilib, uning 
shilliq qavati pastga tortilib teriga tikib qo’yiladi. To’g’ri ichak atreziyasining 
boshqa turlarida turli xil murakkab jarrohlik amaliyotlari qo’llaniladi. 
Atreziyaning oqmalar bilan kechganida rejali ravishda ushbu patologiyalarni 
bartaraf etishga qaratilgan operatsiyalar bajariladi.


395 
To’g’ri ichak jarohatlari 
To’g’ri ichak jarohatlari turli xil predmetlar ta’siri orqali, chanoq suyaklari 
singanda, o’q tekkanda, tibbiy muolajalar vaqtida (rektoromanoskopiyada, 
termometr yoki xuqna moslamasini ichakka kiritganda), chanoq a’zolari 
jarrohlik amaliyotlari va tug’ruq vaqtida yuzaga keladi. 
Klinik kechishi to’g’ri ichakning qaysi qismi jarohatlanganligiga bog’liq 
bo’lib, u qorin parda ichi yoki qorin parda orti sohalarida vujudga kelishi 
mumkin. Og’riq, qon ketishi, najasning koringa yoki pararektal klechatkaga 
tushishi bilan namoyon bo’ladi. 
Davolash 
xirurgik yo’l bilan amalga oshiriladi. Bunda ichak devori 
defektini tikish, chanoq klechatkasini drenajlash, ba’zan kolostomalar o’rnatish 
amaliyotlari bajariladi. 
Gemorroy 
Etiologiyasi va patogenezi. 
Gemorroy – to’g’ri ichak g’orsimon 
(kavernoz) tanachalarining venulalar orqali, arterio-venoz anastomozlarga ega 
bo’lgan to’g’ri ichak g’orsimon shilliq osti chigallardan qonni oqib chiqib 
ketishining buzilishi natijasida, ularning kengayishi bilan kechuvchi kasallik 
hisoblanadi. Kasallik juda keng tarqalgan bo’lib, katta yoshdagi axolining 43,7 
foizida uchraydi va to’g’ri ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar orasida 40 
foizni tashkil etadi. Erkaklar va ayollar orasida kasallik deyarli bir xil nisbatda, 
o’rtacha 30-50 yoshda uchraydi. 
Ko’pincha, ichki va tashqi gemorroidal tugunlar Morgani ustunlari asosida 
yuzaga kelib, anal kanalining chap yon, o’ng old-yon va o’ng orqa-yon 
devorlarida joylashadi. Bu bemorning chalqancha yotgan xolatida shartli soat 
mili bo’yicha mos xolatda 3, 7, 11 larga to’g’ri keladi.
Gemorroy kelib chiqishini tushuntirib beruvchi bir necha nazariyalar 
mavjud – infektsion agentlar tasiri (kriptogen infektsiya, gemorroidal flebitlar, 
kolit va boshqalar), neyrogen va endokrin buzilishlar (jinsiy bezlar va gipofiz 
patologiyalarida venoz sistema sustligi, xomiladorlik davrida gormonal 


396 
disbalans, kavernoz chigallar devorida nerv trofikasini buzilishi). Boshqa 
olimlarning fikricha kasallik rivojlanishida ekzo- va endogen intoksikatsiya 
(o’tkir va achchiq taomlar, alkogol iste’mol qilish) hamda allergik jarayonlar 
muhim o’rin tutadi. Hozirgi vaqtda mexanik va gemodinamik nazariya keng 
tarqalgan. Mexanik nazariyaga binoan, g’orsimon tanachalar to’g’ri ichakda 
najasni ushlab turuvchi normal anatomik tuzilma bo’lib, najasning ampulada 
ko’p vaqt turib qolishi, qabziyat, defekatsiya aktida qattiq kuchanish oqibatida 
qattiq najas bilan ularni joyidan distal yo’nalishda siljishi, g’orsimon 
tanachalarni (yumaloqlar) tutib turuvchi biriktiruvchi to’qimali tolalarining 
uzilishi natijasida kelib chiqadi. Natijada gemorroidal tugunlar yuzaga keladi. 
Gemodinamik nazariyaga ko’ra, gemorroyning kelib chiqishida venoz 
qonni qayta oqib ketishining buzilishi va venoz dimlanishga olib keluvchi 
sabablardan – qorin ichki bosimini oshiruvchi (xomiladorlik, uzoq vaqt yo’tal, 
og’ir yuk ko’tarish, qabziyat) va funktsional (defekatsiya vaqtida ichki 
sfinkterning bo’shashmasligi) omillar muhim ahamiyatga egadir. 
Bundan tashaqari, arterio-venoz shuntlarning funktsiyasining buzilishi va 
neyrogumoral mexanizmlarning izdan chiqishi ham gemorroy rivojlanishida 
e’tiborga loyiq. 
Gemorroyning yuzaga kelishida va avj olishiga bir necha omillar, jumladan, 
kam harakatli va uzoq vaqt o’tirish bilan kechuvchi hayot tarzi,
semizlik, 
qabziyat, defekatsiya vaqtida qattiq kuchanish, xomiladorlik va tug’ruq, chekish, 
sovuq qotish, uzoq vaqt davom etgan diareya, og’ir yuk ko’tarish, davomli 
yo’tal, alkogol, achchiq va o’tkir taomlar iste’mol qilish shular jumlasidandir.
Ichki va tashqi gemorroidal tugunlar yoki ularning qo’shilib kelishi – 
aralash gemorroy farq qilinadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish